1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


Parazit sodda hayvonlar muhim vakillari



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə8/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

2. Parazit sodda hayvonlar muhim vakillari.
Sarkodalilar kenja tipi vakillarining qattiq po‘sti bo‘lmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po‘st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplazmadan hosil bo‘lib turuvchi о'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiydi; shuning uchun bunday oyoqlar soxta oyoqlar psevdopodiylar deb ataladi.
Sarkodalilar kenja tipiga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar kabi sinflarini o‘z ichiga oladi. Bu sinflardan ildizoyoqlilar sinfi orasida parazitlari uchraydi.
Xivchinlilar (Mastigophora) kenja tipiga8000 dan ortiq tur kiradi. Xivchinlilar tabiatda juda keng tarqalgan, ular har xil muhitda hayot kechiradi va xilma-xil tuzilishga ega bo’lgan bir hujayrali hayvonlardir. Hamma xivchinlilarning harakat organoidlari bitta yoki bir nechta xivchinlar hisoblanadi. Xivchinlar sitoplazmadan hosil bo'lgan qilga o'xshash ingichka o'simtalardan iborat. Xivchinlilar sitoplazmasi ham birmuncha quyuq gomogen ektoplazma va donador suyuqroq endoplazmaga ajraladi. Ektoplazmaning sirtqi qavati qattiq va elastik qobiq - pellikulani hosil qiladi. Ko'pchilik xivchinlilar tanasi doimiy shaklga ega bo'lishi bilan sarkodalilardan farq qiladi. Shu bilan birga ayrim xivchinlilar tanasida qattiq qobiq bo'lmaydi va ular sarkodalilarga xos bo'lgan psevdopodiylar hosil qilish xususiyatiga ega.
Ko'pchilik turlari dengizda yashaydi va planktonning asosiy qismini tashkil etadi. Chuchuk suv havzalarida ham xivchinlilar keng tarqalgan. Suv havzalarida xivchinlilarning turlari va ularning massasi suvning organik chiqindilar bilan ifloslanishiga bog'liq bo'ladi. Xivchinlilar orasida ko'p turlari har xil hayvonlar va odamning ichagi, qoni, terisi va jinsiy bezlar yo'lida parazitlik qiladi. Oziqlanish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga binoan xivchinlilar kenja tipi 2 ta sinfga bo'linadi: o'simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) va hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina).

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin