1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
Ijodkorlik tabiati. Nima deb o’ylaysiz, ijodkorlik qobiliyati nasldan naslga o’tadimi? Uzoq yillar ko’pgina olimlar va oddiy insonlar ijodkorlik qobiliyati – bu nasldan naslga beriluvchi xudo bergan ne’mat deb hisoblashar edi. Shuning uchun agar bola oddiy oilada tug’ilgan bo’lsa undan qaysidir faoliyatda yuksak muvaffaqiyatlar kutishga o’rin yo’q. Yetuk kompozitorlar (Baxlar oilasi), rassomlar (Rerixlar oilasi), yozuvchilar (Dyuma oilasi), olimlar (Kyurilar oilasi) ning oilaviy dinastiyasi hammaga ma’lum. Biroq tarixda yetarli ma’lumot olmagan va o’qimagan oilalardan chiqqan yetuk yaratuvchilar ham ma’lum. Shu bilan birga qator olimlarda ijodkorlik qobiliyatlari naslga hyech ham aloqasi yo’q va insonning xayoti davomida o’zini rivojlantirish yo’li bilan shakllanadi degan fikr yuzaga keldi. Unda haqiqat qayerda? Odatdagiday oraliqda. So’zsiz, ijodkorlik faoliyatining ayrim nishonalari nasldan naslga beriladi va oilaviy dinastiyalar bunga misol bo’ladi. Shu bilan birga, shaxsning butun hayoti davomida o’zini rivojlantirishi ijodkorlik faoliyatida yuksak natijalarga erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
Eng murakkab savol yuzaga keladi - har birimizning qanday faoliyatga nasliy nishonalar mavjudligini qanday aniqlashimiz mumkin. M.Tvenning «Kapitan Sommerfildning samodagi sarguzashtlari» hikoyasida kapitan Sommerfild jannatga tushib insoniyatga mashhur bo’lgan hamma harbiylarning munozarasi o’tkaziladigan xonaga kiradi. U qatnashuvchilarning yuzlariga qarab, ko’pchiligini taniydi, lekin qanchalik tirishmasin, stolning boshida munozarani boshqarib o’tirgan kimligini taniy olmaydi. Shunda u bu to’g’rida o’zining qo’shnisidan so’raydi va munozarani boshqarib o’tirgan inson hayotligida etikchi bo’lganligini va u harbiy bo’lganida harbiy san’atning dahosi bo’lar edi degan javob oladi.
O’z qobiliyatlarini bolalikdanoq bilish, ularni maqsadli rivojlantirish va o’z kasbi va foliyati sohasini izlashga yillarni va hatto o’n yilliklarni yo’qotmaslik imkonini beradi. Biroq tez-tez shunday ham bo’ladiki, universitetni tugatib bir necha yil ishlagandan keyin inson bu uning ishi emasligini anglaydi. Bizning hayotimiz qisqa va kam natijali, insonga quvonch baxsh etmaydigan faoliyatga bir necha yilning yo’qotilishi juda achinarlidir. Hozirgi paytda bolalar va kattalarning qobiliyatlarini aniqlash uchun turli xil psixologik testlar ishlab chiqilgan, lekin muammoni yakuniy yechimiga hali uzoq. Afsus bilan ta’kidlash mumkinki, kishilarning qobiliyatini aniqlashning universal testi mavjud emas. Balki bu kitobni o’qiganlardan kimdir kelajakda shunday testlar ishlab chiqadi?
Yana bir juda muhim savol – ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning cheki bormi? Ma’lumki, reproduktiv qobiliyatlar ma’lum chegaragacha rivojlanadi. Biz ip bog’lash, nonga yog’ surishga qanchalik mashq qilmaylik, ertami kech biz undan boshqa o’zib keta olmaydigan oxirgi darajadagi tezlikka erishamiz. Ijodkorlik qobiliyatlari olimlarning isbotlashiga ko’ra, chegaraga ega emas, insonda ularni rivojlantirish xohishi bor ekan ular rivojlanaveradi. Xulosa oddiy – ijodkorlik faoliyati o’zimizga, to’g’rirog’i nasliy qobiliyatlar va ish qobiliyatlarimizga bog’liq. Aynan ish qobiliyati insonning hayot faoliyati davomida erishilgan faoliyat natijalarini aniqlaydi. Ma’lum bo’lishicha inson yuksak ish qobiliyati va zarur genetik qobiliyatlarsiz erisha olmaydigan maqsadlar yo’q.