chegaralangan maxfiy axborotni izlashga jalb etishi mumkin. Boshqa tomondan –
har qanday maxfiy axborotning egasi uni begonalar xavfidan saqlashni xoxlaydi.
Aynan multiservisli aloqa tarmoqlarini ishlashida va foydalanishda inson omilining
mavjudligi, ochiq tizimlar uchun standart vazifalar to‘plamini to‘ldirish zaruratini
yuzaga keltiradi, ya’ni multiservisli aloqa tarmoqlarining xavfsizligini ta’minlash
vazifasi.
Elektron kommunikatsiya insonlarni yaqinlashtiradi: vaqt va masofa
yo‘qoladi. Ya’ni, xalqaro Internet Yerning millionlab
aholisini birlashtiradi va
juda katta axborotlar soniga ishlov beradi. Shuning uchun Internet, kompyuter
josusi sohasidagi mutaxassislar uchun “faoliyat yuritishning keng maydoni”
hisoblanadi.
Internet axborotni himoyalash bo‘yicha keng
xizmatlar spektrini taqdim
etadi. Internet foydalanuvchilari uchun shuni bilish zarurki, AQShda davlat
Prezidentining “Jamiyatda shifrlashni boshqarish” (Public
Encryption
Management) direktivasi mavjud bo‘lib, chiqariluvchi (davlatdan tashqariga)
axborotlarni himoyalashni kriptografik vositalari AQShni elektron razvedka
tashkilotlari uchun axborotlarni izlashga to‘siq bo‘lmasligi kerak. Ya’ni,
Internetda qo‘llaniladigan axborotni himoyalashning har qanday dasturiy va
qurilmali vositalari, AQShning maxsus xizmatlari uchun “shaffof” hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: