1-Ma'ruza. Mavzu


Deformasiyalarg asosii turlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix12.07.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#136445
1   2   3   4   5
1 Maruza Деформация Ички кучлар ва кучланиш

 


Deformasiyalarg asosii turlari. 
Inshoot va mashina elementlarining tashqi kuchlar ta'siridan qosil bo'lgan deformasiyalari judda 
murakkab bo'lishi mumkin. Ammo bu murakkab deformasiyalarni, hamma vaqt, uncha ko'p 
bulmagan asosiy tur deformasiyalar- dan iborat deb tasavvur kilish mumkin. 
Konstruksiya detallarining materiallar qarshiligida o'rganiladigan asosiy deformasiya turlari 
quyidagilardir. 1) chuzilish (1.1-raem), 2) siqilish (1.2-rasm), 3) siljish (1.3-rasm), 4) buralish 
(1.4-rasm), 5) egilish (1.5- rasm). 
Murakkab deformasiyalarga bir vaqtning o'zida cho'zilish va buralish (1.6-rasm) yoki bir 
vaktning uznda cho'zilish va egilish (1.7-rasm) misol bo'la oladi. 
Kitobning tegishli boblarida yukorida keltirilgan deformasiya turlari batafeil ko'rib chikilgan, 
deformasiya va kuchlanshplarning kattaliklarini aniqlash usullari berilgan. Shuni qayd qilib 
ushsh zarurki, materiallar karshiligida shaqli odsiy bo’lgan jismlarnishtina deformasiyasi 
teknshriladi. Bunday jismlarga brus, plastinka va yupqa devorli qobiqlar kiradi. 
Bo'yi ko'ndalang kesimning bir hil tartibli kattaliklar bo'lgan o'lchamlaridan ancha katta jism 
brus deb ataladi. Brusning o’qi AV to'qri ham bo'lishi mumkin, egri ham bo'lishi mumkin (1.8-
rasm, a, b), o'qi to'qri chiziqdi brus nimaga mo’ljallanganlishga qarab, sterjen, balka, stoyka deb 
ataladi. 
Qatiqligi qolgan ikki o'lchamiga haraganda juda kichik bo'lgan jismlar plastinka va yupqa 
devorli qobiq deb ataladi. Masalan, qozonlar sistsrnalar, turli baklar yupqa devorli qobiqlardir. 
Kozonning yassi tubi plastinkadir. 


Materiallar qarshiligida asosan bruslar tekshiriladi. Bundan keyin biz faqat o'qi to'qri chizikli va 
kesimi uzunligi bylab deyarli o’zgarmaydigan bruslarni tekshiramiz. 
Mashinalarni loyihalashda ba'zan murakkab shaqlli elementlar ham uchraydi. Bunday 
elementlarni materiallar karshiligi usullari bilan hisoblab bulmaydi. Ammo mashinalarning 
kupchilik detallarini tahminan brus deb harash va ularni materiallar qarshiligi usullari bilan 
hisolblash mumkin. Bundan chiqadigan natijalarni eksperimental yo’l bilan aniklab olsa bo'ladi. 
qozirti vaqtda amalda deformasiyalarni o'lchashning eksperimental usullaridan kent 
foydalanilmokda. Bu usullar nazarny yo’l bilan hisoblab bo'lmaydigan shaqli murakkab bo'lgan 
detallardagi kuchlanishlarni juda ham anik topishga imkon beradi. Birinchi navbatda simli 
tenzometrlarning ishlatilishini kursatib utish kerak; simli tenzometrlar yordamida 
kuchlanishlarga - elektr harshilikning o'zgarish darajasiga harab baho beradi. 
Deformasiya va kuchlanishlarni aniq topish masalalari bilan elastiklik nazariyasi deb 
yuritladigan fan shuqullanadi. Elastiklik naza- riyada murakkab matematik usullardan 
foydalanishga tuqri keladi. Amalda zsa mashina va inshoot qismlarini hisobla
щ
ca ko'pincha, 
juda yuqori anlqlik talab qilinmaydi. Aniqlik faqat etarli bo'lishi zarur, ammo hisoblash usullari 
shu qadar oddiy bo'lishi kerakki, ulardan foydalanish juda oson bo'lsin. Shunint uchun mashina 
va inshootlarni hisobla
щ
da materiallar qarshiligi usullari qo'llaniladi, chunki ular elastiklik 
nazariyasi usullariga haraganda ancha oddiy va, shu bilan birga, etarli darajada anik natijalar 
beradi. Ammo shunday masalalar ham uchraydiki, ularni fakat elastiklik nazariyasi usullari bilan 
echish mumkin. Masalan, podshipnk shariklari yoki roliklaridagi kuchlanishlarni aniqlash ana 
shunday masalalardandir. Ba'zi farazlar kiritish tufayli, materiallar qarshiligida hisoblash usullari 
ancha osonlashadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin