Mavzu: Qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr va Mesopotamiya madaniyati.
Ahmedov Jasur Abdusalom o’g’li sirtqi pedagogika va psixalogiya yo’nalishi 203-guruh talabasi.
Reja:
1. Qadimgi Misr madaniyati.
2. Qadimgi Mesopotamiya madaniyati.
3. Qadimgi Hindiston madaniyati.
4. Qadimgi Xitoy madaniyati.
Qadimgi Misr madaniyati.
Qadimgi Misr ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan biri sifatida o‘ziga xos betakrorligi bilan ajralib turadi. U Afrikaning shimoli-sharqida joylash-gan. Nil –dunyodagi eng katta daryolaridan biri bo‘lib, u Markaziy Afri-kadan boshlanib, Misrni kesib o‘tib, O‘rta yer dengiziga quyiladi. Misr-da ilk dehqonchilikning paydo bo‘lishi ham, eng avvalo, shu daryo bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimdan Misrda tabiati issiq, hayvonot, o‘simlik dun-yosi va yerosti boyliklari ko‘p bo‘lganligi bois, bu yerda moddiy va ma’-naviy madaniyat juda erta vujudga kelib rivojlangan. Misrda davlatning paydo bo‘lishi mil. avv. IV mingyillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrlarda Nil daryosining shimolida va janubida 40 dan ortiq shahar dav-latlari – nomlar paydo bo‘lgan. Nomlarni nomarxlar boshqarib, ular deh-qonchilik, chorvachilik, sug‘orish, harbiy va diniy ishlarni boshqargan-lar. Bular ilk quldorlik davlatlari edilar. Bu davlatchalarning shimoliy va janubiy birlashmalari vujudga keladi. Mil. avv. III minginchi yil bosh-larida Janub podshosi Minaning Shimoliy uyushma ustidan g‘alaba qili-shi natijasida yagona Misr davlatiga asos solinadi. Uning poytaxti Mem-fis shahri bo‘lgan.
O‘zining Vatani tarixini yozgan kohin Manefon Qadimgi Misr tari-xini to‘rtga bo‘lib: Qadimgi (mil. avv. III minginchi yil), O‘rta (mil. avv. III minginchi yil oxiri – II minginchi yil boshlari), Yangi (mil. avv. 1580-1070-yillar), So‘nggi (mil. avv. I 1070-332-yillar) podsholik davrlariga bo‘-ladi. Bu davrlar jami 30 ta fir’avnlar sulolalarini o‘z ichiga oladi. Qadimgi Misr dunyo sivilizatsiyasining tom ma’nodagi klassik na-munasi bo‘ldi. Shuning uchun ham, qadimgi yunon tarixchisi Gerodot bu mamlakatni «Nilning in’omi» deb bejiz aytmagan. Bahor oylarida Nil toshqini natijasida daryo bo‘ylaridagi yerlarda hosil bo‘lgan qora mine-ralga boy qoldiqlar dehqonchilik uchun «tekin ozuqa» bo‘lib xizmat qil-gan. Daryo bo‘ylarida turli xil granit, marmar kabi toshlarning bo‘lishi esa qurilishga yaxshi material hisoblangan.
Misr tarixining barcha davrlarida hayvonlar, tabiat hodisalari va ota-bobolar ruhiga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Shu bilan birga, Misrda ya-gona davlatning vujudga kelishi bilan fir’avn – podsholarga e’tiqod qi-lish va ularni ilohiylashtirish paydo bo‘lgan. Birinchi o‘rinda qarchig‘ay boshli Quyosh xudosi – Ra yoki Amon-Ra bo‘lib, u har kuni oltin qayiq-chasida osmonni kezib chiqadi va g‘arbga tushadi (misrliklar tasavvuri-da). Misrliklar Quyosh xudosiga atab ibodatxonalar qurganlar. Xudolar ichida Osiris alohida o‘rin tutadi. U avval dehqonchilik ho-miysi bo‘lib, eshak boshli, qizil ko‘zli yovuz xudo Set tomonidan o‘ldi-rilgan. Osiris narigi dunyodagi podshohlikda shoh va sudya bo‘lib oladi. Xudolar misrliklar uchun birgina dunyoni yaratuvchi bo‘libgina qolmay, hunarmandchilik, san’at, yozuv, hisob, sehrgarlik va ilm-fanning yara-tuvchilari ham hisoblanganlar. Ular iyeroglif yozuvini «Xudoning so‘zi» deb tushunar edilar. Bunda so‘z va hisob hukmroni, yozuvni yaratuv-chisi, adabiyot va yozuvchilarning, sehrgarlar va tabiblarning homiysi Totu hisoblangan.