1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja


Virusologiyaning viruslarni ochilishigacha bo‘lgan tarixi



Yüklə 345 Kb.
səhifə3/9
tarix20.02.2023
ölçüsü345 Kb.
#85106
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja

Virusologiyaning viruslarni ochilishigacha bo‘lgan tarixi
V irusologiya juda yosh fan bo‘lib uning tarixini boshlanganiga 100 yildan oshdi xolos. Bu fan o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega, chunki viruslarning ochilishidan ancha ilgari ular qo‘zg‘atadigan kasalliklar o‘rganila boshlangan. Ular ko‘pgina tarixiy materiallarda o‘z aksini topgan. Jumladan, Eduard Djennerning(1749-1823 yy.) chechak va Lui Pasterning (1872-1895 yy.) (65) qutirish kasalligi bo‘yicha qilgan ishlari buning yaqqol isbotidir. Qadim zamonlardan ma’lumki chechak kasalligi millionlab odamlarni yostig‘ini quritgan. Bu kasallik haqidagi ko‘plab ma’lumotlar Xitoy va Xindistonning qadimiy qo‘lyozmalarida uchraydi. Adabiyot ma’lumotlariga qaraganda, birinchi chechak kasalligining epidemiyasi Evropada eramizning VI asrida bo‘lib o‘tgan. Keyinchalik bu kasallik eramizni 17 asrida barcha kontinentlarga yoyilgan. M., SHimoliy Amerikaning Massachusets shtatida (1617-1619 yy.) aholining o‘ndan to‘qqiz qismi, Ispaniyada (1707 y.) chechak epidemiyasidan so‘ng 57000 odamdan 17000 odam qolgan, Isthem shahrida (1763 y.) 1331 ta odamdan 4 kishi qoladi. SHu sababli chechak bilan kurashish eng dolzarb masala bo‘lib kelgan. CHechakka qarshi emlash ishlari ham qadimiy Xitoy va Xind qo‘lyozmalarida ma’lumligi eslatiladi. Evropada chechakkka qarshi emlash - variolatsiya 17 asr o‘rtalariga kelib, Xitoy, Uzoq SHarq va Angliya vrachi Eduard Djenner kasallikni oldini olishda o‘z ishlari bilan revolyusiya qiladi, ya’ni u sigir chechagi bilan kasallangan odamlarni kasallik engil kechishi va ular chechak kasalligini og‘ir formasi bilan umuman kasallanmasligini kuzatadi. 1796 yil may oyida Djenner umuman chechak bilan kasallanmagan Djeyms Fipsning
Djenner Edvard Lui Paster Dmitriy Ivanovskiy
(1749—1823) (1872-1895) (1864-1920)
jarohatiga sigir chechagi bilan kasallangan Sara Salmesning pustulasidagi suyuqlikdan o‘tkazadi.
Bolani sun’iy emlangan joyida tipik pustula hosil bo‘ladi va u 14 kundan so‘ng butunlay yo‘qoladi. Endi Djenner bolaga xaqiqiy chechakda hosil bo‘lgan yara (pustula) suyuqligidan olib o‘tkazadi. Bola endi umuman chechak kasalligi bilan kasallanmaydi. SHunday qilib vaksinatsiya qilish g‘oyasi tug‘iladi va tasdiqlanadi, shundan kelib chiqib, vaksina atamasi (vacca - lotincha sigir degan ma’noni anglatadi) amaliyotga kiritilgan. 1940 yillarda chechakka qarshi vaksinani buzoqlarni chechak virusi bilan kasallantirib tayyorlangan. CHechak kasalligini virusi esa 1904 yildagina kashf qilinadi. Demak, birinchi vaksina chechak virusiga tayyorlandi, ya’ni chechak - idora qilish imkoniyati yaratilgan birinchi virus kasalligidir. Keyingi qilingan ishlar muvaffaqiyati chechak kasalligini butunlay dunyo bo‘yicha yo‘qotilishiga olib keldi. CHechak kasalligidan keyingi vaksinasi tayyorlangan virus kasalligi bu - qutirish kasalligi bo‘ldi. Lui Paster qutirish kasalligini yuqumliligidan tashqari boshqa sabablarini bilmasa ham kasallikni qo‘zg‘atuvchisini yuqumliligini kuchsizlantirish prinsipini - attenuirlashni qo‘llaydi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchisini kuchsizlantirish maqsadida quyonlarni ishlatadi. Buning uchun qutirish kasalligidan o‘lgan itning miya to‘qimalarini quyon miyasi to‘qimalariga yuboradi. Quyon o‘lgandan so‘ng uning miya to‘qimasini boshqa quyon miyasiga yuboradi va hokazo. SHu kabi passajlar ( o‘tkazishlar)ni to quyon miya to‘qimalari adaptatsiya qilguncha 100 ga yaqin passaj qiladi. Endi u quyon miyasi to‘qimasidan olib it organizmiga – terisining ostiga yuborganda u o‘rtacha patogenlik xususiyatini namoyon qiladi. Bunday “qayta tarbiyalangan” - attenuirlangan qo‘zg‘atuvchini Paster yuqori patogenlikga ega “yovvoyi” qo‘zg‘atuvchidan farqlash uchun “fiksirlangan” qo‘zg‘atuvchi deb ataydi. Keyinchalik Paster “fiksirlangan” qo‘zg‘atuvchi konsentratsiyasini sekin asta oshirish va ular bilan in’eksiya qilishdan iborat bo‘lgan immunitet hosil qilish metodini ishlab chiqadi.
In’eksiyani to‘la kursini olgan it infeksiga to‘la chidamli bo‘ladi. Paster yuqumli kasallikni rivojlanish jarayoni organizmning himoya kuchi bilan mikroblarning kurashi deb hisoblaydi. U: “Har bir kasallik o‘z kasalligining qo‘zg‘atuvchisiga ega, biz patsient organizmning immunitetini bu kasallikga nisbatan rivojlanishiga imkon yaratishimiz kerak,” - deydi. 1885 yili o‘z metodini qutirgan it tishlagan bolada tekshirib chiqadi. Bolaga konsentratsiyasi sekin asta ortib boradigan “fiksirlangan” virusni in’eksiya qiladi va oxirgi ine’ksiyada bolaga haqiqiy patogen virusni in’eksiya qiladi. Bola tirik qoladi(60).
Bu kasallikning virusini ochilishiga keladigan bo‘lsak, uning virusi vaksina tayyorlangandan ancha keyin, 1903 yili Remlenje tomonidan kashf qilinadi.
19 asr oxiriga kelib qutirish, chechak, gripp, sariq isitma kabi qator odam kasalliklarining yuqumli ekanliklari aniqlanadi, ammo ularni qo‘zg‘atuvchilarini bakteriologiya metodlari yordamida aniqlash imkoni bo‘lmadi. Mikrobiologiyada eng katta kashfiyotlar qilgan nemis olimi Robert Koxning (1843-1910 yy.) “toza bakteriya kulturalarini olish texnikasi” usulini birinchi marta qo‘llash natijasida bakterial va nobakterial kasalliklarni farqlash imkoni paydo bo‘ldi. 1890 yili 10-chi gigienistlar kongressida Kox: “ ...sanab o‘tilgan kasalliklar umuman boshqa guruh mikroorganizmlar guruhini tashkil qiladi”,- deb aytadi. (CHunki mazkur metod qo‘llanilganda qattiq ozuqa muxitida faqat mikroorganizmlargina ayrim koloniyalar hosil qilib o‘sib chiqadi, ammo sun’iy ozuqa muhitida o‘smaydiganlari (viruslar) umuman o‘zini namoyon qilmaydi). Koxning bu fikri viruslarni ochilishi juda ham tasodif emasligidan dalolat beradi.

Baltimor Deyvid Atabekov Iosif Agol Vadim


1929 y. 1938 y 1934y.

Ammo bu bakteriya bo‘lmagan o‘ziga xos original kasallik qo‘zg‘atuvchilar borligini eksperimental isbotlash kerak edi.


20 yillar oxiri va 30 yillar boshlariga kelib viruslar tirik materiya ekanligi yaqqol ko‘rindi va ularni xar xil nomlar bilan, ya’ni “filtrlanuvchi viruslar” yoki “ultraviruslar” deb atalaboshlandi. Keyinchalik bu so‘zlar o‘rnini virus so‘zi muqim egalladi va bu so‘z o‘simlik, hayvon va bakteriya viruslarini birlashtirdi.
30 yillar oxiri va 40 yillar boshlarida viruslarni o‘rganish shunchalik oldinlab ketdiki, ularni organizm holatida shakllantira boshlandi (65). Bunga asos bo‘lib viruslarni boshqa organizmlar (hayvonlar, o‘simliklar, sodda hayvonlar, zamburug‘lar va prokariotlar) kabi ko‘payish xususiyati, irsiyat va o‘zgaruvchanlikga ega ekanligi, o‘zi yashab turgan tashqi muhit o‘zgarishiga moslashishi, tabiiy va sun’iy tanlashni ta’minlovchi biologik evolyusiya xususiyati mavjudligi rol o‘ynadi.
Viruslarni organizm ekanligini e’tirof etuvchi konsepsiya 60 yillar boshiga kelib eng gullagan vaqt bo‘ldi, keyinchalik virion tushunchasi kiritilib bu tushuncha virus ham individium deb e’tirof etildi .

Yüklə 345 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin