kuzatadi. Agar bog‘lamada FDL qo‘llanilsa, ma’lumotlar blokini kechiktirish
uchun bitta yoki bir necha FDLni tanlaydi, agar bu zarur bo‘lsa.
17-
Maruza. Mavzu:
Multimediali aloqa tarmoqlarining quyi sath protokollari.
Transport sathi protokollari TCP, UDP, RTP
TCP (Transmission Control Protocol) protokoli.
IP
tarmoqlarda
transportlashning ishonchliligini oshirish uchun 1974-yilda datagrammani sifatli
eltishni ta’minlovchi transport sathidagi TCP protokoli ishlab chiqilgan. TCP
protokoli ulanish uchun mo‘ljallangan, shuningdek TCP paketi segment deb
ataladi.
UDP (User Datagram Protocol) protokoli
– Internet tarmoqlarida transport
protokolining boshqa namunasini o‘zida ifodalaydi.
Shuningdek TCP protokoli
singari, UDP protokoli datagrammani eltishni ta’minlaydi. Biroq oxirgi nuqtalar
orasida ulanish o‘rnatilmagan rejimda ishlaydi.
Sarlavha va ma’lumotlar maydonidan iborat UDP protokolining paketi, UDP
datagrammasi deyiladi. UDP protokoli datagrammani ishonchli yetkazishga moil
emas, uning vazifasiga ma’lumotlar uzatishni boshqarish
va qabul qilishni
tasdiqlash kirmaydi. Oxirgi bir necha yilda UDP protokoli Internet tarmoqlarida
(Voice over IP, VoIP) so‘zlashuv axborotlarini uzatishda keng qo‘llanilmoqda.
4.3-rasm. TCP/IP protokollar stekining tuzilishi
RTP (Real-time Transport Protocol) transport protokoli.
RFC 1889 va RFC
1890 tavsiyalarida yozilgan haqiqiy vaqt RTP (Real-time Transport Protocol)
transport
protokoli, haqiqiy vaqtda uzatiladigan ma’lumotlarni
ikki tomonlama
yetkazish xizmatini ta’minlaydi, masalan interaktiv audio va video trafiklarni. RTP
protokoli foydali yuklama turini identifikatsiyasini, paketlar ketma-ketligini
raqamlash, vaqt belgisini qo‘yish va yetkazishni nazorat qilishni ta’minlaydi.
Protokolda quyidagi vazifalar ko‘rib chiqilgan:
-
xatolarni aniqlash;
-
axborotni himoyalash;
-
tarmoqda paketni kelish vaqtini nazorat qilish;
-
kodlash sxemasini identifikatsiyalash;
-
etkazishni nazorat qilish.
RTP protokoli, RTCP (RTP Control Protocol) boshqarish protokoli bilan
birga ishlaydi. RTCP protokoli VoIP seansi ishtirokchilariga boshqarish paketlarini
uzatishni ta’minlaydi. Protokolning asosiy vazifasi shundan iboratki, RTP
protokoli bilan taqdim etiladigan xizmat ko‘rsatish
sifati sathi haqida
ishtirokchilarni xabardor qiladi. RTCP protokoli uzatilgan va yo‘qolgan paketlar
soni, kechikish va djitter qiymati haqidagi axborotni yig‘adi.
Turli arxitekturaga ega tarmoqlar orasida paketlarni uzatishni IP stekining
asosiy protokoli ta’minlaydi. IP datagrammali protokol
paketlarni ishonchli
uzatishni kafolatlamaydi. Biroq ko‘pgina tarmoqlar orqali ma’lumotlar uzatishda
o‘tkazish qobiliyatini oshiradi.
Shuningdek tarmoq sathida quyidagi protokollar qo‘llaniladi:
-
ICMP (Internet Control Message Protocol) boshqarish protokoli,
xatoliklar va uzatishdagi uzilishlar haqida tarmoq uzellariga axborot uzatadi;
-
adreslar muammolarini yechish protokollari: ARP (Address
Resolution
Protocol) tarmoq uzelining fizik adresiga (MAC –stansiya adresi) IP adresni
o‘zgartiradi; RARP (Reverse Address Resolution Protocol) teskari funksiyani
bajaradi, ya’ni MAC adres yordamida IP adresni aniqlaydi.
18-
Dostları ilə paylaş: