1 Ma'ruza Mavzu



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə7/9
tarix08.05.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#109338
1   2   3   4   5   6   7   8   9
portal.guldu.uz-Genomika tushinchasi va uning tarixi. Gen va gen konsepsiyasi haqida tushincha.

Eukariot organizm genlari esa ayrim strukturaviy qismlarga bo‘lingan bo‘ladi. Ularni bo‘lingan genlar deyiladi. Eukariot genlari strukturaviy va funksional jihatidan ikkita guruhdan iborat: a) genetik kodga ega bo‘lgan nukleotidlar ekzonlar deb ataladi; b) genetik kodga ega bo‘lmagan nukleotidlar intronlar deyiladi.
Ekzon va intron fragmentlari genda ketma-ket ma’lum tartibda joylashgan bo‘ladi. Eukariot genlarining funksional holatga kelishi uchun ularning tarkibidagi barcha intronlar qirqib olib tashlanib, barcha ekzonlar esa bir-biri bilan bo‘lingan genda joylashgan tartibda ulanib yaxlit gen holatiga keltiriladi.Prokariot hujayralar yagona DNK genomini saqlovchi gaploid organizmlardir. Prokariot hujayra DNKsi hamma oqsil va nuklein kislotalarni kodirlab xromosoma tarkibiga kiradi. Masalan, E.coli yagona xromosomaga ega bo‘lib, u DNK, RNK va oqsil komplekslarini o‘zida saqlaydi. DNK uzuksimon (yoki halqasimon) molekulaga ega bo‘lib, 4,6x106juft asos yoki 4600kv saqlaydi. Uzuk diametri taxminan 1mm. dagi uzuksimon molekula diametri 1mkmga teng bo‘lib, DNKsi hujayrada ixcham holda joylashgan.
Eukariot hujayralar prokariot hujayralaridan murakkab tuzilgan bo‘lib, diploid holda bo‘ladi. E.colidan nematodalar DNKsi taxminan 40 marta, salamandrlar DNKsi 40000 marta katta. Odam hujayrasi DNKsi E.colidan 700 marta katta. Eukariot hujayralarda DNK hujayra yadrosining alohida fragmentlari bo‘lishi xromosomalarda joylashgan. DNK 400 dan (achitqida) 100000 kv (odamda) asosga ega. Agar ikki zanjirli DNKni bir chiziq bo‘ylab tizib chiqsak, u
juda uzayib ketgan bo‘lar edi. (masalan, odam hujayrasida 1,74m). shuning uchun xromosomalar kuchli kondensirlangan strukturaga ega, aks holda u yadroga sig‘magan bo‘lar edi.
Eukariot hujayra DNKsi strukturasi jihatidan prokariot hujayra DNKsi strukturasiga juda o‘xshaydi. Ular bir-biridan molekulasining uzunligi va spetsifik nukleotid ketma-ketligining joylashuvi bilan farq qiladi. Masalan, E.coli 2000 struktura genga ega bo‘lib, har birining uzunligi 1500 juft asosga teng. Odam genomi 3x106genga ega bo‘ladigan bo‘lsa, bu 50000 atrofidagi juft asosga ega bo‘ladi. 
Eukariot organizmlar genetik informatsiyasi yuqorida bir necha bor tilga olinib kelinayotgan ikki zanjirdan tashkil topgan DNKda joylashadi. Struktura genlari hujayra strukturasi va uning metabolizmini ta’minlab turadigan oqsil kodirlovchi genlar regulyator genini ekspressiyasi tufayli nazorat qilinadi va 3 ga bo‘linadi:
1. Mustaqil genlar;
2. Takrorlanuvchi genlar;
3. Klaster genlar.
Kodirlanuvchi bu ketma-ketliklarga intronlar deb nomlanuvchi kodirlanmaydigan ketma-ketliklar ham suqilib olishi mumkin. Bundan tashqari DNKning ma’lum uchastkasida joylashgan ko‘p marta takrorlanuvchi DNK (satellitnoy DNK) va transkripsiyalanuvchi yoki traskripsiyalanmaydigan speyser DNK ham shu genlararo joylashgan bo‘ladi.Mustaqil genlar – bu genlar transkripsiyasi xudi prokariotlarniki singari bo‘lib, transkripsion birliklar ramkasidagi boshqa genlar transkripsiyasi bilan bog‘lanmagan.
Ularning faolligi faqat ekzogen moddalar bo‘lishi gormonlar orqali idora qilinadi.takrorlanuvchi genlar – bu genlar xromosomadagi bir genning bir necha marta takrorlanishida ishtirok etuvchi genlar. Masalan, 5S – RNK ribosoma genii bir necha yuz marta takrorlanishi mumkin. YAdrocha DNKsida mujassamlashgan, 5S – RNK bo‘lgan 5,8S - 18S va 28S – rRNK genlari ham shular jumlasidandir.
Genlar klasteri – bular xromosomaning ma’lum bir uchastkasida (lokusida) mujassamlashgan gruppalari har xil, lekin funksiyalari jihatdan bir – biriga yaqin bo‘lgan genlar yig‘indisi. Klasterlar ham xromosomada tez-tez takrorlangan holda uchrab turadi.
Genni faolligini oshiruvchi (enxanser) va susaytiruvchi (saylenser) ketma-ketliklari ham mavjud bo‘lib, turli regulyator oqsillar bilan hamkorlikda operator funksiyasiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari maxsus regulyator gen va supressor gen turlari bo‘lib, ular sintez qilingan oqsillar operatorini boshqaradi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin