bog‘langan munchoqlar guruhi deb ko‘rsatamiz. Atomlar yumaloq shaklga ega
(sharlarga o‘xshash), molekulyar bog‘lanishlari – sim bo‘laklari bo‘lmasa-da, biz
ko‘z oldimizga keltirgan model bizga bu bog‘lanishlar uzilishi va qayta tiklanishi
mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
1.1-rasm. Metan molekulasi modeli (СН
4
)
Nanomashinalar atom va molekulalarni ushlab
olishni bilishi va ularni
xoxlagan tartibda bir-biriga bog‘lay olishi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday
mashinalar tabiatda minglab yillardan buyon muvaffaqiyat bilan ishlab kelmoqda.
Misol tariqasida ribosomalar tomonidan oqsilni sintez qilish mexanizmini keltirish
mumkin.
Biologiya kursidan eslarsiz ribosomalar RNK molekulasini “o‘qib” oqsil
tuzadi. O‘quvchiga bu jarayonning asosiy paytlarini qisqacha eslatamiz.
Oqsillar – barcha hujayralarning hayot faoliyatini ta’minlovchi
zaruriy
tarkibiy qismidir. Oqsillarning organizmdagi (tanadagi) roli xilma - xildir.
Tanamizdagi barcha hayotiy jarayonlarda uning o‘sishi va ko‘payishini
boshqarishda ishtirok etadigan oqsillar – gormonlar ajralib turadi. Yorug‘lik
sezuvchi maxsus, oqsil – rodopsin hisobiga ko‘zimiz to‘r pardasida tasvir paydo
bo‘ladi. Aktin va miozin oqsillari hisobiga mushaklarimiz qisqaradi va bo‘shashadi,
buning natijasida biz harakat qila olamiz. Organizmdagi barcha kimyoviy jarayonlar
maxsus oqsillar – fermentlar ishtirokida kechadi. Ularsiz ovqat xazm qilish, nafas
olish, moddalar almashuvi, qon ivishi va boshqalar sodir bo‘lmaydi. Oqsillar himoya
funksiyasini ham bajarishadi, organizmga kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalar
yoki
zaharlar tushsa, ular immunoglobulin oqsillarini ishlab chiqaradi va zararli
ta’sirlarni yo‘q qiladi.
Oqsillar
va
ular
faoliyati
funksiyalarining
xilma-xilligi
bilan
tanishganimizda, o‘simlik va hayvonot olamining barcha oqsillari –
mutlaq inert
oqsillardan to biologik faol bo‘lgan oqsillargacha – peptidli bog‘ deb ataladigan
kimyoviy bog‘lardan tuzilgan bo‘lib, ular
yagona standart zanjirlar -