1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


«Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə45/80
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#174482
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

«Amal va xato» metodining afzalligi va kamchiliklari. «Amal va xato» metodining kamchiligi ham undan foydalanish metodikasi yaratish juda murakkab. Har bir yangi texnik masalani yechishda ixtirochi ishni yangidan boshlashga majbur. «Amal va xato» metodi juda og’ir mehnatni talab etadi va undan foydalanishda masalalarni muvaffaqiyatli yechishga kafolat bera olmaydi. Ilmiy-texnika taraqqiyot sharoitida texnikaning jadal rivojlanib borishda ulkan g’oyali, katta effekt beradigan metodlarni foydalanishni taqozo etadi. Lekin tajribani shuni ko’rsatadiki texnik masalalarni yechishda foydalaniladigan barcha metodlarda «Amal va xato» metodi elementlari ma’lum darajada ishlatiladi.
«Aqliy hujum»» metodi. Olimlarning fikricha ijodiy faoliyat bu aniq qonuniyatga asoslangan xarakterda bo’lib, ijodiy masalalarni yechishning adekvat metodlarini topish zamin yaratadi. Bu metodlar 2 ta guruhga bo’linadi. Birinchisi guruhga «Aqliy xujum», “Sinektika, morfologik tahlil” metodlari, bular assosiativ fikrlari va kutilmagan yechim xarakteri mexanizmlarga asoslanadi. Bu metodlardan foydalanish juda yengil, lekin qo’llanilayotgan obyektning mohiyatiga bog’lanmagan. Ikkinchi guruhga “Ixtirochilik masalalarini yechish algoritmi” “Funksional–tannarx tahlili” metodlari va boshqalar kiradi. Bu metodlardan foydalanish juda murakkab lekin obyektning mohiyatini ochib borishga qaratilgan. Ishlab chiqarish korxonalar ilmiy asoslarida ehtiyoj paydo bo’lar ekan, u ko’plab ilmiy tekshirish institutlariga nistaban ilm - fanni rivojlantirishga sabab bo’ladi. 1990 yillarning o’rtalarida atom energetika, raketasozlik, elektron hisoblash, mashinalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanib ketishi ijodiy mexnatni ilmiy asosda tashkil qilish yo’llarini qidirish boshlandi. Ular har xil yo’nalish bo’yicha olib borildi. Shulardan bittasi Amerikalik tadbirkor va ixtirochi A.Osbornning taklif etgan «Aqliy hujum» metodi edi. Uning fikricha kimlardir g’oya bera olish imkoniyatiga ega bo’lsa, kimlardir uni tanqidiy tahlil qila olish imkoniyatiga ega. Ularni ikkita guruhga, ya’ni «Generatorlar» va «Ekspertlar» ajratishni taklif etadi. «Aqliy hujum» metodini qo’llashda quyidagi tartib qoidalarni ishlab chiqqan:

  1. «Aqliy hujum» metodi yordamida masalalarni yechishda 12-25 gacha odamlar ishtirok etish kerak. Ularni yarimi g’oya beruvchilar, keyingisi tahlil qiluvchilar. G’oyani generasiya qiluvchilar guruhiga kuchli fantaziyaga, abstract tafakkurga ega bo’lgan kishilar kiritiladi. Ekspertlar guruhiga tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan shaxslar tanlab olinadi. «Aqliy hujum» sessiyasiga malakali, tajribali xodim rahbarlik qiladi.

  2. Generatorlar quyilgan masalaning yechimini toppish uchun maksimal sondagi g’oyalarini beradilar. Berilgan g’oyalar bayoni magnitofonlarga yozib olinadi. Ekspertlar shularni ichidan ma’qulini tanlab olishadi.

  3. Qo’yilgan masalaning yechimining og’irligiga qarab «Sessiya» 30-50 daqiqagacha davom etishi mumkin.

  4. «Aqliy xujum» sessiyasida ishtirok etilayotgan xodimlarning o’rtasida bir biriga nisbatan xurmat va erkin munosabatni o’rnatish zarur.

  5. Agarda sessiya natijasiz tugasa uning ishtirokchilarini o’zgartirish zarur. Masalaning qo’yilishi ham qayta ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.

Texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik, texnik-texnologik integrativ topshiriqlarni bajarish metodlari (variantlarni tanlash, morfologik tahlil, dixotomiya, sinektika, tizimli operator, ixtirochilik masalalarini echish algoritmi, modellashtirish)ni qo‘llash interfaol ta’lim texnologiyalari (“SMART texnology”, CASE study) va didaktik vositalari (“IQ” testlari, muammoli videotopshiriqlar tizimi, muammoli va ijodiy mashqlar) asosida takomillashtirilgan:
variantlarni tanlash (ijodiy vaziflarni hal qilishning primitiv (sodda) metodi bo‘lib, ta’limning boshlang‘ich darajasida undan foydalanish, izlanish faoliyatini tashkil qilish malakalari, o‘z ijodiy faoliyatini tashkil qilish tajribasini to‘plashga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning to‘plangan tajribasini dolzarblashtiradi);
morfologik tahlil (berilgan mavzu doirasida variantlarning katta miqdorini generatsiyalash malakasini rivojlantiradi, g‘oyalarni baholaydi va tobora muvaffaqiyatlilarini detallashtiradi, ijodiy faoliyatni rejalashtirish malakalarini rivojlantiradi, izlanishli faoliyatni tashkil qilishga ko‘maklashadi);
dixotomiya (ob’ektlarning turli belgilarini ajratish, ob’ekt, vaziyat va hodisalarni aniqlangan tavsiflari bo‘yicha guruhlash, turli asoslarga ko‘ra tasniflash, maqsad va muayyan vaziyatdan kelib chiqib, tasniflash uchun asoslarni tanlash malakalarini rivojlantiradi. Izlanish maydonini qisqartirish imkonini beradi. Makonda yo‘nalganlik olish, vaziyatni tahlil qilish malakalarini rivojlantiradi);
sinektika (ob’ekt, vaziyat va hodisalarni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish, odatiy ob’ektlarga nuqtai nazarni pedagog tomonidan berilgan shartlar yordamida o‘zgartirish malakalarini rivojlantiradi);.
tizimli operator (ob’ekt, vaziyat va hodisalarni tizimli fikrlash algoritmi yordamida qarab chiqish malakasini rivojlantiradi. O‘quvchilarga ob’ektlarni tizimlar sifatida qarash imkonini beradi. Sabab, oqibat aloqadorliklarni aniqlash malakasini rivojlantiradi. o‘quvchilarni ob’ekt va uning funksiyalari rivojlanishini bashoratlashga undaydi);
ixtirochilik masalalarini echish algoritmi (ziddiyatli xossalarni ajratish (farqlash) malakalarini rivojlantiradi. Ijodiy faoliyatni rejalashtirish malakasini rivojlantiradi. Echimni izlashni samarali tashkil qilish imkonini beradi. Vazifani sifat jihatidan mutlaqo yangi darajada bajarishga ko‘maklashadi);
modellashtirish (o‘quvchilarning ob’ektni “ichidan” qarab chiqish malakalarini rivojlantiradi. Ularning izlanishli faoliyatini boshqarishda o‘quvchilarning imkoniyatlarini kengaytiradi. Vaziyat, hodisalarni mustaqil tushuntirishga intilishga ko‘maklashadi);
resurs yondashuv (o‘quvchilarni tizimlarni ichki va tashqi resurslar yordamida rivojlantirish, idealga yaqin original echimlar olishga undaydi);
ziddiyatlarni bartaraf etish (ziddiyatli xossalarni aniqlash (ajratib ko‘rsatish) malakalari rivojiga ko‘maklashadi. Ob’ektlarni qarama-qarshiliklari bo‘yicha qarab chiqish malakasini rivojlantiradi. Vaqt va makonda ziddiyatli xossalarni ajratish malakasini rivojlantiradi).


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin