XVII asrning bi- rinchi yarmida Galileo
Galiley boshlagan edi. 1678 yilda
Robert Guk ba'zi kuzatishlarga asoslanib, muhim bir qonunni,
ya'ni elastik jismning defor- masiyalanish darajasi nagruzkaga proporsionaldir degan qounni
ta'riflaydi.
Tashqi kuchlar klassifikasiyasi. Tashqi kuchlar (nagruzkalar) mashina va inshoot qismlariga turlicha ta'sir qilishi mumkin.
Kuchlarni ta'sir ettirish usuliga harab, ularni hajmiy va sirtki kuchlarga bo'lish mumkin. Hajmiy
kuchlar jumlasiga, masalan, jismlarning o'z oqirligi kiradi. Sirtki kuchlar taqsimlangan va
to'plangan kuchlarga bo'linadi. Biror maydon yoki uzunlik bo'ylab ko'yilgan kuchlar
taqsimlangan kuchlar deb ataladi. Masalan, tomdagi qor qatlami maydon bo'ylab taqsimlangan
nagruzkaga misol bo'la oladi; gazning idish devorchasiga bosimi ham taqsimlangan nagruzkadir.
Bunday nagruzka maydon birligiga to'qri keladigan kuch birlik
H/s 2 ifodalanadi.
Uzunlik bo'ylab taqsimlangan nagruzka uzunlik birligiga to'qri keladigan kuch birliklari bilan
ifodalanadi
(N/m). Nagruzka uzunlik yoki maydon buylab tekis yoki notekis taqsimlangan bo'lishi mumkin.
Masalan, suvning to'qonga bosimi notekis taqsimlanadi chukurlik ortishi bilan bosim ham ortadi.
Jismning juda kichik maydonchasiga ta'sir qiladigan kuchlar qiladigan kuchlar to'plangan
kuchlar deb ataladi. Hisoblashning osonpashtirish uchun to'plangan kuch nuqtaga qo’yilgan deb
hisoblanadi; bunda uncha katta hatolik bo'lmaydi. To'plangan kuchlar kuch birliklari, Nyuton
(N) bilan o’lchanadi.
Ta'sir qilish harakteriga ko’ra nagruzkalar statik va dinamik nagruzkalarga bo'linadi. Noldan
ma'lum bir maksimal qiymatigacha asta-sekin ortib borib, shundan so’ng o’zgarmaydigan yoki
juda kam o’zgaradigan nagruzka- statik nagruzka deb ataladi.
Nagruzkaning ta'sir qilish vaqti sekundning juda kichik ulushlariga teng bo'ladigan zarbiy
nagruzka - buq bolqasi babasining qoqilayotgan ustun qoziqqa ta'siri dinamik nagruzkaga misol
bo'la oladi.
Vaqtga harab o'zgaruvchi davriy nagruzkalar ham dinamik nagruzkalar jumlasiga kiradi. Bu
nagruzkaga dvigatel shatuniga tushayotgan, kattaligi ham, yo’nalishi ham uzluksiz o’zgarib
turadigan nagruzka misol bo'la oladi. Bunday nagruzkaning o’zgarish soni dvigatelning ishlash
vaqtida ko’p millionlarga etadi.
Nihoyat, dinamik nagruzkalar jumlasiga tebranishlardan hosil bo'ladigan inersiya kuchlarini ham
kiritish mumkin.
Nagruzkalarning statik va dinamik nagruzkalarga bo'liishniga sabab shuki materiallar
nagruzkalarning bu turlariga turlicha qarshilik ko’rsatadi.