10.3- rasm. ITU-T tavsiya etgan infokommunikatsiya tizimining modeli
Birinchi holda kirish tarmog‘i vazifalarini
ikki simli fizik zanjirni
ifodalovchi abonent liniyasi bajarishi mumkin. Ikkinchi holda kirish tarmog‘i
tarkibiga (mavjud telekommunikatsiya tizimi uchun) quyidagilar kirishi kerak:
-
ATS uzelini mahalliy telefon tarmog‘iga ulash uchun E1raqamli trakt
(yoki bir necha shunday traktlar);
-
mahalliy tarmoqni Internetga ulash uchun TCP/IP protokollar stekini
qo‘llab-quvvatlovchi raqamli trakt;
-
ijaraga olinuvchi liniyalar, agar ular telefon tarmog‘i
yoki Internetdan
foydalanmaydigan qurilmani ulash uchun zarur bo‘lsa.
Kirish tarmog‘ining asosiy vazifasi - operatorning imkoniyatli
mijozlarining xonasida o‘rnatilgan barcha turdagi qurilmalar bilan tegishli tranzit
tarmoqlar o‘rtasida ishonchli va yuqori sifatli aloqani ta’minlash. Kirish
tarmog‘ining muhim xususiyatlaridan biri
axborotni yetkazib berish
texnologiyasidan uzoq vaqt foydalanishdir.
Kirish tarmog‘i eng katta sig‘imli hisoblanadi, shuning uchun telefon
tizimining xech bir elementi kirish tarmog‘i kabi “stagnatsiya” holatida shunchalik
uzoq bo‘lmagan.
Yuzaga kelgan vaziyat quyidagi ikki asosiy sabab bilan izohlanadi:
-
yaqin vaqtgacha odatdagi (tor oraliqli) kirish
tarmoqlarini ancha tejamli
holda qurish mumkin bo‘lgan texnik vositalar mavjud emas edi;
-
fizik zanjirlar axborot almashuviga bo‘lgan extiyojni (TCh kanalga
qaraganda ancha quvvatli resurslarni talab qilmaguniga qadar) ta’minlaydi va
yangi xizmatlarning ancha katta qismini qo‘llab-quvvatlaydi.
10.4- rasmda quyidagi belgilardan foydalaniladi:
- MGGP (Simple Gateway Control Protocol) - shlyuzni boshqarishni oddiy
protokoli bo‘lib, u konsentratorlarni boshqarish,
UfTT va boshqa tarmoqlar
stansiyalari bilan o‘zaro ta’sirlashish uchun mo‘ljallangan;
- 100 Base-T - uzatish tezligi 100 Mbit/s (802.Zi standarti) bo‘lgan Fast
Ethernet fizik sathining tasnifini belgilanishi. Mazkur texnologiyada uzatish
muhiti sifatida tolali optik kabeldan foydalaniladi;
- Softwitch - ikki turdagi UfTT va IP tarmoqlar uchun maxsus yaratilgan
dasturiy kommutator, bu tarmoqlardan har birida bu qurilma turlicha idrok etadi:
UfTTda ishlash uchun Softwitch UKS7 signalizatsiya punkti vazifasini bajarishi
va UfTTda signalizatsiyaning boshqa tizimlari (EDSSI, 2BCK, R2 va boshqalar)ni
qo‘llab-quvvatlash uchun interfeyslarga ega bo‘lishi kerak.
Paketli kommutatsiya
tarmoqlarida Softwitch, transport shlyuzlarini boshqarishning yagona qurilmasi
(Media Gateway Controller, MGC) va/yoki signalizatsiya kontrolleri (Signalling
Controller SC) H.323 dispetcheri va SIP (Signalling Initial Protocol)
serverlari
dispetcherisifatida ishtirok etadi;
10.4- rasm.‘‘Protey-MKK’’dan foydalanishni tasvirlovchi sxema
- SHDSL (High-bit-rate Digital Subscriber Line) - to‘rtta simli yuqori
tezlikli raqamli abonent liniyasi bo‘lib, u bo‘ylab 2B1Q (ANSI tavsiyalari) turidagi
kodlashdan foydalanib oqimni 2, 048 Mbit/s (Ye
1
) tezlikda uzatish ta’minlanadi;
- LAD (Integrated Access Device) -integratsiyalangan kirish qurilmasi;
- WMA (Wireless Multiple Acess) - simsiz ko‘p martali kirish qurilmasi.
WMA qurilmasi konsentrator tomonida E1 standart trakti bo‘yicha yoki abonent
komplektlari orqali ulanishi kerak.
- MAK qurilmasi xizmat ko‘rsatilayotgan foydalanuvchilarni bir necha
tarmoqqa ulashga imkon beradi;
Infokommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlarini ta’minlash
uchun
dasturiy kommutator Softwitch bilan o‘zaro ta’sirlashish kerak bo‘lib qolishi
mumkin. Bu vazifalar media shlyuzni boshqarish uchun mo‘ljallangan protokolni
MGCP (Media Gateway Control Protocol) qo‘llashda amalga oshirilishi mumkin.
100 Mbit/s tezlikdagi Fast Ethernet 100 Base-T fizik sathdagi texnologiya
EHMning
lokal
tarmoqlarida
qo‘llaniladi.
Base
atamasi
to‘g‘ri
(modulyatsiyalanmagan) uzatishni ko‘rsatadi. T belgisi o‘ralgan
juftlikdan
(Twisted pair) foydalanishni ko‘rsatadi.
29-
Dostları ilə paylaş: