1-ma’ruza. Respublikada non mahsulotlarini ishlab chiqarishning rivojlanishi,non mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha xom ashyo


Unning gaz hosil qilish qobiliyati va uni belgilovchi omillar



Yüklə 449,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix31.10.2022
ölçüsü449,24 Kb.
#66994
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Ma\'uza (4)

1.3.Unning gaz hosil qilish qobiliyati va uni belgilovchi omillar Unning gaz 
hosil qilish qobiliyati, restepturasida shakar ko’rsa-tilmagan non mahsulotlarini ishlab
chiqarishda katta texnologik ahamiyatga ega. Unning gaz hosil qilish qobiliyatiga 
qarab, xamirning bijg’ish jadalligi va tindirishning tezligi, undagi kleykovinaning 
miqdori va sifatiga qarab - nonning g’ovakligi va hajmi haqida mulohaza yuritish 
mumkin. Unning gaz hosil qilish qobiliyati non qobig’ining rangiga ham ta’sir qiladi. 
Gaz hosil qilish qobiliyati past bo’lgan undan tayyorlangan xamir-da, unning 
xususiy qandlari bijg’ish jarayonining birinchi soatlari-dayoq bijg’ishga sarflanadi.


Unning gaz hosil qilish qobiliyatining past bo’lishi, xamir bijg’ishining oxirida,
tindirish va pishi-rishning birinchi bosqichida etarli bo’ladigan miqdorda qand mavjud 
bo’lishini ta’minlay olmaydi. Bunday xamirdan tayyorlangan nonning hajmi kichik va 
g’ovakligi kam bo’ladi. 
Bug’doy noni qobig’ining rangi sezilarli ravishda xamirda bijg’imasdan qolgan 
qandlar miqdoriga bog’liq bo’ladi. Pishirilayotgan xamir mahsulotning qobiq hosil 
qiluvchi sirtining qizishi natija-sida bijg’imasdan qolgan qandlar, oqsillarning 
parchalanish mahsulotlari bilan o’zaro ta’sirlashib, sarg’ish jigarrangli moddalar – m e l 
a n o i d i n l a r hosil bo’ladi. Bu esa iste’molchilar qadrlanadigan non qopig’ining to’q 
tillorangligini ta’minlaydi. 
Bir tekisda bo’yalgan, bir xil rangdagi qobiqli non olish uchun, pishirish vaqtida 
xamirda bijg’imasdan qolgan qandlar miqdori quruq moddalar miqdoriga nisbatan 2...3 
% dan kam bo’lmasligi kerak. Qoldiq qandlarning juda kam miqdorda bo’lishi, xamirni 
yuqori haroratda uzoq vaqt davomida pishirishdan so’ng ham non qobig’ining oq rangli 
bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Azaldan gaz hosil qilish qobiliyati past bo’lgan unni nonvoylar "issiqqa chidamli" 
deb ataganlar. Bunday un turkumlari oliy va birinchi navli bug’doy unidan non 
pishirishda ko’p uchraydi. "O’zbekiston", ikkinchi navli va jaydari bo’g’doy unlari 
etarlicha gaz hosil qilish hobiliyatiga ega bo’ladi. 
Unning chiqishi qanchalik yuqori bo’lsa, unda qandlar miqdori va fermentlar 
faolligi shunchalik baland, shu tufayli unning gaz hosil qilish qobiliyati ham yuqori 
bo’ladi. 
O’sgan bug’doy unining gaz hosil qilish qobiliyati keskin ortib ketishi mumkin.
Unni xususiyatlarini tekshirganda bu holatni nazarda tutish kerak. 

Yüklə 449,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin