1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə43/80
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#174482
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

B ilimlar banki bo‘limlari




Texnik echimni ishlab chiqish bosqichlari




Bilimlar banki bo‘limlari

Xalq xo‘jaligida mavjud dolzarb






Ixtiro g‘oyasi va texnik echimi ishlab chiqish






Texnika ob’ektlarini rivojlanish qonuniyatlari va






muammolar










Ularning ifodalanish




Ixtirochilik






Texnik echim tuzilmasini ishlab chiqish




shakllari

Texnik echimni amalga






Ijodkorligining mezon va










Oshirish mezonlarini tanlash uchun ilmiy




m etodlari

Ixtirochilik






Texnik echim ishlash mezonlarini aniqlash




qonuniyatlar

Texnik echim amaliyoti-






Ijodkorligini faollashtirish










Da yuz berishi mumkin bo‘lgan




m etodlari

Texnikob’ektlarni






Texnik echim mazmunini shakllantirish




Zararli oqibatlar

Texnik echimlarni






o‘zgartirish










texnik-iqtisodiy




metodlari




Ishlabchiqilgantexnikechimnibaholash




Va ijtimoiy ekologik baholash usullari






1 - shakl. Ixtirochilik g‘oyasini ishlab chiqishda
Bilimlar banki bo‘limlaridan foydalanish


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Respublikamizda fukarolar ijodiy faoliyati qanday muassasalar vositasida boshqariladi?
2. Ixtirochilik va rasionalizatorlik jamiyatining maqsadi va vazifalari.
3. Ilmiy-texnik kengash tarkibiga kimlar kiritiladi?


Tayanch iboralar:
Patent tadqiqotlari – Texnika obektlarining rivojlanishi, texnik darajasi va tarakkiyot istiqbollarini anklash maqsadida olib boriladigan ilmiy tadkikotlar bo’lib, bunda ularning patent sofligi belgilanadi.
Patent izlanishlari – turli davlatlarning ixtirolar xalqaro tasnifi bo’yicha tasniflangan ximoya xujjatlarini izlash va taxlil qilish.
Bilimlar banki – kompyuterlarda saklanuvchi axborotlar jamlamasi bo’lib, unda axborotning konsetpual birligini xosil qiluvchi ma’lumotlar belgilangan tartibda jamlab boriladi.
Ijod – sifat jihatidan yangi va bekiyos originalligi va ijtimoiy-tarixiy jihatdan nodirligi bilan uzgacha narsa yaratish faoliyati.



TARQATMA MATERIALLAR




Respublikamizda fukarolar ijodiy faoliyati qanday muassasalar vositasida boshqariladi?




Ixtirochilik va rasionalizatorlik jamiyatining maqsadi va vazifalari.












Ilmiy-texnik kengash tarkibiga kimlar kiritiladi?




Ijodkorlikda ehtiyoj rivojlanishining pog’onasini sanab bering.




Ixtirochilik asoslari nimadan iborat?




Rasionalizatorlik takliflari deganda nimani tushunasiz?




Kashfiyot tushunchasining xuquqiy va ommalashgan ma’nolarini tavsiflab bering.




Geografik, arxeologik boyliklarini kashf qilish nima sababdan ilmiy kashfiyot hisoblanmaydi?




“Kashfiyotning ishonchliligi” qanday qilib aniqlanadi?




Ixtiro tushunchasini tariflab bering.





13-MAVZU: TEXNIK IJODKORLIKNI
RIVOJLANTIRISH METODLARI


Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish metodlari.
Ijodkorlik masalalariga insonlar har qadamda duch keladilar, biroq ularni har doim ham ijodiy yo‘l bilan qilishga intilmaydilar. Jumladan,ta’limni tashkil qilishning asosiy shakllari bo‘lgan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish muammosi o‘zining to‘laqonli echimini topmay kelmoqda. Mazkur muammoni darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida hal etish muayayn echimlari taklif etilgan bo‘lsa-da, dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilish muammosi etarlicha tadqiq qilingan emas.
Qisqa qilib aytilganda, ijodkorlikni murakkab ko‘ringan masalani hal etishning soda echimini topish deb ta’riflash mumkin. Odatda, uni oqilona echim yoki ixtiro deb atashadi. Ushbu fikrni ko‘proq moddiy shaklga ega bo‘lgan texnik ijodkorlik misolida izohlash mumkin.
Umumiy o‘rta ta’limda fizika va mehnat ta’limi DTSlari va o‘quv dasturiga asosan o‘quvchilar deformatsiya tushunchasini, materiallarning qattiqligi, mo‘rtligi, ustuvorligi kasbi tushunchalarni nazariy o‘rganishlari hamda laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarida tajribadan o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Biroq, ushbu laboratoriya ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan R-20, SM-4 kabi sanoat tipidagi sinov qurilmalari juda kata o‘lchamga egaligi, barcha o‘quv yurtlarida o‘rnatish imkoniyatining mavjud emasligi, mavjud bo‘lganlarida ham barcha o‘quvchilar shug‘ullanishiga imkon bermasligi sababli ishni ijodiy tashkil qilishga to‘sqinlik qiladi. Ixtirochi bu masalani oddiy yo‘l bilan, metall kesuvchi qaychiga namunani kesish uchun sarf bo‘ladigan kuchni o‘lchash moslamasini o‘rnatib hal qilib beradi. Bu echimning soddaligi unda muammo echimi sifatida oddiy qaychidan foydalanilganligi, ixtironi qilingan qurilmani o‘quvchilar o‘z kuchlari bilan tayyorlash imkonining mavjudligi, bu usulda tayyorlangan qurilmadan barcha o‘quvchilar bir varakayiga foydalanishi mumkinligi kabi ko‘plab dalillar bilan asoslanadi. Eng muhimi, o‘quvchilar ulkan va murakkab qurilmalar bajarayotgan «tushunarsiz operatsiyalarni» soda qurilmalarda tushunarli qilib bajarish mumkinligini bilib oladilar.
Demak, ixtiro – bu talabchanlik, nozik ta’blik yoki «aql o‘yini» emas, balki inson faoliyatini yangi, uning uchun qulayroq bo‘lgan vaziyatga olib chiquvchi taraqqiyot yo‘lidir. Insondagi ana shu ijodkorlik, ixtirochilik sifatlari uni tabiat kuchlari bilan raqobatni engib, yangi – tafakkur qobiliyatining shakllanishiga zamin yaratdi.
Inson ehtiyojlarining o‘sib borishi jarayonida uning tomonidan qo‘llaniladigan mehnat qurollari ham murakkablashib, takomillashib borgan. Insoniyat taraqqiyoti o‘z yo‘lida yutuqlar bilan birga ko‘plab muammolarni ham keltirib chiqargan. YAqin o‘tmishga qadar esa bu muammolar
Faqat bitta usul – amal va xato metodi orqali halq ilib kelingan. Bu usul minglab xato echimlarichida bitta to‘g‘risini topishga qaratilgan bo‘lsa-da, uning vositasida elektr dvigatellari va generatorlar, ichki yonuv dvigateli, marten pechlari, telefon va samolyotlar ixtiro qilindi. Biroq texnik-texnologik jarayonlarning nihoyatda murakkablashib borishi amal va xato metodining ikki yo‘nalishda takomillashtirilishiga asos bo‘ldi: birinchisi, muammo echimi sifatida taklif etiladigan g‘oyalar sonini oshirib borish, ikkinchisi taklif etilayotgan g‘oyalarni saralashga bo‘lgan talablarni orttirish.
Dastlab, ikkala yo‘nalish ham o‘zaro uyg‘unligini namoyish qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik echim variantlarini tanlashdagi sub’ektivlik, xatolardan himoyalanmaganlik bilan bog‘liq kamchiligi ayon bo‘ldi. Bu metodning «umri»ni uzaytirish uchun variantlarni taqqoslashni tezlashtirish yo‘li tanlandi. EHMlarning dastlabkilari aynan mana shu prinsip asosida ishlagan. Bunda ham, oxir-oqibatda, ulkan hajmdagi variantlarni o‘zaro taqqoslab chiqish yo‘li bilan ijodkorlik masalalarini
hal etib bo‘lmasligi ma’lum bo‘ldi.
Bildirilgan mulohazalarga yakun yasab aytish mumkinki, hozirgi paytda o‘qituvchi va o‘quvchilarning asosiy ijodkorlik «quroli» bo‘lgan amal va xato metodi yordamida yangi sifat o‘zgarishlariga erishib bo‘lmas ekan.
Bizning fikrimizga ko‘ra, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatini amalga oshirishning turli-tuman, zamon sinovidan o‘tgan ilg‘or metodlar bilan qurollantirish vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo‘li hisoblanadi.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi barcha sohalarda zamonaviy texnologiyalar rivoji bilan bog‘liq ekan, ijodkorlik yo‘llarini puxta o‘zlashtirgan barkamol avlodni tarbiyalash respublikamiz ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri sifatida yuzaga chiqadi. Bu masalaning asosiy echimi esa umumiy o‘rta ta’lim maktablari ishini maqsadga muvofiq tashkil qilish bilan hal etiladi.
O‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash strategiyasi quyidagi
asosiy usullarga tayanadi:
- doimo o‘quvchilar e’tiborini masalani hal qilishda qo‘llanilgan usulning universalligi, hammabopligiga qaratish. Buning natijasida o‘quvchilar darsda ma’lum vaziyatga nisbatan qo‘llanilgan metodni yangi hodisalarga tatbiq qilib, yangi qonuniyat va echimlarni izlashga odatlanadilar;
- o‘quvchilarni ijodkorlik metodlariga o‘rgatishni dars maqsadi sifatida emas, balki darsda qo‘yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo‘l, imkoniyat sifatida qarilishi taqozo etiladi. Muammo echimini topishga qaratilgan vazifalar o‘rganilayotgan tizim tarkibi va undagi jarayonlarni tahlil qilishni ko‘zda tutadi. SHu sababli masalani hal etishdan kutilgan maqsadni va uni amalga oshirishdagi vazifalarning to‘g‘ri belgilanishi muammoni darhol hal etishga qaratilgan intilishlardan ko‘ra ko‘proq naf keltiradi;
- o‘quvchilar o‘zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g‘oyalar ijodkorlik darslarining asosiy «mahsuli» hisoblanadi. Biroq, faqatgina masalaning yangi echimini topish ijodkorlik faoliyatining so‘nggi bosqichi bo‘lib qolmasligi kerak. O‘quvchilar o‘z g‘oyalarini «oxiriga etkazish»ni o‘rganishlari, ya’ni yangi echimni sinab ko‘rish, asoslash va tatbiq qilishga oid ma’lum ko‘nikmalarni egallashlari ijodkorlikni «xayollar» darajasidan amaliy bosqichga ko‘tarish zarur asosni yuzaga keltiradi.
Mazkur mulohazaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u o‘quvchilarning keyingi ta’lim bosqichlarida yuqori faollik darajasini ta’minlashga va pirovardida turli fan sohalarida chuqur ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi bo‘lajak olimlarni tarbiyalashga zamin tayyorlaydi;
- ijodkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim jihati – axborotlarni yig‘ish, tahlil va talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lib, bu siz har qanday ijodkorlik metodi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. O‘quvchilarda axborotlar bilan ishlashga oid dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirishda ularni o‘z qiziqishlariga oid rasmlar va fotosuratlar, ilmiy-ommabop maqolalar, markalar vah.k.larni yig‘ish, saralash va tizimga keltirishishlariga jalb qilish metodlaridan keng foydalanish mumkin;
- ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarining juda muhim, qamrovi jihatidan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan ham tashqariga chiqadigan masala – shaxs ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Odatda buyuk olim va ixtirochilar to‘g‘risida so‘z yuritilganda o‘quvchilar «Ulug‘ allomalargina shu qadar yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritganlar, bizlar bo‘lsak oddiy odamlarmiz», - deb o‘zlarini urintirishdan saqlamoqchi bo‘ladilar. Bu tushunchani engishning muhim yo‘nalishlaridan biri turli hayot yo‘liga ega bo‘lgan taniqli ijodkor shaxslar biografiyasi bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirib borishga bog‘liq bo‘lib, bunda so‘z yuritilayotgan shaxs hayotining barcha jabhalari ro‘y-rost bayon qilinishi lozim bo‘ladi. Mazkur metodning asosida ilm-fandagi yuksak yutuqlarga unga intilgan har shaxs erishishi mumkinligi to‘g‘risidagi g‘oyani o‘quvchilar ongiga singdirish talabi yotadi.
Ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishning mazkur usullarini turli
YOshdagi o‘quvchilarga nisbatan samarali qo‘llash mumkin, faqat buning uchun tegishli dasturlar hamda o‘quv qo‘llanmalarining tizimlashtirilgan majmuasi mavjud bo‘lishi talab qilinadi. Demak, navbatdagi dolzarb vazifa sifatida maqolada keltirilgan usullarni samarali amalga oshirishga xizmat qiluvchi o‘quv-metodik majmuani yaratish masalasi hal etilishi lozim.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin