1-Ma’ruza Mavzu: Multimedia tushunchasi. Multimedianing xususiyatlari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/46
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183444
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
МАЪРУЗА (3)

Maruza. Mavzu:
Konvyergent aloqa tarmoqlari. 
Bir nechta maxsuslashtirilgan operatorlar tarmog‘ini birlashtirish (qayd 
etilgan aloqa, mobil aloqa va ma’lumotlar uzatish) va abonentlar uchun keskin 
kurashish, yangi xizmatlar sinfini yaratilishiga sabab bo‘ldi. U abonentlar uchun 
shaffoflikni, ya’ni telekommunikatsiya muhitida xizmatlar va tarmoqlarga o‘zaro 
o‘tishni ta’minlaydi. Bir muhit xizmatidan boshqa muhit xizmatiga o‘zaro o‘tish 
jarayoni konvergensiya deyiladi. Masalan, mobil aloqa va Internetning 
konvergensiyasi. 
Hozirgi vaqtda multiservisli tarmoqlarni qurishda IP/ATM, IP/MPLS, 
IP/Gigabit Ethernet texnologiyalaridan foydalaniladi. Uzoq muddatli istiqbolda 
IP/MPLS 
texnologiyasining 
IP/ATM 
texnologiyasidan 
asosiy 
afzalligi, 
kengayuvchanligining - masshtablanishining (Scalability, extensibility) yanada 
yuqori darajadaligi, arxitekturani o‘zgartirmagan holda yangi elementlarni qo‘shish 
yoki eskirganlarini yanada mukammallariga almashtirishdan iborat. IP/MPLS 
texnologiyasini qo‘llashning ma’qulroq sohasi – transport tarmog‘i yadrosidir. 
Shuningdek keng ko‘lamlilik katta miqdordagi foydalanuvchilar oqimlarini 
iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashni anglatadi. Tejamkorlik, magistral orqali juda ko‘p 


miqdordagi oqimlarni, ulardan har birini kuzatmasdan, balki butun to‘plamni 
(birlashtirish yo‘li bilan) kuzatib uzatish imkonini nazarda tutadi. Oqimlarni 
birlashtirish ATM texnologiyasida ham MPLS texnologiyasida ham amalga 
oshiriladi. ATM da - bu aloxida virtual ulanishlarni (VCC) umumiy virtual yo‘lga 
VPS birlashtirish bo‘lsa, MPLS da esa bu turli xil foydalanuvchilarning oqimlarini 
umumiy yetkazib berish sinflariga (Forwarding Equvalence Class, FEC) 
birlashtirish va ularni umumiy yo‘l (Label Switching Path, LSP) bo‘ylab 
uzatishdir. Shuning bilan birga MPLS texnologiyasida birlashtirish mexanizmlari 
ancha moslashuvchan bo‘lib, avtomatlashtirishga moyil bo‘ladi. Agar ATM 
kommutatori virtual kanal identifikatorlari (VCL) bo‘lgan faqat ikkinchi sath 
kommutatsiyalash jadvalidan va traktidan (VPI) foydalansa, u holda belgilar 
yordamida kommutatsiyalovchi MPLS marshrutizator (LSR) ikkinchi sath, 
uchinchi sath (IP-adres), to‘rtinchi sath (TCP/UDP portlari), ko‘pincha esa amaliy 
sathlar axborotlariga ulana oladi. Shuning uchun ma’muriyat virtual kanallar 
(VCC) ulanishlarini virtual traktlar ulanishlariga (VPC) qo‘lda ulanishini aks 
ettirishni konfiguratsiyalamasligi, balki trafikning turli belgilarini, shu jumladan 
yuqori sathligini hisobga olgan holda, ulanishning bir nechta qoidasini yozib 
qo‘yishi hamda keyingi ishlarini LSRga taqdim etishi mumkin. MPLS 
texnologiyasining keng ko‘lamliligini oshiruvchi yana bir farq qiluvchi xossasi, 
belgilar ierarxiyasi sathlarining cheksiz soni hisoblanadi va mos ravishda ATM 
texnologiyasida ikkita sath (VPC/VCC) o‘rniga yo‘llarni birlashtirish hisoblanadi. 
ATM va MPLS texnologiyalari zamonaviy transport tarmoqlarida aynan bir 
xil vazifalarni bajaradi: kanal sathida virtual ulanishlarni yaratish. Virtual 
ulanishlarni yaratish quyidagilarni ta’minlaydi: 
- foydalanuvchilarning ma’lumotlar oqimlarining har xil turlariga 
differensiallashgan xizmat ko‘rsatish (axborotni eltib berish xizmatlari sifati sathi 
haqida kelishuvni qo‘llab-quvvatlash - Service Level Agremeent, SLA;)
- tarmoq orqali ma’lumotlar oqimlarining kirish yo‘llarini oqilona tanlash 
asosida (trafikni boshqarish usullari yordamida - Traffic Engineering, TE) 
resurslardan optimal foydalanish.


ATM texnologiyasida bir qancha cheklashlar mavjud, ular tufayli uning 
keng miqyosliligi ma’lum chegaralardan tashqariga chiqmaydi. Eng jiddiy 
cheklash bu qayd etilgan va yacheykaning uncha katta bo‘lmagan o‘lchami - 53 
bayt hisoblanib, ulardan 48 bayti axborotli ma’lumotlarni ko‘chirib o‘tkazadi. 
Yacheykaning kichik o‘lchamda bo‘lishi kechikishlarga sezgir bo‘lgan nutq 
axborotini 155 Mbit/c tezlik bilan magistral tarmoq orqali uzatishni yaratish 
maqsadida tanlab olingan (155 Mbit/c tezlik XX asrning 90-yillari boshlarida 
ATM tarmoqlarida eng keng tarqalgan edi). 
O‘tgan 15 yil mobaynida transport tarmoqlari tezliklarining ko‘lami 
o‘zgardi, hozirgi vaqtda axborotni yetkazib berish texnologiyalari 10 Gbit/s (10 
Gigabit Ethernet, 10 GE) va undan ortiq tezlikda ishlamoqda. Har qanday paketli 
kommutatsiyalash qurilmasining hisoblash quvvatini xarajatlari, ular qo‘llaydigan 
texnologiyalarga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlov berilayotgan paketlar (kadrlar, 
yacheykalar) o‘lchamiga emas, balki miqdoriga proporsionaldir. Shuning uchun 
ATM kommutatorining unumdorligi, o‘lchami 4500-5500 oktetlar bo‘lgan paketlar 
bilan ishlovchi IP marshrutizatorning unumdorligiga qaraganda taxminan 100 
marta katta bo‘lishi kerak. Bunday yacheykalar va paketlar o‘lchamlaridagi farq 
oqibatida, fizik sathda yetkazib berishda kechikishlar kattaligi nanosekundli 
kattaliklardan ortmaydi va tarmoq foydalanuvchilari tomonidan sezilmaydi. 
ATMning afzalligi - ATM ning eng kuchli tomoni sifatida doimo qarab 
kelingan turli oqimlarga differensiallashgan xizmat ko‘rsatishni nozik va 
turlichaligini 
ta’minlashdir. 
Xaqiqatdan 
ham, 
texnologiyalarni 
ishlab 
chiqaruvchilar mavjud ma’lumotlar oqimlarining barcha turlarini har tomonlama 
tahlil qilishdi, ularni sinflarga ajratishdi, har biri uchun tegishli ko‘rinishdagi 
axborot turini eng ma’qul tarzda eltib berivchi aloxida xizmatlarni (CBR, rtVBR, 
nrtVBR, ABR, va UBR) yaratishdi. 
Tarmoqni boshqarish deganda: 
-
tarmoq operatorlarining tizimli maqsadlarini aniqlash va unga erishish; 
-
boshqa tarmoqlar (zona, qit’a, dunyo) operatorlarining boshqarish 
tizimlarining o‘zaro aloqasi; 


-
tarmoqni boshqarishning usullari va vositalarini belgilab beruvchi tartibga 
soluvchi xujjatlarni ishlab chiqish tushuniladi. 
Bunda ATM tarmog‘ining uzellari foydalanuvchining tarmoq ma’muriyati 
bilan tuzilgan bitimni yuqori darajada ta’minlab, har bir aloxida virtual ulanish 
uchun “Uchidan uchigacha” usul bo‘yicha axborotni yetkazib berish sifati 
parametrlarini nazoratini ta’minlaydi. 
MPLS texnologiyali tarmoqning shu tarzda axborotni yetkazib berish sifatini 
ta’minlay olishga qodir emasligini juda ko‘pchilik mutaxassislar uning kuchsizligi 
va ATM texnologiyalarining magistral tarmoqlarda qo‘llanilishining bosh sababi 
deb hisoblaydilar. Shubhasiz IP/MPLS texnologiyali tarmoqlarda axborotni 
yetkazib berish sifatini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar mavjud, ammo MPLS 
foydalanuvchining axborotini ATM darajasida eltib berish sifatini ta’minlay 
olmaydi. Bugungi kunda tarmoqning chekka qismlari uchun emas, balki uning 
yadrosi uchun mo‘ljallangan bunday texnologiyaning alohida roliga muvofiq, 
axborotni yetkazib berish sifatini ta’minlash usullarini MPLS uchun ITU-T va 
boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari hali mavjud emas. Shuni ta’kidlash 
kerakki, axborotni eltib berish sifatini ta’minlash MPLSga umuman qat’iy 
o‘rnatilmagan (agar sarlavhadagi Exr maydonining zahiraga olingan uchta biti 
hisobga olinmasa, ular kadrning ustunligi belgisini ko‘chirish uchun qo‘llaniladi). 
Bunday soddalashtirish ongli ravishda bajarilgan, ya’ni tayyorlovchilar va tarmoq 
integratorlariga harakat erkinligini va aloqa tarmoqlari operatorlarining 
ehtiyojlariga eng yaxshi tarzda javob beruvchi axborotni eltib berish sifatini 
ta’minlash mexanizmlarining mavjudlarini qo‘llash imkonini berish uchun 
qilingan. Bugungi kunda bunday tavsiya etiladigan mexanizm differensiallashgan 
xizmat ko‘rsatish (Diffserv) hisoblanadi, u IP tarmoqlar uchun ishlab chiqilgan va 
ATM dagi kabi aloxida foydalanuvchilar ulanishlari bilan emas, balki tarmoq 
trafigining bir qancha birlashtiriladigan sinflari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. 
Aynan shunday texnologiya transport tarmog‘i yadrosida ishlash uchun to‘g‘ri 
keladi. 


XXI asrning boshida magistral tarmoqda IP/MPLS texnologiyalari 
birikmasini qo‘llanilish yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Bunda ATM texnologiyasi kirish 
tarmoqlarida 
qo‘llanilishi 
mumkin. 
Dunyoning 
iqtisodiy 
rivojlangan 
mamlakatlarining ko‘pchilik aloqa operatorlari “ATM kirish tarmoqlarida va 
IP/MPLS transport tarmog‘i yadrosida” degan iborani oqilona va strategik jixatdan 
to‘g‘ri deb hisoblab bunday qarorni qo‘llab-quvvatlaydilar.
26-

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin