1-Ma’ruza. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Oilaviy nizolar va ularning turlari. Mavzuga oid asosiy tushunchalar



Yüklə 415,61 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.08.2023
ölçüsü415,61 Kb.
#138839
1-Maruza. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Oilaviy nizolar va ularning turlari



1-Ma’ruza. OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI. Oilaviy 
nizolar va ularning turlari. 
Mavzuga oid asosiy tushunchalar:
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi haqida tushuncha,
oilaviy nizolar va ularning turlari, er-xotin o’rtasidagi nizolar, qaynona-kelin o’rtasidagi nizolar,qaynona-
kuyov o’rtasidagi nizolar, ota-ona va farzandlar o’rtasidagi nizolar, oilaviy nizolarni bartaraf etish yo’llari
 
Yosh o ila la rda er-xotin munosabatlari o ‘ziga xos hududiy, etnik, jinsiy, yosh 
va individual psixologik xususiyatlarga ega bo'lgan er-xotin munosabatlari 
shakllanishining eng nozik va hal qiluvchi shakli hisoblanadi. U yoki bu yosh oilaga 
xos bo‘lgan er-xotin munosabatlari boshqa bir er-xotinga mos kelmasligi mumkin. 
Chunki yosh oilani yuzaga keltirgan er-xotinlar turli xil shaxslararo munosabatlar 
tizimi, turlicha taomilga ega b o ‘lgan oila la rd a tarbiyalangan, shaxs sifatida 
shakllangan individlardan tashkil topadi. Lekin shunga qaramasdan maxsus 
psixologik tad q iq o tla rd a va ulardan olingan natijalar asosida yozilgan ilmiy 
psixologik adabiyotlarda yosh oilalarda er-xotin munosabatlarining shakllanishi va 
rivojlanishining umumiy mexanizmlarga oid tegishli ma’lumotlar keltirib o ‘tilgan. 
Umuman yosh oilalarda er-xotin munosabatlarining qay tarzda rivojlanishi 
avvalo shu yosh oilaning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan nikoh oldi omillarining 
xarakteriga, shu oilalarning yuzaga kelish shart-sharoitlari bilan uzviy bog‘liqdir. 
Bular haqida oldingi mavzuda qisman to‘xtalib o‘tdik. Albatta, yosh oila yuzaga 
kelar ekan, ular bir-birlarini sevib turmush qurishganmi, qarindosh-urug‘chilik, 
tanish-bilishchilik, sovchilik, hisob tufaylimi yoki stereotip bo‘yichami, qanday 
bo’lishidan qat’i nazar nikohning ilk kunlarida ularning bir-birlariga nisbatan 
bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida, er-xotin o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarda 
emotsional ko‘tarinkilik, hissiy rang-baranglik darajasi yuqori bo‘ladi. Bir-birlarini 
ma’lum bir muddat sevishib oila qurgan juftlarda bunday emotsional ko‘tarinkilik 
darajasi nihoyatda yuqori bo'ladi. 
Chunki ular bir necha yil kutib, intilib yashagan, visol damlariga nihoyat 
yetishgan bo‘ladilar. Bunday juftlar nikohi boshida er-xotin o‘rtasidagi shaxslararo 
munosabatlarda ko‘tarinkilik, bir-birlariga emotsional intilish judayuqori darajada 
bo'ladi. Nafaqat sevishib oila qurganlar, balki deyarli barcha motivlarga ko‘ra oila 
qurgan yoshlarda ham nikohning boshida er-xotin o‘zaro munosabatlarida bir-biriga 
yaqinlik, bir-birini qadrlash, hurmat qilish nisbatan yuqori bo‘ladi. Ularning bir-
birlariga, o‘z nikohlariga, o’zlarining bo'lajak oilaviy hayotlari haqidagi niyat, orzu, 
umidlari ezgu, ijobiy bo’ladi. Chunki hech kim va hech qachon ertaga bo‘lajak 
turmush o‘rtog‘im, yangi oilamning yangi a’zolari bilan nizo-janjalga boraman, ular 
bilan urishaman va oxir-oqibatda oilam buzilib, ajrashib ketaman, deb oila qurmaydi 
(Ayrim hollarda majburan oila qurganlar bundan mustasno).
Inson oila qurar ekan ahil-inoq yashab, murod-maqsadga yetishishni orzu 
qiladi, nikoh arafasida va nikoh kechasi ham barcha yaqin birodarlar, qarindosh-
urug‘lar, to‘yga taklif buyurgan mehmonlar yoshlarga ezgu niyatlar bildiradilar. 
Shuningdek, yoshlar oila qurish arafasida va nikohlarining dastlabki kunlarida 
turmush o‘rtog’i timsolida, o‘zining shu orzu-istaklariga, murod-maqsadlariga 
yetishishda yordam beruvchi, uni qo’llab-quvvatlovchi, uni har soniya, har onda 


tushunuvchi o‘z tabiatiga yaqin odamini tasavvur qiladi va unga imkon qadar 
shunday ijobiy, iliq munosabatda bo‘lishga harakat qiladi. 
Biroq hayotda, ayniqsa, oilaviy hayotda hamma narsa ham odam kutganidayin 
bo‘lavermaydi. Oilaviy hayotning o‘ziga yarasha notekisliklari, past-balandliklari, 
murakkabliklari, muammolari bo‘ladi. Shunday murakkabliklardan biri yosh er-
xotinning yangi ijtimoiy statusga, mavqega: er, kuyov, uylangan, oilali yigit, xotin, 
kelin, turmushga chiqqan ayol rollariga, o‘zlari uchun yangi bo‘lgan ijtimoiy 
muhitga, yangi oilaga moslashish jarayoni bilan bogkliq. Xo‘sh bu yangi 
sharoitlarga moslashish jarayoni kimda qanday kechadi? 
Albatta, bu jarayon erkaklarda ayollarga nisbatan yengilroq kechadi. Chunki 
ular, o ‘zbek oilasining etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aksariyat hollarda 
er-ning uyida, uning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan yashaydi. Ya’ni yigit 
uylanganidan keyin ham o‘z oilasida, o‘z yaqinlari va o‘zi uchun oldindan odat 
bo‘lib qolgan oilaviy, shaxslararo munosabatlar tizimida qoladi. Ayol kishining esa 
nikohdan keyingi holati, oldingisidan keskin farq qiladi. Birinchidan, uo‘zi uchun 
deyarli yangi bo’lgan, oldingisidan tubdan farq qiladigan muhitga tushadi. U o‘ziga 
xos shaxslararo munosabatlar tizimi, roller taqsimoti, o‘ziga xos 

xulqqa

ega 
bo’lgan o'zining qizlik oilasidan, boshqa bir oilaga, boshqacha bir shaxslararo 
munosabatlar tizimiga ega bo’lgan yangi oilaviy muhitga tushadi. 
Undagi mavjud turmush tarzi oldingisiga mos tushmaydi, bundagi oilaviy rollar 
taqsimoti ham oldingisiga o‘xshamaydi, u yerdagi ma’lum bir ishni bajarish tartibi, 
u yoki bu ishga qo‘yiladigan talablar ham oldingisiga o‘xshamaydi. Buning ustiga 
yosh oilada yosh kelin zimmasiga yuklatiladigan vazifalar ustiga yosh oilada yosh 
kelin zimmasiga yuklatiladigan vazifalar ham uni qizlik vaqtida bajaradigan 
ishlaridan ham miqdor, ham mazmun jihatdan tubdan farq qiladi. Yangi ijtimoiy 
sharoitga moslashish jarayonining o‘zbek oilalarida ayol kishi uchun qiyin 
kechishining asosiy sabablaridan yana biri unda yosh kelin yuqorida aytib o‘tilgan 
vaziyatlarga tushishi bilan birga ularda bu yangi oilada kelin o‘zini 

begona

deb 
his etishidir, ya’ni undagi 

begonalik effekti

ning mavjudligidir. 
Yuqorida keltirib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, yosh oila yuzaga kelganidan 
so‘ng unda er-xotin munosabatlarining 

kutilganidek

rivojlanishiga xalaqit 
qiladigan ko‘plab ijtimoiy psixologik, etnik, hududiy, jinsiy omillar borki, 
yoshlarimiz bularning barchasi haqida oldindan xabardor bo‘lishligi va ularning 
salbiy ta’sirlarini yumshatib, ijobiy jihatlarini rivojlantirishga tayyor bo‘lishlari 
maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, eng ezgu niyatlar bilan oila qurgan yoshlarda 
er-xotinning shaxsiy munosabatlari baxtga qarshi yaxshidan yomonga qarab 
rivojlana boshlaydi. Chunki nikohning boshida kuzatiladigan er-xotin o‘rtasidagi 
ko‘tarinki emotsional yaqinlik asta-sekinlik bilan pasayib, ular hissiyotlarining 
o'tmaslashuvi ro‘y beradi. Bu holatlar albatta har qanday oilada shaxslararo 
munosabatlar rivojlanishining o‘ziga xos dinamikasini tashkil qiladi. Bu holatdan 
voqif bo‘lish va uning o’zgarishlariga tayyor turish yosh oilalarda yuzaga kelishi 
mumkin bo’lgan ayrim ko‘ngilsizliklarning oldini olishga asos bo’ladi. 
ER-XOTIN NIZOLARI 
Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o‘rtasidagi 
nizolardir. Xo‘sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega 


oila qurishgandan keyin ularning o‘zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro‘y beradi? 
Ular nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush-
janjallarsiz ham yashasa boMadimi? Bu kabi savollarni yana ko‘p davom ettirish 
mumkin. 
Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo’lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo’lmaydi. 
Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq ko‘plab ertaklar eshitib, keyinchalik o‘zlar! ham 
ularni turli kitoblardan o‘qib o‘sgan yoshlar o‘zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlarini 
adekvat tasawur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham 
qahramonlar bir-birlariga yetishgunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni 
boshlaridan kechirib, buyo‘lda duch kelgan qora kuchlarni yengib, oxir-oqibatda 
visolga erishadilar, el-u yurtga 

qirq kecha-yu qirq kunduz to’y berib, murod-
maqsadlariga erishadilar

. Deyarli barcha ertaklar, filmlar, ayniqsa, bizning 
yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan hind filmlari, aksariyat hollarda shu 
tariqa yakunlanadi. 
Bunga sizlar ham ko‘p martalab guvoh bo’lgansizlar. Bundan tashqari aksariyat 
muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o‘z ota-onasi oilasini, ularning 
turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo’lgan o ‘zaro munosabatlarini va qator shu 
kabilarni o’zlarining bo‘lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham 
oila qurishganlaridan so‘ng o‘g‘il bolalar xuddi o‘z otasidek va qizlarimiz o‘z 
onalaridek 

ota



ona



er



xotin

bo‘lishni orzu qiladilar. Chunki ular 
o‘z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy muno sabatda bo‘luvchi, bir-
birlari hilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni ko‘rmaganlar.
Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo’lsa ham 
ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. 
Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar 
haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik 
munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko‘rsatish an’analari mavjud. 
Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlam a ijobiy 
tasavvurlarning shakllanishiga asos bo‘ladi Xo‘sh bu jarayonlar, ya’ni er-xotin 
nizolari kerakmi? Ular er-xotinning o‘zaro munosabatlariga qay darajada ta’sir etad 
i? O‘tmish donishmandaridan biri haqli ravishda er-xotin nizolarini garmdoriga 
qiyoslagan ekan. Garmdori achchiq, lekin u me'yorda bo‘lsa ishtahani ochadi, 
me'yoridan ortib ketsa, og‘iz, lab, tilni kuydirishi, noxush hissiyotlarni yuzaga 
keltirishi mumkin.
Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga keladi. Oila 
qanday bo’lishidan qat’i nazar nizolardan mutlaqo xoli (himoyalangan, 
kafolatlangan) bo’la olmaydi. 
Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz bo‘lmaydi. Bu 
nizolar ma'lum darajada er-xotin munosabatlarini rivojlantiruvchi katalizator 
vazifasini o‘taydi. Lekin nizoning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi, tashqi 
ifodalanishi, takrorlanib turish tezligi (soni) va nihoyat oqibatlariga ko‘ra bir-
birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus mezon yo‘qki, shunga asosan nizolarning 
qaytalanishi, kuchi, darajasi va boshqa ma’lumotlari (ko‘rsatkichlari)ni aniq belgilab 
berish (olish) mumkin bo‘lsa. Bunda hamma narsa subyektning o ‘ziga, uning 


shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga, uning qo‘yilishiga, nizoning 
qanday idrok qilinishi va boshqa omillarga bog’liq bo‘ladi. 
Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash 
va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni 
kimlar o‘rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. 
Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko‘ra ularni quyidagicha asosiy 
turlarga ajratish mumkin: 
• er-xotin o‘rtasidagi nizolar; 
• qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar; 
• qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar; 
• ovsinlar o‘rtasidagi nizolar; 
• ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar. 

Yüklə 415,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin