3.Parazitlarning xo’jayinlari. Oxirgi (defenitiv, asosiy), oraliq, qo’shimcha, rezerv xo’jayinlar. Parazitlarni xo’jayinlariga, xo’jayinlarni parazitlarga ta’siri. Parazitlarni xo‘jayinlari bilan o‘zaro bog‘lanishi. Parazitlarni vaqtinchalik yoki doimiy ular hisobiga oziqlanadigan organizmlarni parazitlarning xo‘jayinlari deyiladi. Parazitlar xo‘jayinlarining (odam,hayvon, o‘simliklar) barcha organ va to‘qimalarini zararlaydi. Masalan, ichakda askaridalar, bolalar gijjasi, tasmasimon chuvalchanglar, lyambliya, amyoba, trixomonadalar; o‘t yo‘llarida lyambliya, jigar va mushuk ikki so‘rg‘ichlilari; teri ostida rishta; to‘qimalarda trixinella lichinkalari; qon tomirlarida shistosomalar; o‘pkada toksokara, askarida va boshqalar uchraydi.Parazitlar tabiatda tur sifatida saqlanib qolishi uchun, ko‘payish jarayonida xo‘jayin organizmidan chiqib, tashqi muhitga, boshqa xo‘jayinlarga o‘tadi. Parazitlarni bitta xo‘jayindan ikkinchi bir xo‘jayinga,xo‘jayinlaridan tashqi muhitga o‘tish mexanizmlari va taxminiy xo‘jayinlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan organizmlar doirasini kengligi, albatta,ularni tabiatda keng tarqalishini ta’minlaydi. Parazitlarni vaqtincha yoki doimiy o‘z hisobiga oziqlantiradigan organizmlar parazitning xo‘jayinlari deyiladi. Parazit xo‘jayinlari bir necha xil bo‘ladi.Turli-tuman parazitlar o‘zlarini rivojlanishida bitta, ikkita va undan ko‘proq xo‘jayinlarda yashashlari mumkin. Shuning uchun parazitlarga xos oxirgi (definitiv, asosiy), oraliq, qo‘shimcha, rezervuar xo‘jayinlar mavjud. Xo‘jayinlarning bu darajada xilma-xil bo‘lishiga sabab, ular yordamida parazitlar tabiatda keng tarqaladi va tur sifatida saqlanib qoladi. Parazitning jinsiy voyaga yetgan davri yashab, uning jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan davri kechadigan hayvon organizmi asosiy xo‘jayin hisoblanadi.Parazitlarning asosiy xo‘jayinlari har xil guruhlarga mansub hayvonlar bo‘lishi mumkin. Masalan, exinokokkning asosiy xo‘jayinlari –itlar, bo‘rilar, tulkilar, mushuklar va boshqa go‘shtxo‘rlar, ya’ni yirtqich hayvonlardir, qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchanglarining asosiy xo‘jayini odam, toksoplazmaning esa asosiy xo‘jayini mushuklar hisoblanadi.Oraliq xo‘jayinlarda parazitlarning tuxum va lichinkalik davrlari rivojlanadi. Parazitlar oraliq xo‘jayinlarida partenogenetik (jinssiz) yo‘l bilan ko‘payishi ham mumkin. Masalan, Jigar qurtining lichinkalari.
Qo‘shimcha xo‘jayinlar, aslida parazitlarning ikkinchi oraliq xo‘jayinlari ham deyiladi. Ularda parazit lichinkalarining ma’lum bir rivojlanish davrlari o‘tadi. Masalan, Keng tasmasimon chuvalchangda birinchi oraliq xo‘jayinlari sikloplar, ikkinchi oraliq xo‘jayinlari esa baliqlar hisoblanadi.Rezervuar xo‘jayin deb esa boshqa hayvonlarga yuqtirish mumkin bo‘lgan kasal qo‘zg‘atuvchilarini o‘zida tutgan hayvonlarga aytiladi. Rezervuar xo‘jayinlar parazitning rivojlanishida doimo ishtirok etishi shart emas. Lekin rezervuar xo‘jayinlar parazitning ma’lum bir rivojlanish davrlarning tarqalishini tezlashtiradi. Masalan, serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobotrium latum) ning rivojlanish davrida definitiv(asosiy, oxirgi) xo‘jayinlar – odam, mushuk, it, bo‘ri, tulki, ayiq va boshqa yirtqichlar, birinchi oraliq xo‘jayini mayda qisqichbaqasimonlardani– sikloplar, ikkinchi oraliq xo‘jayinlari, ya’ni qo‘shimcha xo‘jayinlari yuvosh baliqlar, rezervuar xo‘jayinlari esa yirtqich baliqlar(rezervuar xo‘jayinlari ishtirok etishi ham etmasligi ham mumkin) hisoblanadi.Demak, parazitning rivojlanish siklida birinchi oraliq xo‘jayinlarida parazitning licninka davri rivojlanadi. Ikkinchi oraliq xo‘jayinlarida ya’ni, qo‘shimcha xo‘jayinlarida parazitning ma’lum lichinka bosqichi o‘tadi. Uchinchi, ya’ni rezervuar xo‘jayinlar parazit rivojlanishida ishtiroki majburiy emas. Chunki rezervuar xo‘jayinlarda parazit rivojlanmaydi, balki saqlanadi, bu esa parazitlarni tabiatda yanada kengroq tarqalishida muhim rol o‘ynaydi (Masalan, tripanasomalar antilopalarda, plerotserkoidlar yirtqich baliqlarda, leyshmaniyalar kemiruvchilarda uzoq saqlanadi).