1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


MAVZU: IXTIRO TUSHUNCHASI. UNING KASHFIYOTDAN FARQI



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə35/80
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#174482
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

10.MAVZU: IXTIRO TUSHUNCHASI. UNING KASHFIYOTDAN FARQI



SH.S.SHaripov ixtirochilikni “tegishli idoralar tomonidan patentlar bilan tasdiqlanadigan yangi texnik echimni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligi esa, bu jarayonning shaxsdagi zehnlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari bilan bog‘liq umumiy tavsifi”, – deb ta’riflagan.


Ixtiro– bu xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida texnik echimlari bilan ijobiy natijaga ega bo‘lgan yangilik hisoblanadi. Kashfiyot – ob’ektiv borliqning xossalari, hodisa va qonuniy bog‘liqliklarni aniqlash, ixtiro esa oldin ma’lum bo‘lmagan texnik vazifalarni echishga qaratilgan. Kashfiyot va ixtiro o‘rtasida dialektik o‘zaro bog‘liqlik bor. Ko‘p hollarda ixtiro kashfiyot natijasida olingan ilmiy bilimlarni rivojlantiradi. Masalan: N.G.Basov, A.M.Proxorov va Tounsonlarning kvant jarayonining qo‘llashga asoslangan elektromagnit to‘lqinlarni ko‘paytirish bo‘yicha qilgan kashfiyotlari xalq xo‘jaligida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘p ixtirolarni yaratishga sabab bo‘ladi.
Ilmiy-texnik hamda pedagogik-psixologik adabiyotlarda ixtirochilik hamda ixtirochilik ijodkorligiga ko‘plab ta’riflar keltirilgan. Jumladan, I.I.Kichkin ixtirochilikni ilmiy g‘oyalarining texnik echimlarga ijodiy tatbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini ta’minlovchi omil deb hisoblaydi. M.A.Vachevskiy "ixtiroqilish"ni "qo‘yilgan masalani echish uchun eskilaridan tubdan farq qiluvchi, odatdagi mantiqiy fikrlash yo‘li bilan yetishib bo‘lmaydigan yangi samarali texnik echimni taklif qilish" deb ta’riflaydi. Bizning fikrimizcha ixtirochilikni tegishli idoralar tomonidan patentlar bilan tasdiqlanadigan yangi texnik echimni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligini esa bu jarayonning shaxsdagi zehnlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari bilan bog‘liq umumiy tavsifi deyish mumkin.
Ixtironi tan olish uchun u oldingilaridan texnik echimlari, ijobiy samarasi, tuzilishidagi yangiligi bilan farqlanishi kerak. Ixtiro ob’ektiv bo‘lishi mumkin: yangi qurilma, yangi metod, yangi maxsulot, yangi maqsadlarda eski metod, qurilmalarni qo‘llash va boshqalar.
Ixtiro – umumjahon ahamiyatiga ega bo‘lib, talabnoma bergunga qadar uning mohiyati oldin respublikamizda va yer yuzida ham ochilmagan bo‘lishi shart. Muallifga ixtironi tan olinganligi haqida hujjat beriladi.
Ixtiro tan olinishi uchun taklifda biror texnik masalaning yechimi bo’lishi shart. Shu bilan birga u yangi va oldindan ma’lum bo’lgan texnik yechimdan farqqilib, ko’proq foyda keltirishi zarur.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin