O‘ZBEKISTON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI Mamlakatimizda AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining o‘nlab yetakchi kompaniyalari mazkur uyushmaga a’zo bo‘ldi.
MOBIL ALOQA Bugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga kelgan raqobat muhiti internet xizmatlarini taqdim etadigan operator va provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko‘paytirish imkonini berdi.
GLOBAL AXBOROT TIZIMI Global axborot tizimidan foydalanuvchilar soni hozir 7,7 million kishidan oshdi, ularning 4,27 million nafari internetdan mobil aloqa orqali foydalanmoqda. Elektron raqamli imzoni qo‘llash imkonini beradigan me’yoriy-huquqiy baza va ochiq elektron kalitlar infratuzilmasi yaratildi.
ELEKTRON RAQAMLI IMZO Elektron raqamli imzolarni ro‘yxatga olish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, «UZ» milliy domenida ko‘plab nomlar ro‘yxatga olinmoqda. Axborot resurslari bozori va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
ELEKTRON HUKUMAT O‘zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi" qonuni bajarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi" qonuni muvofiqligida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat elektron xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tartibini takommillashtirish to‘g‘risidagi" 2016-yil 2-iyundagi 184-sonli qarori va ushbu qaror ijrosini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 08/1-832-sonli rejasini bajarish, hamda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini elektron shaklga sifatli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida, temir yo‘l sohasida ko‘rsatilayotgan ruhsat berish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o‘tkazish bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining buyrug‘i va ruhsat berish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o‘tkazish jadvali ishlab chiqidi.
2015-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va fuqarolar, tadbirkorlar o‘rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog‘ida ta’lim-tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o‘zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi.