Ikkilamchi resurslardan foydalanish Ishlab chiqarish chiqindilari – xom-ashyo qoldiqlari, materiallar va yarim mahsulotlar (polufabrikatlar), sifat ko'rsatgichlarini qisman yoki to'la yo'qotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan chiqindilardir. Ularga dastlabki ishlov berilib, undan keyin ishlab chiqarish sohasida qo'llash mumkin. Iste'molga yaroqsiz chiqindilar – qo'llash muddatini o'tab bo'lgan materiallar, eskirgan buyumlar va ularning dastlabki xossalarini qayta tiklash iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo'lmagan chiqindilar hisoblanadi. Masalan, plastmassadan tayyorlangan buyumlar, stol-stullar, quti va quvurlar va hokazo. Bunday chiqindilar xom-ashyo sifatida ham, boshqa materiallar uchun qo'shimcha sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Ikkilamchi materiallar resurslari – bu ishlab chiqarish chiqindilari va iste'molga yaroqsiz chiqindilarning majmuasi bo'lib, ularni mahsulot ishlab chiqarishda asosiy yoki yordamchi material sifatida qo'llash mumkin. Bundan tashqari, bu guruhga shartli ravishda qo'shimcha yoki aloqador mahsulotlarni ham qo'shish mumkin. Ular sanoat uchun materiallar resursining potenstial rezervlari hisoblanadi. Hozirgi paytda bunday resurslardan to'liq foydalanilmayapti.
Ikkilamchi energetik resurslar – texnologik jarayonlar natijasida qurilmalarda paydo bo'ladigan chiqindilar, qo'shimcha va oraliq mahsulotlarning energetik potensiali bo'lib, ulardan korxonaning o'zida yoki qo'shni korxonalarni energiya bilan ta'minlashda qisman yoki to'liq qo'llash mumkin.
Ikkilamchi energetik resurslarni 3 guruhga bo'lish mumkin:
1. Yonilg`i ikkilamchi energetik resurslari.
2. Issiqlik ikkilamchi energetik resurslari.
3. Mexanik ikkilamchi energetik resurlari.
Yonilg`i ikkilamchi energetik resurslari guruhiga texnologik o'choqlardan chiqadigan tutunli gazlarning fizik issiqliklari, materiallar oqimining issiqliklari, issiqlik almashinuvi qurilmalaridan keyin sovutuvchi suvlarning issiqliklari va boshqalar kiradi. Mexanik ikkilamchi energetik resurslari guruhiga texnologik jarayonlarda paydo bo'ladigan yoki qo'llaniladigan siqilgan gazlarning energiyasi kiradi.
Ishlab chiqarish korxonasida chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish uchun quyidagi 5 ta asosiy prinsiplarga amal qilish kerak:
1. Sistemalilik, ya'ni tabiiy, ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarning o'zaro aloqadorligi va bir-biriga bog`liqligini ta'minlash.
2. Xom-ashyo va energetik resurslardan hamma tomonlama foydalanish, ya'ni hududiy ishlab chiqarish kompleksi miqyosidagi korxonaning chiqindisini boshqa korxonalarda qo'llash imkonini yaratish.
3. Materiallar oqimining davriyligi, ya'ni yopiq suv va gaz aylanma ta'minotini yaratish va ishlab chiqarishni tabiiy muhitga ta'sirini cheklash. Bu chuchuk suv, toza havo, hayvonot va o'simliklar dunyosini muhofaza qilishga katta yordam beradi.
4. Tabiiy muhitga ishlab chiqarish ta'sirini cheklash, ya'ni tabiiy muhitga etkaziladigan ta'sir, uning sifat ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatmasligini yoki tabiiy muhitning sifat ko'rsatkichlari o'zgarsa ham ruxsat etilgan chegaralardan oshmasligini ta'minlash.
5. Chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish samaradorligi, ya'ni energetik, texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillarni inobatga olish, tabiiy resurslardan hamma tomonlama foydalanish, ishlab chiqarish hajmlarini o'sishini ta'minlash va iqtisodiy zararlarni oldini olish.
Ma'lumki, ishlab chiqarish korxonalarida tozalash inshootlari va chiqindilar sexlari mavjud bo'lib, paydo bo'ladigan chiqindilar atrof-muhitdan izolyastiya qilinadi (chetlashtiriladi yoki ko'mib tashlanadi). Shuni ham inobatga olish kerakki, filtrlar va boshqa tozalash qurilmalari yordamida ushlab qolingan tashlamalar chiqindilardan to'la-foydalanish muammosini echolmaydi.
Yuqori tozalash darajasiga etish uchun katta mablag` sarflanadi. Bundan tashqari, tabiatni muqofaza qilish chora-tadbirlari uchun ajratiladigan mablag`larning ortishi ishlab chiqarish iqtisodiy ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun xom-ashyolar va energiya sarfini kamaytirish va ulardan to'la-to'kis foydalanish uchun kam chiqindili texnologiyalarga o'tish katta iqtisodiy daromad garovidir.
Oxirgi yillarda jahonda xom-ashyo o'rnida chiqindilardan foydalanish katta tezlik bilan o'sib bormoqda. Masalan, Yaponiyada 96 % dan ko'proq ishlab chiqarish chiqindilari xom-ashyo o'rnida qayta qo'llaniladi. Ikkilamchi xom-ashyolarga qayta ishlov berish tajribalari Olmoniya, Bolgariya va Polshada keng rivojlanib bormoqda. MDX da 85% domen toshqollari, 25 % cho'yan va 50 % temir qotishmalari qayta ishlanadi.
Chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish uchun prinsipial yangi texnologiyalarni ishlab chiqish kerak bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, katta iqtisodiy mablag`larni ajratishni taqozo etadi.
Chiqindisiz texnologiyada nafaqat ishlab chiqarish chiqindilari, balki iste'molga yaroqsiz bo'lib qolgan chiqindilarni tiklash kerak bo'ladi, ya'ni xom-ashyo resurslari, ishlab chiqarish, iste'mol qilish, ikkilamchi xom-ashyo resurslari siklini yaratishni taqozo etadi. Bunda dastlabki xom-ashyo bir necha marotaba qayta qo'llaniladi. Masalan, agar 1 tonna surtuvchi moylarning dastlabki xossalari tiklansa, bu 6 tonna neftni tejaydi. Bir tonna moyni qayta tiklashga sarflanadigan mablag` moy va neft ishlab chiqarishga sarflanadigan mablag`ning yarmini tashkil etadi.
Qo'llanish muddatini o'tab bo'lgan, eskirgan avtomobil va traktor shinalarining 1mln tonnasidan qayta foydalanilganda 700 ming tonna rezinani, 12 130-150 ming tonna to'qimachilik tolalarini va 30-40 ming tonna po'latni tejash mumkin. Ma'lumki, 1 tonna paxtadan 320-340 kg tola olinadi. Ammo mana shu 340 kg toladan 3500 m2 gazlama yoki 140 ming donadorlika g’altak ip tayyorlash mumkin. 580 kg chigitdan esa,112 kg paxta yog’i, 270 kg kunjara, 170 kg sheluxa, 10 kg sovun va 8 kg linon olinadi. Agar paxtazorlarda to’kilib yotadigan 1 tonna paxtani terib topshirsalar, 3600 metr gazlamani, 260 kg kunjarani 180 kg sheluxani va 16 kg sovunni tejab qolgan bo`ladilar.
Kimyoviy usullar bilan 1m3 yog’och qayta ishlansa, undan 200 kg sellyuloza (yozuv qog’ozi), 220 kg ovqatga ishlatiladigan glyukoza yoki 6000m2 selofan (gidratsellyuloza), 5-6 l yog’och spirti, 20 l sirka kislotasi yoki 70 litr vino spirti, 4000 juft ipak paypoq yoki 180 juft kalish va 2 dona avtomobil shinasi olish mumkin. 1 m3 terak yog’ochidan 1 mln donadan ziyodroq gugurt cho`pi yoki 300 kg karton olish mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, 1999 yilda Namangan viloyati paxta tozalash korxonalarida jami 223 ming tonna tola qayta ishlanib, undan 2384 tonna paxta linti (~10,7%) olingan. Viloyat miqyosidagi yiliga 2676 tonna siklon tolasi hosil bo`lar ekan. Xolbuki, ulardan qog`oz ishlab chiqarish mumkin.
«Boylik ushoqdan yig`ilar!» deydi dona xalqimiz. «Tejab sarflagan kambag`al bo`lmaydi!» deyiladi hadisda.
Buyuk rus olimi D.I.Mendeleevning obrazli ta'biri bilan aytganda, «Kimyoda chiqindilar yo`q balki foydalanilmagan xom-ashyo bor, xolos!» Hozirgi kunda ko'pgina metallurgiya sanoati ishlab chiqarish korxonalari chiqindisiz texnologiyalarni amalga joriy etib, ma'danlarni kokssiz va domna o'chog`larisiz eritishning yangi usullaridan foydalanib kelmoqdalar. Ma'danlar tarkibidagi metallar tabiiy gaz yoki vodorod yordamida eritib olinmoqda.
Natijada domna o'choqlaridan ajralib chiqadigan qum, koks va boshqa chiqindilar hosil bo'lmaydi, atmosfera havosiga chiqarib tashlanadigan zaharli gaz, chang, qurum va 13 boshqa chiqindilar o'z-o'zidan yo'qoladi. Metallarni bu usul yordamida eritib olish korxonadagi chiqindilardan to'la-to'kis foydalanish imkonini beradi. Rangli metallurgiya sanoati ishlab chiqarish korxonalarida nikel, volfram va boshqa rangli nodir metallarni ishlab chiqarishda ham chiqindilar miqdori tobora kamayib bormoqda.
Agar 80 yil ilgari rangli metallurgiya sanoati ishlab chiqarish korxonalarida xom-ashyolardan hammasi bo'lib 15 element ajratib olingan bo'lsa, hozirgi paytda 25 element (mis, rux, qo'rg`oshin, nikel, oltin, kumush, molibden, kobalt, kadmiy, selen, tellur, germaniy, reniy va ularning birikmalari oltingugurt, vismut, surma, bariy, temir va boshqa elementlar) ajratib olinmoqda. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, xom-ashyolarni zararli moddalardan tozalash katta iqtisodiy va ekologik ahamiyatga ega. Masalan, gaz tarkibidan va ko'mirdan oltingugurtni ajratib olish jarayonlari ishlab chiqildi. Rangli, qimmatbaho, nodir, asl va ko'p tarqalgan metallarni ishlab chiqarish metallurgik jarayonlarida oltingugurt muhim o'rin tutadi.
Mis, nikel, kobalt, rux va boshqa qimmatbaho metallarni ajratib olishda, tabiiy gaz va neftni qayta ishlash paytida oltingugurt ajralib chiqadi. 1 tonna oltingugurt dan qariyb 3 tonna sulfat kislota, oltingugurt qo'sh oksidi (SO2) va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Oltingugurt mineral o'g`itlar, qog`oz, CO2, rezina, kir yuvish kukunlari, qurilish materiallari ishlab chiqarishda keng qo'llaniladi. Ammo uning tarkibida margimush, tellur, selen kabi elementlar ham mavjud. Bu esa, ba'zi sohalarda oltingugurtdan keng qo'llash imkoniyatlarini cheklab qo'yadi.
Masalan, oltingugurt tarkibida 0,6% margimush mavjud. Bu esa, uning ruxsat etilgan chegaraviy konstentrastiyasidan 10 marotaba ortiqdir. Oltingugurt tarkibidagi tellur va selen yuzdan bir % ni tashkil etishi ham maqsadga muvofiq emas. Chunki oltingugurt tarkibidagi selen, kir yuvish kukunlari ishlab chiqarishda va xususan qog`ozni oqartirish uchun qo'llash imkoniyatini berolmaydi. Selen esa, o'z navbatida, qog`oz va gazlamalarga sariq rang bag`ishlaydi, bu hamma vaqt ham maqsadga muvofiq bo'la olmaydi.
Kimyo sanoatida va xususan, turli mineral o'g`itlar ishlab chiqarish korxonalarida ham xom-ashyolar to'la-to'kis, chiqindisiz ishlatilmoqda. Sintetik kauchuk, rezina va plastmassa ishlab chiqarish korxonalarida paydo bo'ladigan suyuq va qattiq chiqindilardan spirt, stirol va sulfat kislota olishda foydalanilmoqda. Umuman olganda, hozirgi paytda chiqindilar ajratmaydigan ishlab chiqarish korxonalarining soni juda kam. Ko'pgina mahsulotlar sifatsiz, davlat andozalariga mos kelmasligi tufayli chiqindi sifatida chiqarilib tashlanadi va ular atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalariga aylanib qolishi mumkin.
Sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarni takomillashtirish yo'li bilan chiqindisiz va kam chiqindili texnologik jarayonlarni amalga tadbiq qilish mumkin. Olmaliq, Bekobod, Navoiy va Toshkent shaharlari singari sanoati nisbatan rivojlangan va korxonalar zich joylashgan hududlarda chiqindisiz va kam chiqindili ishlab chiqarish texnologik jarayonlarga o'tish katta iqtisodiy va ekologik ahamiyat kasb etadi.
Bunday mintaqalarda zaharli moddalarni kam zaharli moddalarga aylantirish yoki umuman zararsizlantirish muammmosi dolzarbligicha qolmoqda. Masalan, qozonlarni ko'mir yoki mazut yoqib emas, balki chiqindi gazlar bilan qizdirilsa atmosfera havosiga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar 70-90% ga kamayadi. Avtomobilllarda zaharli benzin yoki kerosin emas, balki gaz ishlatilsa, atrof-muhit zararlanishi ma'lum darajada pasayardi.
Mamlakatimizda atrof - muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini himoyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga yo'naltirilgan islohotlar yanada izchil davom etishi, chiqindilar bo'yicha muammolarni hal etishda amalga oshiriladigan ishlarning huquqiy asoslari mustahkamlanishi muhim ahamiyatga egadir. Hozirda mazkur qonun loyihasini yanada takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bir so'z bilan aytganda, «Chiqindilar to'risida»gi Qonunga hayotning o'zi taqozo qilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalarning kiritilishi mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari takomillashishiga, chiqindilar qayta ishlanishi rivojlanishiga, eng muhimi, ekologik madaniyat, iqtisodiyot yuksalishiga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz. Bugungi kunda dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanib bormoqda.
Tahlillar natijasi shuni ko'rsatmoqdaki, so’nggi yillarda maishiy va sanoat chiqindilari yildan yilga ko'payib boryapti. Ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab maishiy chiqindilar hajmining o'sishi ekologik barqarorlikka juda katta salbiy ta’sir ko'rsata boshladi. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1 foizga oshmoqda. Hozirgi kunda chiqindilarning 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo'lib, ular sonining kelgusida yanada ortishi bashorat qilinmoqda. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi ob’ektlari chiqindi hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi.
Tahlillarga ko'ra, so'nggi yillarda respublikamizda yiliga 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindisi (uning 14 foizi toksik chiqindilar toifasiga mansub), 35 million tonnaga yaqin maishiy chiqindi hosil bo'ladi.Chiqindixonalar va chiqindi saqlash omborxonalarida 2 milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va maishiy chiqindi saqlanayotgani hamda ular 12 ming gektar maydoni egallab turganini inobatga olsak, chiqindilarning salbiy ta’sirini tasavvur etish qiyin emas. Aytish joizki, atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog’liqdir.
Ko'p asrlar davomida chiqindilarni noto'g’ri boshqarish tabiiy resurslarning o'zgarishiga, tabiatning kutilmagan o'zgarishlariga sabab bo'lmoqda. Tibbiyot chiqindilari atrof-muhit va uning deyarli barcha elementlari — suv, havo, tuproq, oziq - ovqat mahsulotlarining ifloslanishi sababli aholi orasida nafaqat to'g’ridan - to'ri, balki, bilvosita infeksion va noinfeksion kasalliklarning tarqalishi xavfini tug’diradi. Shuning uchun mazkur muammoga jiddiy yondashish taqozo etilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko'rsatmoqda. Shimoliy Evropa mamlakatlarida allaqachon chiqindilarni alohida yig’ish yo'lga qo'yilgan, natijada qog’oz, plastik, alyuminiy kabi xomashyoning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. Bu jarayonning ekomuhitga ijobiy ta’siri juda katta. Chiqindilarni qayta ishlash energiya va xomashyoni sezilarli darajada tejaydi.
Statistik ma’lumotlarga ko'ra, Yaponiyada rezina va kabel buyumlarining 34 foizi, shisha buyumlarning 43 foizi, qog`oz va kartonning 54 foizi chiqindini qayta ishlash evaziga olinarkan. Bu borada Xitoy tajribasi yanada hayratlanarli. Ular alyuminiy, temir, mis kabi metallardan yasalgan buyumlarning 33 foizini, paxta, ipak, charm-attorlik buyumlarining 34 foizini turli chiqindilarni qayta ishlashdan olishadi.Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini himoyalash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga yo'naltirilgan izchil ekologik siyosat yuritilmoqda.
Ishlab chiqarish sohalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va qayta jihozlash natijasida atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning miqdori 2,1 martaga, oqava suvlarning tashlanishi 2 martaga kamaydi. «O'zbekistonda barqaror toza ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish va toza ishlab chiqarishni tadbiq etish» hamda «O'zbekiston Respublikasida chiqindilarni boshqarish bo'yicha Milliy strategiya va Harakat rejasi» amalga oshirildi.
BMTning taraqqiyot dasturi hamkorligida chiqindilarni boshqarish sohasidagi davlat siyosatini va harakatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan «O'zbekiston Respublikasida chiqindilarni boshqarish bo'yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi» ishlab chiqildi. O`zbekiston Respublikasi agrar respublika bo`lgani uchun ham davlat va jamiyatning asosiy e`tibori qishloq xo`jaligiga qaratilgan. Chunki bu xalq xo`jaligi sohasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 30 foizidan ortig`ini, valyuta tushumining 55 foizini va namuna almashinuvining 70 foizini ta`minlaydi. Respublika aholisining 60 foizidan ortig`i qishloqda istiqomat qilmoqda. Fuqarolarimiz uchun birlamchi ehtiyoj bo`lgan oziq - ovqat mahsulotlarning aksariyati agrar sohada ishlab chiqarilmoqda.
Shunisi alohida e`tiborga loyiqki, qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 93-95 foizi sug`oriladigan yerlardan olinmoqda. Suv obektlaridan qishloq xo`jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish – suvdan me`yorlar bo`yicha foydalanishning belgilangan yo`siniga rioya etgan holda suvdan umumiy foydalanish tartibida ham, maxsus foydalanish tartibida ham amalga oshiriladi. Inson va tabiat bir-biriga uzviy bog’liq.
Tabiat inson va butun mavjudotlarni yashash sharoitining birdan-bir asosi. Uning boyliklari jamiyatni yashashi, rivojlanishi uchun zarur bo'lgan moddiy, madaniy ehtiyojlarini qondiradigan bitmas-tuganmas manba. Inson tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas kichik bir qismi. U mavjudot sifatida tabiatga ta'sir ko'rsatadi. Lekin insonning tabiatga o'z aql-zakovati, mehnat faoliyati tufayli ta'sir qilishini hech nima bilan taqqoslab bo'lmaydi. Boshqacha qilib aytganda mavjudotlar tabiatdan qanday bo'lsa, shunday foydalanib, unga sezilarsiz ta'sir ko'rsatadi. Inson esa tabiatga shunchalik kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkinki, hatto tabiatni o'ziga bo'ysundiradi. Maishiy chiqindilarni qayta ishlashni ilk bora qadimgi yunonistonliklar boshlab berishgan.
Eramizdan 500 yil muqaddam Afinada turli chiqindilarni tozalovchi farroshlarga chiqindilarni shahar tashqarisidagi maxsus ajratilgan joylarga olib tashlash 59 majburiyatini yuklovchi farmon qabul qilingan. Vaqt o'tishi bilan yunon tajribasi unutildi va shahar aholisi axlatlarni ko'chaga uloqtirar, yuvindilarni derazalardan tashqariga separ edilar, bu esa o'z navbatida vabo kasalini tarqatuvchilar — kalamush, sichqonlarning ko'payishiga olib kelgan. Shaharlar rolining ortib borishi chiqindilar miqdorining yanada ko'payishiga sabab bo'ldi. Biroq resurslarning qimmatligi tadbirkorlarni qayta ishlashga yaroqli barcha chiqindilarni utilizatsiyalash, ya'ni qayta ishlashga majbur etardi. Shu bilan bir vaqtda chiqindi to'planadigan hududlar borgan sari kengayavergan.
Mazkur muammo hukumat darajasidagi keng qamrovli echimni taqozo etar edi. 1874-yilga kelib, Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida ekologik taraqqiyotning o'ziga xos ramzi bo'lmish dunyodagi birinchi chiqindi yoqiladigan zavod qurilgan. Inson xo'jalik faoliyati oqibatida bir necha yuz xil chiqitlar paydo bo'ladi. Ularning bir necha “klassik” turlari metall. Plastmassa qog’oz, shisha va boshqalardan foydalaniladi, xolos. Materiallardan ikkilamchi foydalanish atrof muhit muhofazasining qator kompleks muammolarini echishga xizmat qiladi. Birlamchi xomashyo iste’moli kamayadi, yer va suvning ifloslanishi kamayadi, mehnat resurslari xomashyoni qayta ishlash jarayonidan ozod bo'ladi. Ko'pchilik mamlakatlarda birlamchi xomashyo zahiralarining tugashi texnologiyani faqat ikkilamchi xomashyoni qayta ishlashga ko'chirishga olib keladi. Bu esa katta iqtisodiy samara berayotir.
Masalan: makalaturani qayta ishlashdan olinayotgan qog’ozga yog’ochdan olinayotgan qog’ozga nisbatan 60% kam energiya sarflanadi va bunda havoning ifloslanishi 15 % ga, suvning ifloslanishi 60% ga kamayadi. Temirtersakdan olinayotgan po'lat temir rudadan olinganiga nisbatan 70 % arzonga tushadi va bundan har bir tonna po'lat hisobiga 1,5 tonna ruda, 0,2 tonna koks tejaladi. Chiqitga keladigan jinslar miqdori kamayadi. Shisha bankalar ikki xil yo'l bilan utilizatsiya qilinadi: qayta foydalanish orqali yoki zavodlarga ishlab chiqarish uchun shisha idishlarini jo'natish orqali.
Masalan: Buyuk Britaniyada har kuni aholidan sut mahsulotlari butulkalari yig`ib olinadi. Lekin shisha idishlarining asosiy qismi bir marta ishlatiladi. Undan keyin idishni qayta ishlab chiqarish uchun zavodlarga jo'natiladi. Shvetsariya, Niderlandiya, Avstraliya va Belgiyada ishlatilgan shisha idishlarning yarmi utilizatsiya qilinadi. Ishlatilgan alyuminiyda temir bankalarining utilizatsiyasi G`arbiy Evropa mamlakatlarida 13 %, AQSHda 55 % ga yetgan. Metall lomlari (temir tersak) sanoat chiqitlaridan (67 %), amartizatsiya lomlaridan (31 %) va shlatashmalaridan (otval) olinadigan metalldan (2%) paydo bo'ladi. Sanoat chiqitlarining 45 % metallurgiyadan, 22 %i metallni qayta ishlashda hosil bo'ladi.
O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tishi sharoitida xomashyo va materiallardan kompleks foydalanishi muhim ahamiyatga ega bo'lib, u ishlab chiqarishga ilmiy- texnika progressi yutuqlarini keng miqyosda joriy etish bilan uzviy boliqdir. Ikkilamchi resurslardan foydalanishni yaxlitlash uchun maxsus kompleks dastur ishlab chiqarish va undan quyidagi muhim yo'nalishlarni belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi: