ssenariyni tanlash murakkabligini ta’kidlash kerak. Bunday holat juda ko‘p
omillarga bog‘liq, ammo infokommunikatsiya xizmatlari bozorida talabni
bashorat qilishdagi murakkablikni yetakchi deb hisoblash mumkin. Shuning uchun
telekommunikatsiya tarmog‘i operatori uchun bozordagi talabga bog‘liq holda eng
kam xarajatlar bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan, tizimli-tarmoqli
yechimlar juda
katta amaliy qiziqish uyg‘otadi. Bunday shartlarni ‘‘Protey-MAK’’ga o‘xshash
apparat-dasturiy vositalar qanoatlantiradi. Ular operatorlarga texnologiyalarni
tanlashga talab qo‘ymaydi va xizmatlarning yangi turlarini kiritish jarayonlarini
to‘xtatib qolmaydi.
Tarmoqlarning o‘zaro ta’siri.
NGNning fizik arxitekturasi uchta sathni (platformani) o‘z
ichiga olgan
bo‘lib, ular orasida standart interfeyslar qo‘llaniladi, bu esa masshtablashtirishni,
yetkazib beruvchilarga bog‘liq bo‘lmaslikni, investitsiyalarni saqlanishini va aloqa
operatori uchun foydali bo‘lgan boshqa juda ko‘p xossalarning saqlab qolinishini
ta’minlashga imkon beradi.
Keyingi avlod tarmog‘ining fizik arxitekturasi (8.5-rasm) o‘z
ichiga
quyidagilarni qamrab oladi:
-
transport platformasi;
-
yangi
dasturiy-apparat
majmualari
negizida
amalga
oshiriluvchi
boshqarish va signalizatsiya platformasi;
-
zarur xizmatlar to‘plamini ta’minlovchi serverlar platformasi.
10.5- rasm. NGN arxitekturasi (Recommendation ITU-T Y.1001)
Dostları ilə paylaş: