1-ma’ruza. Pythonda dastur kodini yozish va ishga tushirish. Oʻzgaruvchilar
va berilganlar turlari.
Python dasturlash tili
Pythonni oʻrnatish
Pythonda dastur kodini yozish
Oʻzgaruvchilar va berilganlar turlari
Python dasturlash tili
Python - yuqori bosqichli dasturlash tili hisoblanib, tirli xil ilovalarni yaratish
uchun moʻljallangan. Ya'ni Python dasturlash
tili yordamida veb-ilovalar, oʻyin
ilovalari, oddiy (nastol'niy) dasturlar yaratish hamda berilganlar bazasi bilan ishlash
mumkin. Ayniqsa Python dasturlash tilining tezlik bilan tarqalishiga uning
mashinali oʻrgatish va sun'iy intellekt sohalaridagi
tadqiqot ishlarida keng
qoʻllanilishi sabab boʻlgan.
Python dasturlash tiliga 1991-yil Golland dasturchisi Grido Van Rossu asos
solgan. Shundan beri ushbu til rivojlanishning ulkan yoʻlini bosib oʻtdi va 2000 yilda
2.0 versiyasi, 2008 yil esa 3.0 versiyalari chiqarildi.
Versiyalar orasidagi
muddatning uzoqligiga qaramasdan doima versiya ostilari chiqariladi. Shunday
qilib, ushbu material eng oxirgi 3.9 versiyasi asosida tuzilgan.
Python dasturlash tilining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Skriptli til. Dastur kodi skriptlar koʻrinishida boʻladi;
Turli dasturlash paradigmlarni, xususan ob'ektga yoʻnaltirilgan va funksional
paradigmlarni oʻzida mujassamlagan;
Skriptlar bilan ishlash uchun interpretator kerak boʻlib,
u skriptni ishga
tushiradi va bajaradi.
Portativlik va platformaga bogʻliqmaslik. Kop'yuterda qanday operasion tizim
- Windows, Mac OS, Linux boʻlishidan qat'iy nazar, ushbu operasion tizimda
interpretator mavjud boʻlsa, foydalanuvchi tomonidan yozilgan skript kod bajariladi.
Xotiraning avtomatik boshqarilishi;
Turlarga dinamik ajratilishi;
Pythonda dasturning bajarilishi quyidagicha boʻladi:
Dastlab mant
muharririda ushbu dasturlash tili asosida ifodalar ketma-ketligidan iborat skript kod
yoziladi. Ushbu yozilgan skript kod barajirilish uchun interpretatorga uzatiladi.
Interpretator skript kodni oraliq baytkodga tarjima qiladi. Keyin virtual mashina
baytkodni operatsion tizimda bajariladigan instruksiyalar (mashina buyruqlari)
toʻplamiga oʻtkazadi.
Pythonda dasturning bajarilishi jarayoni
Shuni ta'kidlash lozimki, rasman interpretator
tomonidan dastlabki kodning
baytkodga tarjima qilinishi va virtual mashinaning ushbu baytkodni mashina
buyruqlari toʻplamiga oʻtkazilishi ikkita turli jarayon boʻlsada, ammo amalda ular
bitta interpretatorning oʻzida birlashtirilgan.
Python juda oddiy dasturlash tili boʻlib, u ixcham shu bilan bir vaqtda sodda
va tushinarli sintaksisga ega. Shu sababli Python oʻrganish
uchun juda oson til
sifatida butun dunyoda eng tez tarqalayotgan tillardan biri sifatida e'tirof etiladi.
Bundan tashqari ushbu tilda hozirgi kunga kelib, turli sohalarga (veb, oʻyin,
mul'timediya, ilmiy tadqiqot) moʻljallangan katta
hajmdagi kutbxonalar majmui
yaratilgan boʻlib, uning tobora mashhurlashib borishiga sabab boʻlmoqda.