Shaxs xususiyatlari - turli xil sharoitlarda takrorlanuvchi, ma’lum darajadagi turg’unlikka ega bo’lgan individ faoliyatining ko’rinishi.
Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi.
Ish o’rni - ustaxona maydonining o’quv ishlab chiqarish va konstruktorlik-texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, stanok), asboblari va moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirishgan qismi tushuniladi.
Loyiha- ko’zda tutilgan obyektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar va grafik ishlarni qamrab oluvchi vazifalar majmui.
Loyihalash - ko’zda tutilgan yoki mavjudligi mumkin bo’lgan obyekt, holatning timsoli - loyihasini yaratish jarayoni.
Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi.
Modellashtirish - muayyan hodisa, jarayon yoki obyektlar sistemasini ularning modellarini yasab o’rganish yo’li bilan tekshirish; yangi yaratilayotgan obyektlar xarakteristikalarini aniqlash va ularni qurish.
Loyihalashning samarali metodlari- buyumlarni konstruksiyalash, manipulyativ konstruksiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo’llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o’zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy eksperiment.
Evristik metod -bu yangi texnik yechimni yaratish maqsadida prototipni qanday qilib o’zgartirishga oid yo’riqlarning qisqacha tavsifi.
Model – haqiqatdan obyektning shartli aks ettirilishi.
Maket– obyektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmli tasviridir.
O’zaro o’xshashlik – ikki predmet yoki hodisaning barcha mos joylaridagi nuqtalari bir xil o’lchov birligida bir xil masshtabda bo’lishi bilan belgilanadi.
Dizayn- narsalar muhitining estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyatining turlarini qamrab oladi.
Grafika - tasviriy san’at turi; rasm san’atiga asoslangan, lekin o’z tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlariga ega bo’lgan bosma badiiy tasvirlar (gravyura, litografiya, monotipiya va b.) ni o’z ichiga oladi.