Nazorat savollar 1.Parazit bir hujayrali hayvonlar qaysi tiplarda uchraydi?
2.Ichburug’ amyobasining tasnifi va u odamlarda qanday kasallikni keltirib chiqaradi?
3.Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi xivchinlilar to`g’risida nimalar bilasiz?
4.Leyshmaniya va tripanosomalar odamlarga qanday yuqadi?
4-MAVZU: SPORALILAR tipi (4 soat ) Reja: 1.Sporalilar (SPOROZOA) tipiga umumiy tavsif.
2. Qon sporalilar (HAEMOSPORIDIA) umumiy tavsif
SPORALILAR (SPOROZOA) tipiga 4800 dan ortiq tur kirib, ulaming hammasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlaming turli ichki organlarida parazitlik qilib hayot kechiradi va birorta kasallikni keltirib chiqaradi.
Shunga ko‘ra, ulaming rivojlanishi murakkablashgan boiib, har xil muhit sharoitda yashashga, xo‘jayinlarini almashtirib turish, jinssiz va jinsiy y o i bilan ko‘payish kabi yangi xususiyatlar vujudga kelgan. Ulaming harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat hazm qiluvchi vakuolalari rivojlanmagan, himoya qobigiga o‘ralib spora hosil qiladi.
Sporalilar tipi koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) va gregarinalar (Gregarinina) sinflariga bo`linadi.
Mahsuldor hayvonlarda va odamlarda asosan koksidiyasimonlar sinfi vakillari
parazitlik qilib, xavfli kasalliklami keltirib chiqaradi.
Koksidiyasimonlar sinfi, o‘z navbatida, bir necha turkumlarga boiinadi. Koksidiyalar (Soccidiida) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar organlarining epiteliy to‘qima hujayralarida, ya’ni ichak va jigarda parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat ma’lum bir tur hayvonda yashaydi. Voyaga yetgan koksidiyalar harakatsiz bo‘ladi.
Cho‘zinchoq yosh shakllari, ya’ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi.
Koksidiyalaming ko‘payishida jinsiy va jinssiz bo‘g‘inlaming to‘g‘ri gallanishi xa-
rakterlidir. Qoramol, qo‘y, echki, quyon va parrandalarda asosan Eimeria urug‘ining turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalaming rivojlanishi barcha hayvonlarda bir xil boiib, uchta rivojlanish davrlarini (shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya davrlarini) o‘taydi. Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining taraqqiyoti xo‘jayinlar ichki organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining taraqqiyoti esa tashqi muhitda (ekzogen davri) o‘tadi.
Shizogoniya (jinssiz ko‘pavish davri) davrida mahsuldor hayvonlar, jumladan, quyonlar oziq-ovqat yoki suv bilan birga koksidiya ootsistalarini yutib yuboradi. Ootsista ichida 4 ta spora va har bir spora ichida 2 tadan sporozoitlar boiadi. Quyon ichida ootsistaning qobig‘i erib ketib, sporalaming po‘sti yoriladi va ulardan duksimon ko‘rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar tezlikda epitelial hujayralarga kirib oladi va yumaloqlanib o‘sib, hajmi kattalashadi hamda yadrosi bir nechtaga (8-60 ta) boiinadi. Yadrolar soniga qarab, sitoplazma ham o‘shanchaga boiinadi va yangi avlod, ya’ni merozoitlar shakllanadi.
Merozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo‘shlig‘iga chiqib, qaytadan sogiom epitelial hujayralarga kirib oladi va yana jinssiz yo‘1 bilan ikkinchi generatsi yani hosil qiladi. Shunday usulda jinssiz ko‘payish 4-5 marta takrorlangandan keyin merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) hosil b o ia boshlaydi.
Gametogoniva fjinsiv v o i bilan ko‘pavish^ davrida epitelial hujayralarga kirib oigan bir guruh merozoitlardan makro va mikrogametotsitlar hosil boiadi. Keyinchalik har qaysi makrogametotsitdan bitta makrogameta va har qaysi mikrogametositdan esa kichkina, uzunchoq shaklli, bir juft xivchinlari boigan bir nechta harakatchan mikrogametalar hosil boiadi. Mikrogametalar epiteliya hujayralaridan ichak bo‘shlig‘iga chiqib, hujayralardagi kam harakatchan makrogametalar bilan qo‘shiladi va natijada zigota hosil boiadi. Zigota qobiqqa o‘ralib, ootsistaga aylanadi va ichak bo‘shlig‘iga chiqadi.
Sporogoniva davrida koksidiyalarning ootsistalari faqat kislorodli muhitda rivoj-
lanadi. Shu sababli, ootsista xo‘jayin tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Ootsista
ning ikki qavatli po‘sti himoya vazifasini bajafadi. Qulay sharoitda ootsista rivojla-
na boshlaydi. Dastlab, yadrolar 4 taga boiinadi, ma’lum vaqtdan keyin sitoplazma
ham yadrolar soniga qarab, 4 ga boiinadi va ootsistada sporoblastlar shakllanadi.
Keyinchalik, sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa 2 tadan sporozoitlar hosil boiadi. Shunday qilib, sporogoniyada har bir ootsistada 4 ta spora va 8 ta sporozoit voyaga yetadi. Ootsista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) boiib qoladi. Bunday invaziyali ootsistalar hayvonlaming ichagiga tushganda, sporalardan va ootsistadan sporozoitlar chiqadi hamda rivojlanish yana qaytadan boshlanadi.
Koksidiyalarning 10 tadan ortiq turi qoramollarda, 10 ga yaqin turi qo‘y va echkilarda, 10 ta turi quyonlarda va 8 ta turi parrandalarda uchrashi aniqlangan. Baliqchilikka esa karp koksidiyasi zarar keltiradi. Odamlarda ham koksidiyalardan Eimeria sardinae va Isospora urugi turlari parazitlik qiladi.
Koksidiyalar koksidioz kasalligini vujudga keltiradi. Kasallangan hayvonlarning ishtahasi pasayadi, o‘sishi susayadi, ich ketish, kamqonlik kuzatiladi, hayvon ozadi. Hayvonlami zich joylashtirish, binolaming zax boiishi, koksidiyalar uchun . qulay sharoitni vujudga keltiradi. Hayvon koksidiozi odamga yuqmaydi. Kasallangan hayvonlami sulfamilamidlar, antibiotiklar, oltingugurt, furatsetin va boshqa preparatlar bilan davolash hamda zoogigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.
Molxonalar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinadi. Xo‘jaliklarda mol boqish dala almashtirish bilan olib boriladi. Mollar eng to‘yimli yem-xashaklar bilan boqiladi. Koksidiyalar turkumiga yana qushlar, sutemizuvchilar, jumladan, odamlaming jigari, talog‘i, bosh miyasi, qon tomirlarida parazitlik qilib kasalliklar tug‘diruvchi toksoplazmalar urug‘i vakillari (Toxoplasma gondii) va qushlar hamda sutemizuvchilaming muskullarida parazitlik qiluvchi sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), ya’ni go‘sht sporalilar urug‘i vakillari ham kiradi.
Tug‘ma toksoplazmozda kasallik ona organizmidan homilaga o‘tadi va homilaning nerv sistemasi, ko‘zlari va boshqa a’zolarini zararlaydi, bola barvaqt yoki o‘lik yoxud mayib-majruh bo‘lib tug‘iladi. Toksoplazmada tirik tug‘ilgan bola aqlan va jismonan sust rivojlanadi. Yaxshi gapira olmaydi va unda miokardit, pnevmoniya, meningoensefalit, alegofreniya, epilepsiya kabi og‘ir kasalliklar kuzatiladi. Orttirilgan o‘tkir toksoplazmoz esa terlamaga o‘xshash kechib, bemor isitmalaydi, tomog‘i og‘riydi, jigari va talog‘i shishadi yoki ko‘pinchanerv sistemasi zararlanib, boshi og‘riydi, qayt qiladi, falajlanadi. Xronik toksoplazmada, odatda, bemoming gavda harorati uzoq vaqt yuqori boiadi, boshi, tomog‘i, mushaklari og‘riydi, limfa tugunlari va jigari shishadi. Mehnat faoliyati susayadi. Shuningdek, bemor psixikasining buzilishi, talvasaga tushib falajlanishi, ko‘zi, yuragi zararlanishi mumkin.
Toksoplazmoz yashirin kechishi ham mumkin. Toksoplazmozning oldini olish uchun uy hayvonlarini sanitariya nazoratida saqlash, homilador ayollami tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazish zarur. Hayvoniardan - qo‘y, echki, cho‘chqa, it, quyon va har xil kemiruvchilar hamda parrandalar toksoplazmoz bilan kasallanadi. Kasallik ona hayvoniardan bolasiga sut orqali, bir-biriga yaqin boiish hamda turli kemiruvchi va hasharotlar orqali o‘tadi. Kasai hayvonda yoidosh ushlanishi, bola tashlash, umumiy holsizlanish, organizm uvishishi va teri zarai'lanishi kuzatiladi.
Toksoplazmalar (Toxoplasma) urug‘iga bitta Toxoplasma gondii turi kiradi. Toksoplazmalar mushuk va boshqa mushuksimonlar oilasi vakillarining ingichka ichagida murakkab rivojlanish davrlarini о‘tib, undan 2 ta sporali ootsista - sporozoitlar hosil boiishi bilan tugaydi.
Parazitni dastlab 1908-yili fransuz olimlari Nikol va Manso kemiruvchilarda
aniqlashgan. Toksoplazmalaming rivojlanishi xo‘jayin almashtirish bilan boradi, ya’ni mushuklar parazitning asosiy xo‘jayini, boshqa hamma hayvonlar va odamlar esa parazitning oraliq xo‘jayinlari hisoblanadi. Umumiy po‘st bilan o‘ralgan merozoitlar to‘plami sista deyiladi. Bunday sistalar zararlangan organlarda yoki hayvonlar so‘lagi, suti, axlati, siydigi va boshqa chiqindilarida bo‘ladi. Hayvonlar sistalami yutganida yoki kasal hayvonlami yeganida parazitni yuqtiradi. Sistalar organizmga terming jarohatlangan joylaridan ham o‘tishi mumkin. Sutemizuvchilarda esa toksoplazmalar yo‘ldosh orqali ona organizmidan embrionga o‘tadi. Ayrim hollarda toksoplazmalar kanalar orqali ham yuqishi mumkin. Toksoplazmalaming jinsiy ko‘payishi faqat mushuklar organizmida o‘tadi.
Mushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni o‘zlariga yuqtiradi. Mushuk organizmida toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo‘lganidek, jinsiy ko‘payish va sporotsistalar hosil boiishi bilan tugallanadi. Toksoplazmalaming rivojlanishida jinssiz ko‘payish ustun turadi.
Toksoplazmalar odam va hayvonlarda toksoplazmoz kasalligini qo‘zg‘atadi.
Toksoplazmalar odamga ovqat mahsuiotlari (go‘sht, sut, tuxum) va kasal uy hay-
vonlari (quyon, mushuk, it va boshqalar) orqali o‘tib, me’da-ichak yo‘llariga tushadi. Parazitlar ichak devorlarini teshib, limfa va qon tomirlari orqali turli organlar (bosh miya, orqa miya, jigar, taloq, buyrak, mushak va bosh.) hujayralari sitoplazmasida rivojlanib, to‘qimalami yalligiantiradi.
Toksoplazmalar hayvonlarga har xil ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim hayvonlar kasallikka berilmaydi, ayrimlari esa juda ta’sirchanligi tufayli halok boiishi mumkin.Odamlaming toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, mushuk katta o‘rin tutadi. Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv sistemasi va ko‘zning shikastlanishiga sababchi boiadi. Odam va boshqa sutemizuvchilar embrioni ona qomida toksoplazmoz bilan zararlanganda, tushib ketadi yoki uning ayrim muhim organlari og‘ir jarohatlanadi.
Sarkosporidiyalar (Sarcosporidial ya’ni go‘sht sporalilar urug‘ining ham
bir qancha turlari boiib, ular ayrim uy hayvonlari, ya’ni qoramollar, cho‘chqalar
va parrandalar hamda yovvoyi hayvonlaming muskullarida parazitlik qiladi. Ular
go‘shtda uzun xalta shaklida 0,5-5 mm kattalikdagi sistalar hosil qiladi. Sistalar
ichida esa yuzlab chuvalchangsimon bir yadroli merozoitlar boiadi.
Go‘sht sporalilaming rivojlanishi koksidiyalamikiga o‘xshash, lekin rivojlanishi ikkita xo‘jayinda ketadi. 0 ‘txo‘r sutemizuvchilar va parrandalar parazitning oraliq xo‘jayinlari, yirtqich sutemizuvchilar (mushuklar, itlar) va odamlar esa asosiy xo‘jayinlari hisoblanadi. Oraliq xo‘jayinlar organizmida parazit jinssiz - shizogoniya y o ii bilan va asosiy xo‘jayinlari organizmida jinsiy usulda ko‘payadi.Go‘sht bilan asosiy xo‘jayini organizmiga tushgan sistalardan juda ko‘p sistazoidlar chiqadi va ular ichak epiteliysi hujayralariga kirib oladi. Hujayra ichida mikro va makrogamontlar, ulardan esa mikro va makrogametalar yetishib chiqadi. Urugianishdan keyin hosil boigan zigota po‘stga o‘ralib ootsistaga aylanadi. Har bir ootsista ichida 2 tadan spora hosil boiadi. Yem-xashak bilan oraliq xo‘jayinining organizmiga tushgan ootsistalardan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar qon orqali qon tomirlari devoriga, so‘ngra muskullarga o‘tib, tezda ko'payadi va xaltaga o‘xshash yirik sistalami hosil qiladi.Go'sht sporalilari bilan zararlangan hayvonlarda, odatda, kasallanish alomatlari
kam seziladi.
QON SPORALILAR (HAEMOSPORIDIA) turkumi vakillari odam va issiq
qonli hayvonlaming qizil qon hujayralari - eritrotsitlarida parazitlik qiladi. Bu tur-
kumga 100 ga yaqin tur kiradi.
Qon sporalilar koksidiyalar singari hujayra ichida yashaydigan parazitlar boisa-
da, lekin ulaming hayot sikli bir necha xo‘jayinda o‘tadi, Masalan, bu turkumning
eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak modiysining rivojlanishi ikkita xo‘jayinda o‘tadi. Jinssiz rivojlanishi hamda makro
va mikrogametotsitlar odam qizil qon tanachalarida yetishadi. Bezgak chivinida (Anophele) esa jinsiy rivojlanish ketadi. Koksidiyadan farq qilib, bezgak plazmodiylaming hayot sikli xo‘jayinlar (chivin va odam) organizmida o‘tadi, tashqi muhitga chiqmaydi. Odamlar orasida bezgak kasalini tarqatuvchi sporalilar plazmodium deyiladi. Bu kasallik eramizdan oldin ham maium bo‘lgan. U vaqtlarda bu kasallikning kelib chiqish sababi va odamlarga yuqish yoilari aniqlanmagan. Lekin, shunga qaramasdan, bu kasallikning botqoqliklarga aloqasi borligini bilishgan, shuning uchun ham “botqoq isitmasi” deb atalgan.
Bezgak plazmodiumlarini birinchi marta 1879-yilda rus olimi V.I. Afanasyev va 1880-yilda fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar. Bezgak kasalini chivinlar yuqtirishini esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italiyalik olim J. Grassi aniqlashgan.
Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi:
1. Plasmodium vivax - uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi.
2. Plasmodium malariae - to‘rt kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni isitma har 72 soatdan keyin qaytarilib turadi.
3. Plasmodium falciparum - 24-48 soat oralab xuruj qilib turadigan va ko‘pincha juda og‘ir o‘tadigan tropik bezgak qo‘zg‘atuvchisidir.
4. Plasmodium ovale - uch kunlik bez'gak qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo‘zg‘atuvchisi juda kamdan-kam Afrika va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida bu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi bir marta 1924-yilda Ufa shahrida uchragan.
Uch kunlik bezgak plazmodiumining (Plasmodium vivax) rivojlanishi quyidagi-
cha ketadi.Bu parazitning qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan bezgak chivini odam qonini so‘rganida, chivin soiagida boigan sporozoitlar odam qoniga о‘tadi. Bular qon orqali jigar va taloq to‘qimalariga keladi. Bu yerda ular oziqlanib, ko‘paya boshlaydi, ya’ni yadrolari bir nechtaga boiinadi, so‘ngra yadro soniga qarab, sitoplazma ham o‘shanchaga ajraladi va parazitning navbatdagi avlodi - merozoitlar paydo boiadi. Keyinchalik, bu merozoitlar qizil qon tanachalariga kirib, gemoglobin plazmasi bilan oziqlanadi.Parazitning eritrotsitlar gemoglobini hisobiga oziqlanib o‘sadigan davriga trofozoitlar deyiladi.
Eritrotsitlarda rivojlanishning boshi anish davrida trofozoitlar tanasining markazida vakuola boiganligi uchun uzuk shaklida ko‘rinadi. Keyinchalik vakuola yo‘qoladi va parazit amyobasimon shakliga kiradi. Trofozoitlardan bo‘linib ko‘payuvchi shizontlar hosil bo‘ladi. Eritrotsitlardagi bir shizont yadrosi bir necha marta boiinadi va 12-24 ta merozoitlar yetiladi. So‘ngra bu merozoitlar eritrotsitning qobig‘ini yemirib, qon plazmasiga o‘tadi. Bu hodisa merozoit eritrotsitga kirgandan 48 soat o‘tgach sodir boiadi va xuddi shu paytda odamni bezgak tutadi.
Sababi qon plazmasiga minglab merozoitlar bilan birga melanin degan zaharli moddalar ham chiqadi va qonni zaharlaydi. Qon plazmasidagi merozoitlar yana qaytadan sogiom eritrotsitlarga kirib, jinssiz rivojlanishni yangidan boshlaydi. Bir necha bor shizogoniya usulda ko‘payish qaytarilgach, bemor qonida jinsiy individlargametotsitlar hosil boiadi, ya’ni eritrotsitlar ichidagi merozoitlardan urg‘ochi makrogametotsitlar va erkak mikrogametotsitlar paydo boladi.
Odam Gametotsitlaming keyingi rivojlanishi anofeles chivinining medasida kechadi. Anofeles odamning qonini so‘rganda gametotsitlar chivinga o‘tadi. Chivinning ichida mikrogametotsitlaming rivojlanishi natijasida 4-8 ta xivchinli 5-6 ta mikrogametalar hosil bo‘ladi. Makrogametotsitlaming yadrosi ham kattalashib, makrogametalarga aylanadi. Mazkur makro- va mikrogametalar qo‘shilib, zigota hosil qiladi. Zigota harakatchan boiib, u ookineta deb ataladi. Ookineta chivin oshqozoni devorini teshib kirib, elastik po‘stga o‘raladi va ootsistaga aylanadi. Ootsista o‘sib, yadrosi bir necha marta boiinadi, har bir yadro boiagini sitoplazma o‘rab oladi va natijada minglab juda mayda duksimon sporozoitlar hosil boiadi. So‘ngra ootsistalar pardasi yoriladi- va ichidagi sporozoitlar (10000 tagacha) chivinning tana bo‘shlig‘iga tushib, gemolimfa suyuqligi orqali barcha organlariga tarqaladi. Ular chivinning soiak bezida ko‘plab to‘planadi. Mana shunday chivinlar odamni chaqqanida chivin soiagi bilan birga sporozoitlar ham odam qoniga o‘tadi. Sporozoitlar bir yadroli uzunchoq shaklga ega boiib, uzunligi 10-15 mikronga
teng.Bezgak yer yuzida juda keng tarqalgan kasallikdir. Bezgak kasaliga uchragan odamda kuchli anemiya (kamqonlik) kuzatiladi. 1mm3 qondagi eritrotsitlar soni normadagi 5 mln. dan 1 mln. gacha tushib qoladi.