Axborot ta’minoti - axborot tizimlarida ma’lumotlar omborini yaratish, hujjatlashtirishning bir hil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir.
Qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko‘p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga bog‘liq.
Dasturiy ta’minot - kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi(MQIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy mahsulotlar kiradi.