Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumotlari qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlari avtomatik boshqarish).
Qo‘llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
tashkiliy jarayonlarni boshqarish;
texnologik jarayonlarni boshqarish.
Dostları ilə paylaş: |