o‘zgarishiga olib keladi. Bundan kelib chiqib, alohida oqsilni sintez qilishda uning
tuzilishidagi aminokislotalar zanjirlari ketma-ketligi haqida to‘liq ma’lumotga ega
bo‘lish kerak ekan. Tabiatda bunday ma’lumot maxsus tashuvchi – DNK
molekulasida saqlanadi, unda organizmda mavjud bo‘lgan barcha oqsillar tuzilishi
haqida ma’lumot bo‘ladi.
1.3-rasm. DNK tuzilishi
Bir oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligi haqidagi ma’lumotlar joylashgan
DNK molekulasining bir bo‘lagi
gen deb ataladi. Shuning uchun DNK dagi
ma’lumotni genetik ma’lumot deyiladi. Gen esa
irsiy materialning birligi
hisoblanadi. DNKda bir necha yuzgacha genlar bo‘ladi.
DNK molekulasi (dizoksiribonuklein kislota) biri ikkinchisi atrofiga o‘ralgan
spiralsimon ikkita ipdan iborat. Bunday qo‘sh spiralning eni taxminan 2 nm bo‘ladi.
Uzunligi esa undan 10 ming marta ko‘p – bir necha yuz ming nanometrdir. Irsiy
ma’lumotni tashuvchi DNK qo‘sh spiralini topgani uchun 1962 yilda olimlar Uotson
va Krik Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar. DNK iplari esa nukleotidlar zanjiridan
tashkil topgan,
nukleotidlar – organik materiallar bo‘lib, bir-biri bilan bog‘liq 3 ta
molekula:
azotli asos, 5 uglerodli shakar (pentoza) va fosfor kislotasi qoldig‘idan
iborat bo‘ladi. Nukleotidlarni azotli asoslarning tarkibiga kiruvchi 4 tipi (turi):
adenin (A),
guanin (G),
sitozin va (T)
timin nomi bilan nomlangan. Nukleotidlar 4
turining DNK zanjirida joylashish tartibi juda muhimdir - u oqsillardagi
aminokislotalar tartibini, ya’ni ularning tuzilishini belgilaydi.
DNKda oqsil tuzilishi dasturlashtirilganini tushunish uchun Morze alifbosini
eslash kifoya, unda alifboning barcha harflari, tinish belgilari va sonlar qisqa (nuqta)
va uzun (tire) signallar kombinatsiyasida belgilanadi. DNKda ham xuddi shunday
shifr mavjud ekan. Huddi Morze alifbosida har bir harfga
nuqtalar va tirelarning
muayyan ketma-ketligi mos keltirilganidek, DNK kodida nukleotidlarning ma’lum
ketma-ketlikda kelishi oqsil molekulasidagi ma’lum bir aminokislotaga mos kelar
ekan. DNK kodini bilish – bu har bir aminokislotaga mos bo‘lgan nukleotidlar
ketma-ketligini bilish demakdir.
Barcha imkoniy son, harf va tinish belgilarini kodlashtirish uchun bizga 2 ta
ramzni bilish kifoya qilar ekan. Bitta aminokislotani
kodlashtirish uchun esa
birgalikda 3 nukleotid o‘zi yetarli bo‘ladi (4 ta nukleotiddan 64 ta kombinatsiya hosil
qilish mumkin, har birida 3 tadan nukleotid bor: 4
3
=64). Bunday birikmalar
triplet
yoki kodon deb ataladi.
DNK kodi
bir qiymatga ega (1 triplet 1 tadan
oshmagan aminokislotani
shifrlaydi) va universallikka ega, (ya’ni Yerda barcha yashovchi va o‘suvchi –
bakteriyalar, zamburug‘lar, donlilar, chumoli, qurbaqa, ot, inson – ayni bir tripletlar
ayni bir aminokislotalarni shifrlaydi). Hozirgi
vaqtda DNK kodi butunlay
oshkorlangan, ya’ni har bir aminokislota uchun kodlovchi triplet aniqlab qo‘yilgan.
O‘quvchiga yana bir marta eslatamizki, DNK ketma-ketligida faqat bir nukleotidni
almashtirish yoki chetlatish sintezlovchi oqsillar tuzilishini buzadi. Genetik kod tilga
o‘xshagani uchun bunga yaqqol misol qilib harfli tripletlardan tuzilgan quyidagi
iborani keltirish mumkin:
Dostları ilə paylaş: