Blokli izohlar esa dasturning biror qismi nima
ish bajarishi yoki shu qism
mazmunini foydalanuvchiga qisqacha ochib berish uchun ishlatilib,
dasturni shu
qismi kodlaridan oldin alohida satr yoki satrlarda “#” va bitta probel bilan yoziladi,
masalan:
Asosiy funksiyalar. Python oʻz ichiga bir necha ichki funksiyalarni qamrab
olgan. Ularni ba`zilari
dasturlash jarayonida, ayniqsa dasturlash sistaksisini
oʻrganish paytida juda koʻp qoʻllanilganligi sababli ularni alohida qarab chiqamiz.
Ma`lumotni konsol ekraniga chiqarish – print() funksiyasi hisoblanadi.
Funksiyaga argument sifatida konsolga chiqariluvchi qiymatlar (satr, son, ifoda va
x.k.) berilishi mumkin:
Agarda birdaniga bir nechta qiymatlarni chop etish talab qilinsa, u holda ularni
print() funksiyasiga “,” bilan ajratib kiritiladi:
Natijada ular ekranga probel bilan ajratilgan holatda chop etiladi.
F.I.SH.: Eshmatov Toshmat
Agarda print() funksiyasi ma`lumotlarni chop qilish uchun moʻljallangan
boʻlsa, input() ekrandan berilganlarni kiritish uchun qoʻllaniladi. input()
funksiyasiga argument sifatida biror bir satr berilishi mumkin.
Ushbu satr konsol
ekranida aks ettirilib, kiritilishi kerak boʻlgan berilganlar
uchun yordamchi taklif
vazifasini bajaradi. Masalan:
Natijaning konsol ekranidagi koʻrinishi quyidagicha boʻladi:
F.I.O.: Baratov Jasur
Salom Baratov Jasur
Dostları ilə paylaş: