1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə22/65
tarix05.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#125257
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
1-ma’ruza parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinla

Diktiokaulvuslar (Dictyocaulus) qo‘v. echki, qoramol, tuya va yovvoyi kavsh qaytaruvchi hayvonlaming o‘pkasi, bronxlari va traxeyasida parazitlik qiladi. Har bir hayvonning o‘ziga muvofiqlashgan diktiokaulyus turi bor. Masalan, qo‘y va echkilarda - Dictyocaulus filaria, qoramollarda - Dictyocaulus viviparus, ot va eshaklarda - Dictyocaulus amfieldi, bug‘ularda - Dictyocaulus eckerti, tuyalarda -Dictyocaulus cameli kabi turlari parazitlik qiladi.
Shulaming orasida 0 ‘zbekistonda qo‘y va echkilarda parazitlik qiladigan Dictyocaulus filaria turi chorvachilikka katta zarar yetkazadi. Bu parazit ipsimon ko‘rinishdagi ingichka nematodadir. Urg‘ochisining uzunligi 5-15 sm, erkaginiki esa 3-8 sm keladi. Erkagining dum qismida qovurg‘ali bursasi va sarg‘ish rangli ikkita spikulasi bor. Urg‘ochisining vulva teshigi gavdasining o‘rtasida yoki boshiga yaqin qismida joylashgan bo‘lib, tashqariga ochiladi. Diktiokaulyus geogelmint -bu parazit bilan ko‘proq qo‘y va echkilar zararlanadi. Parazit qo‘y va echkilaming bronxlarida yashab, urg'ochilari erkaklari bilan jufitlashib, traxeya va bronxlar bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi. Tuxumlar ichida lichinkalar bo‘ladi. Hayvon yo‘talgan vaqtida parazit tuxumlari bronxial shilliq bilan og‘iz bo‘shlig‘iga keladi va hayvon bu tuxumlami qaytadan yutib yuboradi. Ovqat hazm qilish organlaridan o ‘ta turib, ichak bo‘shlig‘ida parazit tuxumlaridan lichinkalar chiqadi va hayvon tezagi bilan tashqariga chiqadi. Tashqi muhitda qulay sharoitda lichinkalar ikki marta po‘st tashlab, 6-7 kun ichida yuqumli holatga aylanadi.
Agar tashqi muhitda harorat past bo‘lsa, lichinkalaming rivojlanish muddati uzayadi. Invazion lichinkalar tashqi muhit sharoitlariga ancha chidamli, ular qurg‘oqchilikda 30 kungacha, muzlatilganda esa 15 kun davomida tiriklik qobiliyatini saqlab qoladi. Namlikda lichinkalaming faolligi yanada ortadi. Yomg‘irdan keyin lichinkalar o‘tlar bo‘ylab tik harakat qiladi, natijada mollaming diktiokaulyuslar bilan zararlanishi ortadi. Qo‘y va echkilar parazitning invazion lichinkalarini o ‘zlariga ko‘katlar, yem-xashaklar va suv orqali yuqtiradi. Hayvon organizmiga tushgan lichinkalar ingichka ichak shilliq qavati devorini teshib, limfa tugunlariga o‘tib rivojlanadi va oxirgi marta po‘st tashlab, limfa tomirlari orqali qon tomirlariga va qon oqimi bilan o‘pkaga keladi. Lichinkalar o‘pka qon tomirlari va parenximasini teshib bronxlarga o‘tadi, bu yerda rivojlanishni davom ettirib, 1-2 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi. Qo‘y va echkilar organizmda 5-6 oydan 1,5-2 yilgacha parazitlik qiladi.
Diktiokaulyuslar keltirib chiqaradigan kasallik diktiokaulyoz deyiladi. Bu kasallikning tarqalishiga yil fasllari, hayvonlaming yoshi, tabiiy iqlim sharoit muhim rol o‘ynaydi. 0 ‘zbekistonda qo‘y va echkilar diktiokaulyus lichinkasi bilan sug‘oriladigan hududlarda - asosan kuz va bahor oylarida, dasht va yaylovlarda -kuz oylarida, tog‘ va tog‘oldi hududlarida esa - bahor va kuz oylarida hamda qish oylarining boshlarida zararlanadi. Kasallangan qo‘y va echkilarda kasallik yuqqandan 15-20 kundan keyin yo‘tal paydo boiadi. Keyinchalik ular o‘sishdan orqada qoladi, oriqlab ketadi, junlari siyraklashadi. Burun teshigidan suyuqlik oqadi. Darmonsizlanib joyidan tura olmaydigan boiib qoladi. Agar davolanmasa, kasallangan hayvonlaming 10-70 % nobud boiadi. Kasallangan mollami davolash uchun ulami muntazam ravishda degelmintizatsiya qilib turish lozim. Qo‘y va echkilar diktiokauloziga qarshi panakur, nilverm, rintal, ditrazin, loksuran va boshqa preparatlar ishlatiladi. Kasallikni yuqtirmaslik uchun esa mol boqiladigan yaylovlami tez-tez almashtirib turish, qo‘ton va molxonalami sanitariya-gigiyena tomonidan toza tutish lozim.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin