1-ma’ruza. Mavzu: Shahar yo‘llari va ko‘chalari haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 398,78 Kb.
səhifə1/2
tarix10.03.2023
ölçüsü398,78 Kb.
#87304
  1   2
1-Маъруза


1-MA’RUZA.


Mavzu: Shahar yo‘llari va ko‘chalari haqida umumiy ma’lumotlar.

Reja:


  1. Shahar yo‘llari va ko‘chalarini mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‘rni

  2. Urbanizatsiya jarayoni

  3. Shahar yo‘llari va ko‘chalarining bugungi kundagi xolati.



Tayanch so‘zlar va iboralar: Integratsiya, ko‘cha, Shahar yo‘llari, urbanizatsiya, yo‘lovchi, yuk tashish, xalqaro yo‘llar, maxalliy yo‘llar.
Shahar yo‘llari va ko‘chalari fanining asosiy maqsadi va vazifalari – bu shaharlardagi transport muammolari: ko‘cha va yo‘l tarmoqlarini kuchli yuklanish bilan ishlashi, shahar yo‘llarida transportlarni o‘tkazish qobiliyatini pasayishi, aholini avtotransportlardan foydalanishida ko‘p vaqt sarflashi hamda shahar hududida yangi yo‘llarni qurish uchun xudud muammolarini o‘rganib, taxlil etish va shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘ini loyihalashda shahar transportining ta’siri, yo‘llardan suvni chetlatish tarmoqlarini loyihalash, shahar xududi sharoitlarini hisobga olgan xolda muhandislik yer osti tarmoqlarini loyihalash, yo‘llarda xavfsiz harakatni tashkil etishdan iboartdir.
Bugun mustaqil O‘zbekiston uchun xalqaro va mahalliy yo‘llarni rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki davlatimizning jahon iqtisodiyotiga jadal integratsiyalashish jarayoni bevosita yo‘l tizimining samarali ishlashi bilan bog‘liqdir. BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi ekspertlarining fikricha, bugungi kunda yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy qismi aynan avtomobil yo‘llariga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, avtomobil yo‘llari orqali yuklarning qariyb 85 foizi, yo‘lovchilarning 95 foizdan ortig‘i tashilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, avtoyo‘llar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Shu bois O‘zbekistonda iste’molchilarni ishonchli, qulay, xavfsiz va rentabelli transport aloqasi bilan ta’minlaydigan transport-kommunikatsiya tarmog‘ini tashkil etish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shaharlar – madaniy va ilmiy, mehnat va iqtisodiy resurslar markazidir. Lug‘atlarda shahar – bu aholi joylashgan markaz bo‘lib, aholisi qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanmaydigan, rahbariyat, savdo , ishlab chiqarish va madaniy markazdir. Trantsportlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan shahar bu – temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, havo va suv transportlari tugunlari joylashgan markazdir. Bu o‘z navbatida qishloq aholisi o‘sishini pasayishiga va shahar aholisini o‘sishiga olib keldi. Bunday jarayonlarni – urbanizatsiya deb ataladi (fransuzcha urbanization). 1900 yilda – dunyo shaharlarida 224.4 mln. odam, bu yer sharining 13.6 % aholisini tashkil etadi, 1990 yilda 2261 mln odam – 41 %, hozirda shahar aholisi – 3.5 mlrd.ni tashkil etadi.
Shahar aholisi, ayniqsa, 1973-1986-yillarda tez koʻpaygan. Bunga 1972-yilda Oʻzbekistonda aholi yashaydigan joylarga shahar maqomini berish uchun zarur boʻlgan demografik meʼyorning oʻzgarishi, yaʼni aholi sonining 10 mingdan 7 ming kishiga tushirilishi sabab boʻldi. Natijada bir-yilda oʻnga yaqin qishloqlar shahar toifasiga oʻtkazil di. Mas., 1970-yilda respublikada 42 ta shahar boʻlgan boʻlsa, ular qatoriga 1973-yilda 13 ta, 1974-yilda 9 ta, 1975-yilda 5 ta, 1976-yilda 6 ta, 1977-yilda 5 ta „yangi shahar“ qoʻshildi.
Biroq, shaharlar sonining bunday tez surʻatlarda koʻpayishi haqiqiy urbanizatsiya emas, koʻproq „soxta“ urbanizatsiyaga olib keldi. Shaharlar sonining koʻpayishi 20-asrning 90-yillarida keskin qisqardi va eng soʻnggi-yillarda yangi shaharlar deyarli tashkil topmadi. hoz. Toshkent viloyatida 34 ta, Qoraqalpogʻistonda 29 ta, Samarqand viloyatida 23 ta shahar va shaharchalar mavjud. Ularning eng kam soni Sirdaryo viloyatida 11 ta va Xorazm viloyatida 10 ta, Buxoro viloyatida 14 ta va Navoiy, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida 15 tadan, Andijon va Qashqadaryoda 16 tadan, Namangan viloyatida 20 ta va Fargʻonada 19 ta shahar va shaharchalar bor (2005).
Urbanizatsiya faqatgina shahar va shaharchalarning umumiy soni bilan emas, balki koʻproq shaharlar aglomeratsiya sining rivojlanganligi bilan belgilanadi. Oʻzbekistonda 2005-yil maʼlumotiga koʻra 17 ta yirik shahar bor. Ular orasida Toshkent sh. keskin ajralib turadi. Aholisining soni 2128 mingdan ortiq boʻlgan poytaxt shaharning respublikadagi urbanizatsiya jarayoniga boʻlgan taʼsiri benihoya katta. Shu tarzda Oʻzbekistonda urbanizatsiya jarayoni Toshkent sh., katta va oʻrta shaharlarga bogʻliq holda amalga oshmoqda. Yirik shaharlar negizida shaharlarning murakkab hududiy tizimi shahar aglomeratsiyalari vujudga kelgan boʻlib, ular urbanizatsiya rivojlanishining muhim koʻrsatkichi sifatida xizmat qiladi. Mas., Toshkent aglomeratsiyasi 30 ga yaqin shahar va shaharchalarni birlashtiradi. `Shuningdek, FargʻonaMargʻilon, Samarqand, Namangan, buxoro, Andijon, va b. aglomeratsiyalar ham rivojlanib bormoqda.

Respublikada 2020-2025 yillarda “yo'ldosh-shaharlar”ni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi belgilanishi rejalashtirilgan.
Respublikamizdagi yirik shaharlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib va ulardagi yuqori demografik holat sabab yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga shaharsozlik hamda urbanizatsiya tamoyillari asosida echimlarni shakllantirish belgilangan. SHu maqsadda, quyidagi shaharlarga “yo'ldosh-shaharlar” maqomi berish rejalashtirilgan:

  1. Andijon shahri uchun Shahrixon va Asaka shaharlari;

  2. Namangan shahri uchun To'raqo'rg'on va Chortoq shaharlari;

  3. Farg'ona shahri uchun Mindon shaharchasi;

  4. Samarqand shahri uchun Chelak va Urgut shaharlari;

  5. Buxoro shahri uchun Gala-Osiyo shahri;

  6. Qarshi shahri uchun Koson va Xonabod shaharlari;

  7. Nukus shahri uchun Xo'jayli va Tahiatosh shaharlari.



Yüklə 398,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin