1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


Parazitizmni hayvonat olamida tarqalishi.Parazitizm va uni boshqa xodisalardan farqi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə4/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

2.Parazitizmni hayvonat olamida tarqalishi.Parazitizm va uni boshqa xodisalardan farqi.
Parazitlar tabiatda tur sifatida saqlanib qolishi uchun, ko’payish jarayonida xo’jayin organizmidan chiqib, tashqi muhitga, boshqa xo’jayinlarga o’tadi. Parazitlarni bitta xo’jayindan ikkinchi bir xo’jayinga, xo’jayinlaridan tashqi muhitga o’tish mexanizmlari va taxminiy xo’jayinlar bo’lishi mumkin bo’lgan organizmlar doirasini kengligi, albatta ularni tabiatda keng tarqlishini ta’minlaydi. Parazitlarni vaqtincha yoki doimiy o'z hisobiga oziqlantiradigan organizmlar parazitning xo'jayinlari deyiladi. Parazit xo’jayinlari bir necha xil bo’ladi.
Turli-tuman parazitlar o'zlarini rivojlanishida bitta, ikkita va undan ko'proq xo'jayinlarda yashashlari mumkin. Shuning uchun parazitlarga xos oxirgi (definitiv, asosiy), oraliq, qo'shimcha, rezervuar xo'jayinlar mavjud. Xo'jayinlarning bu darajada xilma-xil bo'lishiga sabab, ular yordamida parazitlar tabiatda keng tarqaladi va tur sifatida saqlanib qoladi.
Parazitning jinsiy voyaga yetgan davri yashab, uning jinsiy yo'l bilan ko'payadigan davri kechadigan hayvon organizmi asosiy xo'jayin hisoblanadi.
Parazitlarning asosiy xo'jayinlari har xil guruhlarga mansub hayvonlar bo'lishi mumkin.M: exinokokkning asosiy xo'jayinlari - itlar, bo'rilar, tulkilar, mushuklar va boshqa go'shtxo'rlar, ya'ni yirtqich hayvonlardir, qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglarining asosiy xo’jayini odam, toksoplazmaning esa asosiy xo’jayini mushuklar hisoblanadi.
Oraliq xo'jayinlarda parazitlarning tuxum va lichinkalik davrlari rivojlanadi. Parazitlar oraliq xo'jayinlarida partenogenetik (jinssiz) yo’l bilanko’payishi ham mumkin. M: Jigar qurtining lichinkalari.
Qo'shimcha xo'jayinlar, aslida parazitlarning ikkinchi oraliq xo'jayinlari ham deyiladi. Ularda parazit lichinkalarining ma'lum bir rivojlanish davrlari o'tadi. M: Keng tasmasimon chuvalchangdada birinchi oraliq xo'jayinlari sikloplar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari esa baliqlar hisoblanadi.
Rezervuar xo'jayin deb esa boshqa hayvonlarga yuqtirish mumkin bo'lgan kasal qo'zg'atuvchilarini o'zida tutgan hayvonlarga aytiladi. Rezervuar xo'jayinlar parazitning rivojlanishida doimo ishtirok etishi shart emas. Lekin rezervuar xo'jayinlar parazitning ma’lum bir rivojlanish davrlaining tarqalishini tezlashtiradi. M: serbar tasmasimon chuvalchang(Diphyllobotrium latum) ning rivojlanish davrida definitiv (asosiy, oxirgi) xo'jayinlar - odam, mushuk, it, bo'ri, tulki, ayiq va boshqa yirtqichlar, birinchi oraliq xo'jayini mayda qisqichbaqasimonlardani - sikloplar, ikkinchi oraliq xo'jayinlari, ya’ni qo’shimcha xo’jayinlari yuvosh baliqlar, rezervuar xo'jayinlari esa yirtqich baliqlar (rezervuar xo’jayinlari ishtirok etishi ham etmasligi ham mumkin) hisoblanadi.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin