1-ma’ruza mavzu: Yonuvchi gazlar va ularning fizik-kimyoviy xossalari



Yüklə 259,1 Kb.
səhifə4/6
tarix15.06.2022
ölçüsü259,1 Kb.
#61536
1   2   3   4   5   6
Gaz ta`minot tizimlari Ma`ruza№1

Yonuvchi bio – gazlar. Bio – gazlar yoqish uchun foydalaniladi. Ular organik go‘nglardan va o‘simliklardan hosil bo‘ladi. Bunday chiqindilar katta chorvachilik va parrandachilik fermalarida yetarlicha miqdorda bo‘ladi. Ayniqsa molxona, cho‘chqaxona, tovuqxona va tozalash inshootlarida topiladi. Bio-gazlar bir xil jarayon bilan, ya’ni chiqindilarning katta idishda uzoq vaqt saqlanish natijasida olinadi (1.1-rasm).
Hosil bo‘lgan va tozalanmagan gaz issiqlik hosil qiluvchilarga uzatiladi, bu gazning yonishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik orqali qishloq xo‘jaligidagi xonalar isitiladi. Tozalash inshootlarida shunchalik ko‘p energiya ajralib chiqadiki, bundan hosil bo‘lgan energiya tozalash inshooti uchun kerak bo‘lgan energiyadan ham ko‘p.
Bio-gazlar tarkibida, asosan, metan, suv bug‘i va karbonat angidrid bo‘ladi.
Yer osti gazi – mineral yonuvchi modda. Mineral yonuvchi modda deganda o‘simlik va hayvonlardan hosil bo‘lgan modda tushuniladi. Million yillar mobaynida yer ostidagi hayvon va o‘simlik qoldiqlaridan bosimli gazsimon uglevodorodlar hosil bo‘lgan. neft va gaz 400-500 million yillik hayvon va o‘simlik chiqindilardan hosil bo‘lgan mahsulotlardir. Mineral yonuvchi moddalar quyosh energiyasini o‘zida saqlab qolgan.
Neft va gaz yer qatlamining qisilib, gaz o‘tmaydigan joyida saqlangan. Burg‘ilash orqali yer osti gazi juda katta tezlikda va bosimda (300 bar) quvurlarga to‘ladi.
Sun’iy yonuvchi gazlar. Bir qancha usullar yordamida suyuq yoki qattiq yonuvchi moddalaridan sun’iy yonuvchi gazlar hosil qilish mumkin.
Suyuq gazlar neftni qayta ishlash natijasida cho‘kib qoladi. (1.1-rasm).
Neft quvurlar orqali maxsus pechlarga yo‘naltirib, u yerda bug‘lantiriladi. Bu yerda bug‘ kondensatorga yuborilib, juda katta tezlik bilan sovitiladi. Sovitish hisobiga neft tarkibidagi moddalar kondensatsiyalanadi va maxsus kamerada to‘planadi. Past haroratdagi suyuq gaz ham kondensatordan gaz holatda chiqib ketadi.
Ko‘mir gazi koks kimyoviy zavodda ko‘mirni gazsizlantirish orqali tosh ko‘mirdan yoki qora ko‘mirdan olinadi (1.2-rasm).
Gazga bo‘lgan talab gaz turiga bog‘liq bo‘ladi. Yonuvchi gazlarning issiqlik qiymati ma’lum energiyaning jamlaganini belgilaydi (1.3-rasm). Masalan, yer osti gazining issiqlik qiymati shahar gazidan ikki marta ortiq.

1.1-rasm. Neftni qayta ishlash jarayoni.


1.2-rasm. Ko‘mir yonganda hosil bo‘ladigan kimyoviy moddalar.

Propanning issiqlik berish qiymati esa yer osti gazidan 3 marta katta bo‘ladi. Shuning uchun gazga bo‘lgan talab uning yonish issiqligi qiymatiga teskari proporsional bo‘ladi (1.4-rasm). Gazning yonish issiqligi qancha katta bo‘lsa, shuncha kam gaz kerak bo‘ladi.


Yonuvchi gazlarning tarkibi turlicha bo‘lib, yonuvchi va yonmaydigan moddalardan tashkil topgan (1.1-jadval). Yonmaydigan gazlar inert gazlar deb ataladi.
Yonuvchi gazlarning kimyoviy tarkibi. Yonuvchi yoki yonmaydigan gazning tarkibi kelib chiqishiga bog‘liq bo‘ladi. Gazlar joylashgan joyiga qarab atrofidagi moddalar bilan aralashtirish natijasida bir xil nomdagi gazlarda

1.3-rasm. Gazlar yonish issiqligi miqdori.

1.4-rasm. Bir xil issiqlik miqdori hosil qilish uchun turli miqdorda har xil gazlarning yoqilishi.

Yüklə 259,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin