qurilma marshrutizator (router) deyiladi. IP-tarmoqlarda marshrutlashning asosiy
parametri IP-protokoldagi adres hisoblanadi. Internet tarmog‘i domenlar (domains)
yoki o‘zaro bog‘langan o‘zaro avtonom tizimlarning yig‘indisi sifatida tashkil
etilgan. Avtonom tizim yagona ma’muriy boshqarish va umumiy marshrutlash
strategiyasiga (policy routing) ega bo’lgan IP tarmoqdan iborat. Domenlar
chegarasida ichki marshrutlash protokollari qo‘llaniladi (Interior
Gateway
Protocol, IGP), ular orasida tashqi marshrutlash protokollari (Exterior Gateway
Protocol, EGP) qo‘llaniladi.
RIP protokoli.
RIP protokoli – bu katta bo‘lmagan domenlar uchun
mo‘ljallangan ichki marshrutlash protokoli. RIP protokolini birinchi turi RFC
1058, ikkinchisi - RFC 1722 xujjatlarda standartlashtirilgan. RIP protokoli
axborotni uzatish uchun UDP (520 port) protokolini qo‘llaydi.
RIP axboroti
tarmoqning IP-adresidan va qadamlar sonidan (marshrutizatorlardan) iborat.
Qadamlarning maksimal soni -15 ta. RIPning bitta xabarida 25 ta tarmoqlar haqida
axborot
bo‘lishi
mumkin.
RIP
ishlaydigan
marshrutizator
boshqa
marshrutizatorlardan RIP axborotini olib, boshqa tarmoqlarga yo‘nalishlar
yozilgan o‘zining marshrutlash jadvalini har 30 daqiqada yangilaydi va ular
yordamida tarmoq bo‘ylab paketlarning harakatlanishini bajaradi.
Protokolning kamchiligi:
-
har doim eng samarali marshrutni tanlamaydi;
-
sekin moslashishi tufayli logik ilmoqlar hosil bo‘ladi va marshrutizator
ishida to‘xtab qolishdan keyin jadval sekin qayta yangilanadi;
-
tarmoqqa yuklanadigan katta sondagi xizmat axborotlarini (marshrutlash
jadvali) keng eshittirishli jo‘natmalari qo‘llaniladi;
-
marshrutlash domenini o‘lchash chegaralangan (15 o‘tishlar);
-
tarmoq tagi adreslari bilan ishlamaydi va avtonom tizimlarni farqlamaydi.
OSPF protokoli
RFC 1370, 1578, 1793, 1850, 2328
xujjatlarda
standartlashtirilgan. Kanallar holati algoritmini qo‘llash asosida ichki va tashqi
marshrutizatlash uchun qo‘llaniladi. Bir nechta zonadan iborat bo‘lgan avtonom
tizimga xizmat ko‘rsatishi mumkin. OSPF protokoli RIP protokolidan yetarli
darajada samaralidir. OSPF protokoli asosida ishlaydigan marshrutizator,
xizmat
ko‘rsatish sifatini xarakterlaydigan metrikali tarmoq grafasini tahlil etib,
yo‘nalishlarni optimallashtirish muammolarini yechadi.
Metrikalarning asosiy parametrlari quyidagilar hisoblanadi: o‘tkazish
qobiliyati, kechikish, ishonchlilik, qo‘shimcha parametrlarga kanalning yuklanishi
va xavfsizlik. Faqat tarmoq topologiyasi o‘zgarganda marshrutizator axborotlar
bilan almashadi. RIPga qaraganda OSPF protokoli tez yo‘nalish jadvalini qayta
tuzadi.
OSPF protokolining asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi:
-
tarmoq topologiyasi o‘zgarganda qisqa axborotlarni guruhli uzatishni
qo‘llash. Bu esa tarmoqni samarasiz yuklanishini kamaytiradi;
-
o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq holda axborotlarni
parallel kanallar
bo‘yicha taqsimlashni ta’minlaydi. Bu esa butunlay tarmoq ishini yaxshilaydi.
IGRP va EIGRP protokollari.
Bu protokollar Cisco Systems firmasi
tomonidan ishlab chiqilgan va ichki marshrutlash uchun qo‘llaniladi. IGRP
“vektor-masofa” algoritmini qo‘llaydi, RIP protokoliga qaraganda qisman yaxshi
xarakteristikalarga ega:
-
murakkab topologiyali tarmoqlarda ishonchli ishlaydi;
-
RIPga qaraganda eng yaxshi moslashishga ega;
-
xizmat axborotlarini uzatish hajmini qisman kamaytiradi;
-
bir xil metrikali kanallar orasida axborotni taqsimlaydi.
Protokol metrikasiga kanalning quyidagi parametrlari kiradi: o‘tkazish
qobiliyati, kechikish, yuklanish, ishonchlilik. Bu parametrlar
keng oraliqlarda
o‘zgarishi mumkin. Masalan, o‘tkazish qobiliyati 1200 bit/s dan 10 Gbit/s gacha
o‘zgarishi mumkin.
EIGRP protokoli “vektor-masofa” va “kanallar holati” algoritmlarining
barcha afzalliklarini birlashtiradi. Protokol – tarmoq topologiyasi o‘zgarganidan
so‘ng marshrutizatorga ishini tez qayta yangilash imkonini beruvchi –
taqsimlangan yangilash algoritmi bazasida (Distributed Update Algorithm, DUAL)
amalga oshirilgan.
Protokol quyidagilarga ega:
-
qo‘shnini topish imkoni;
-
DUAL algoritmi;
-
axborotni IP ga mukammal kiritish mexanizmi.
EGP va BGP protokollari
–
Internet tarmog‘ini tashqi marshrutlash
protokollariga kiradi. Marshrutlashni ichki protokollari
yordamida tizim haqidagi
axborotni yig‘uvchi, turli avtonom tizimlarni ajratilgan marshrutizatorlari EGP
protokoli yordamida o‘zaro ta’sirlashadi. EGP prtokolining kamchiliklariga
quyidagilar kiradi: metrika qo‘llanilmaydi, ya’ni intellektual marshrutlash
bajarilmaydi, yo‘nalishlar ilmog‘ini hosil bo‘lishi kuzatilmaydi, xizmat axborotlari
katta o‘lchamga ega.
Oxirgi vaqtlarda EGP o‘rniga mukammalroq BGP protokoli qo‘llanilmoqda,
o‘z navbatida xizmat axborotlarini uzatish uchun TCP protokoli qo‘llaniladi. TCP
protokoli marshrutli axborotni yetkazishni kafolatlaydi. BGP to‘liq EGP
protokolining kamchiliklarini bartaraf etadi. Metrika sifatida kanalda uzatish
tezligi, uning ishonchliligi qo‘llaniladi. Hozirda BGP (3-tur) – bu oxirgi avtonom
tizimlarga yo‘nalishni aniqlaydigan Internet tarmog‘ining
asosiy protokoli
hisoblanadi.
19-
Dostları ilə paylaş: