MIKROSPORIDIYALAR (MICROSPORIDIA) tipining vakillari juda mayda bo'lishi va sporalarining tuzilishi bilan miksosporidiyalar tipidan farq qiladi. Mikrosporidiyalar tipiga 800 dan ortiq tur kiradi. Bu tipga 2 ta sinf va 70 dan ortiq urug‘ kiradi. Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik, ya’ni 2-10 mkm bo‘ladi va ular qattiq po‘st bilan qoplangan. Mikrosporidiyalar, asosan har xil hasharotlaming hujayralarida, ba’zan baliqlaming hujayralarida parazitlik qiladi. Ular sporasining katta qismini bitta otuvchi kapsula va qalin qobiq egallagan. Ikki yadroli amyobasimon murtak juda kichik boiib, sodda tuzilgan. Spora hayvon hazm organiga tushganida ancha uzun otuvchi tola ajratib chiqaradi va qobiqdan ajralgan amyobasimon tanacha hayvonning to‘qima va hujayralariga kirib rivojlanadi, ya’ni ular jinssiz yo‘l bilan ko‘payib, sporalar hosil qiladi. Ichak bo‘shlig‘iga tushgan sporalar tashqariga chiqarib yuboriladi. Mikrosporidiyalaming ayrim vakillari, masalan, Nosema bombycis tut ipak qurtining turli ichak to!qimalarida parazitlik qilib, ularda xavfli o`liat qoradog‘, qorason (pebrina) kasalligini vujudga keltiradi.
Qoradog1 qo‘zg‘atuvchisi nozema sporalari tirik qolgan ipak qurti kapalagining tuxumi(urug‘i) orqali so‘nggi avlodga ham o‘tadi. Ipak qurti kasalligining qo‘zg‘atuvchisi - nozemaning biologiyasini 1849-1858- yillarda fransiyalik olim L. Paster o‘rgangan. Tut ipak qurti nozemasi ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga o‘tadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o‘tgan parazit qurtning barcha organlarini zararlaydi. L. Paster parazitning nasldan-naslga o‘tishini aniqlab, kasallangan tuxumlardan sog‘ tuxumlami ajratib olish usulini ishlab chiqqan. Bu usuldan hozirgacha gren zavodlarida foydalaniladi. Bu kasalning nomini nozematoz deyiladi. Qoradog* (pebrina) kasalligiga qarshi kurashish uchun, awalo, ipak qurti urug‘ini ochirishga qo‘yishdan oldin uni yaxshilab tekshirish kerak. Urug‘ zavodlarida faqat sogiom tut ipak qurti kapalaklarini ajratib, ulardan urug‘ olish lozim. Mikrosporidiyalaming yana bir turi - Nosema apis asalarilaming ichagida parazitlik qilib, ichak kasaliga sabab boiadi va ko‘plab asalari oilalari qirilib ketadi. Shuning uchun bu kasallikka qarshi kurashish choralaridan biri kasallangan asalarilar oilalari dezinfeksiya qilinishi kerak. Kuchli zararlangan oilalami qirib tashlashga to‘g‘ri keladi.
Mikrosporidiyalaming ba’zi bir turlari MDH mamlakatlarining shimoliy hududlarida koilarda yashovchi ayrim tur baliqlarda ham parazitlik qiladi va baliqchilik xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi. Ayrim turlari hatto ovlanadigan va koida boqiladigan molluskalar, qisqichbaqasimonlar va mo‘ynali hayvonlarda ham parazitlik qilib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi.