1-ma’ruza mavzu: Yonuvchi gazlar va ularning fizik-kimyoviy xossalari



Yüklə 259,1 Kb.
səhifə5/6
tarix15.06.2022
ölçüsü259,1 Kb.
#61536
1   2   3   4   5   6
Gaz ta`minot tizimlari Ma`ruza№1

1.1-jadval

Yonuvchi gazlar

Yonmaydigan gazlar

Vodorod (H2)

Havo

Metan (CH4)

Azot (N2)

Etan (C2H6)

Inert gazlar

Propan (C3H8)

Karbonat angidrid (CO2)

Butan (C4H10)




Uglerod oksidi (CO)



turlicha tarkib aniqlanadi. Bu holat sun’iy ishlab chiqarilgan gazlarga (shahar gazida, ko‘mir gazida, generator gazida, domna gazida) ham bir xil bo‘ladi.


1.5-rasmda gazlarning asosiy tarkibiga ko‘ra farqlanganligi ko‘rsatilgan. Ko‘mir gazi tarkibida kamida 50% vodorod, tabiiy gazlar tarkibida, asosan, metan bo‘ladi. Yonuvchi gazlarning molekulasida uglerod va vodorod bor.

1.5-rasm. Gazlarning tarkibining (YEOG-yer osti gazi) farqlanishi.

Yonuvchi gazlar uglevodorodlardan iborat bo‘ladi (1.6-rasm).



1.6-rasm. Gazlarning molekulalar tuzilishi.
1.4. Gaz parametrlari
Gazlarning portlash chegaralari. Agar biror hajmda yoki xonada yonuvchi gazning miqdori oshirib borilsa, ma’lum darajada yetgandan so‘ng tashqaridan berilgan issiqlik energiyasi hisobiga aralashma portlaydi.
Har qanday gazning quyi va yuqori portlash chegarasi bo‘ladi. Quyi chegara deb portlash xususiyatiga ega bo‘lgan aralashmadagi gazning minimal konsentratsiyasiga aytiladi.
Konsentratsiya oshirib borilsa va tashqi energiya ta’sir etsa aralashmada portlash davom etadi. Gazning miqdori oshirib borilsa, konsentratsiya ma’lum darjaga yetgandan keyin aralashma portlamaydi. Bu konsentratsiyani gazning yuqori portlash chegarasi deyiladi. Shunday qilib, aralashamadagi gazning miqdori quyi va yuqori chegaralar oralig‘ida bo‘lganda portlash sodir bo‘lishi mumkin.
Konsentratsiya quyi chegaradan past bo‘lganda portlash yuz bermaydi, chunki gaz moleklalari bir-biridan uzoqda joylashgan va ularning issiqlik energiyasi qo‘shni molekulalarni yondirishga yetmaydi. Gazning konsentratsiyasi yuqori portlash chegarasidan ko‘p bo‘lsa, portlamaydi, chunki portlash uchun kislorod yetishmaydi. Metan-havo aralashmasiportlaganda xonadagi bosim P=0,75MPa  gacha, propan-butan va havo aralashmasi portlaganda esa bosim P=0,86MPa gacha ko‘tariladi. Agar gaz aralashmasining tarkibi ma’lum bo‘lsa, uning quyi va yuqori portlash chegarasini oddiy gazlarning chegarasiga asoslanib LeShatelening quyidagi formulasi bilan aniqlash mumkin.

gaz almashmasining quyi yoki yuqori portlash chegarasi, %


x1+x2+x3+...+xn -aralashma tarkibidagi oddiy gazlarning foizdagi miqdori;
l1,l2,l3,...,ln -aralashmadagi oddiy gazlarning quyi yoki yuqori portlash chegarasi.



Yüklə 259,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin