1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja


Bakteriofaglarni ochilishi



Yüklə 345 Kb.
səhifə5/9
tarix20.02.2023
ölçüsü345 Kb.
#85106
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-maruza. Virusologiyaning predmeti va vazifalari Reja

Bakteriofaglarni ochilishi
Bakteriya viruslari haqidagi birinchi ma’lumot 1896 yy. Xankin (balki Xavkin) tomonidan berilgan. Paster Instituti solnomasida u: “... Hindistonning ba’zi dar’yo suvlari bakteritsidlik xususiyatga ega”... deb fikr bildiradi va bu xususiyat albatta, bakteriya viruslari bilan bog‘liq ekanligi haqida ma’lumot berilgan deyish mumkin.
Bakteriya viruslari borasida yana N.F.Gamaleya 1898 yilda bakteriyalarni ham virus bilan kasallanishini aniqlaydi va ularni “bakteriolizinlar” deb ataydi. 1915 y. F.(19) dan olindi. Mikrokokklar kulturasida shishasimon tiniqlashish (shaffoflashish) kabi o‘zgarishini (steklovidnoe pererojdenie) va bu agentni bakterial filtrdan o‘tgandan so‘ng ham shu xususiyatini saqlashini aniqlaydi. 1917 yili shu olim tomonidan dizenteriya bakteriyalarini kasallantiruvchi dizenteriya bakteriofagi ochiladi. 1914-1915 yillarda D, Errel va undan mustaqil ravishda Tuortlar bu hodisalarni o‘rganib, ularni tirik agent - mavjudot ekanligini aytib, bu hodisani mohiyatini ochib berishadi va ularni bakteriofaglar deb atashadi. Ammo ularning zamondoshlari bu fikrlarini ancha vaqtgacha tan olishmasdan bu agentlarni fermentlar deb hisoblab yurishdi. Olingan faktlar va kuzatishlar asosida bir necha yillar ilgari I.Mechnikov “O‘ta kichik mavjudotlar biologiyasini o‘rganish virusologiyaning rivojlanish yo‘lidan borishini, mikrobiologiyaning rivojlanishi va takomillashishi ko‘zga ko‘rinmas dushmanlarni uchratilishini va yuqumli kasalliklar haqidagi qo‘rquvni yo‘qotilishiga olib keladi”- deb, bashorat qilgan edi. Uning vafotidan (1916 y.) keyin u aytganidek virusologiya fanining rivojlanishi boshlandi. Viruslarni o‘rganishni yangi metodlarini ochilishi qator viruslarni kashf qilinishiga sababchi bo‘ldi.
Hayvon viruslarini ochilishi
Ivanovskiyni tamaki mozaikasini ochilishida qo‘llagan “bakterial filtr”dan filtrlash metodi”ni qo‘llash natijasida 10 dan ortiq virus kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi viruslar kashf qilindi (65). Viruslar ochilishidan 6 yil keyin odam va hayvon viruslaridan “oqsim”- yashchur virusini Leffler va Frosh kashf qilishdi. Bu olimlar yashchurga qarshi immunizatsiya qilish usullarini ishlab chiqish ustida ish olib borar edilar. Ular yashchur bilan kasallangan hayvonlarni shilliq pardalaridan ajratib olingan materialni (bu material “aft” deb nomlanadi) bakteriyalarni tutib qoluvchi kizelgur filtridan o‘tkazib (filtrlab), filtrdan o‘tgan suyuqlik bilan hayvonlarni immunizatsiya qilishganda, mazkur suyuqlikni 0,001 – 0,00001 ml miqdori ham hayvonlarda yashchur kasalligini qo‘zg‘atgan. Ular bu tajribalaridan natijasida aft suyuqligini filtrdan o‘tkazilganda ham bu suyuqlikda ko‘payish xususiyatiga ega, yorug‘lik mikroskopida ko‘rinmaydigan “o‘ta mayda kasallik qo‘zg‘atuvchisi” bor degan xulosaga kelishadi. Bu fikr shu vaqtgacha tabiati yaxshi o‘rganilmagan chechak, skarlatina, qizamiq, toshma tif va h.larga ham qo‘llanila boshlandi. Ivanovskiy, Leffler va Froshlarni ishlari faqat o‘simlik kasalliklari uchungina emas, balki hayvon va odamlarni kasalliklarini patalogiyasini aniqlash va kurash choralarini ishlab chiqishda katta ahamiyat kasb etdi. Bu kashfiyotlar zamonaviy biologiyada ham katta ahamiyatga ega ekanliklari tasdiqlandi.
1903 y. Ru degan olim shunga o‘xshash agentlarni – “shoxli mollar perepnevmoniyasi”ni o‘rganib ularni “ko‘rinmas mikroblar” deb ataydi, Remlyanje ham shu borada ish olib borib, mazkur agentlarni tabiatiga urg‘u berib ularni “filtrlanuvchi mikroblar” deb atashni taklif etadi. Hasharotlar tarqatadigan “sariq bezgak” kasalligi ham viruslar tomonidan qo‘zg‘atilishi aniqlanadi. Keyinchalik filtrlanuvchi yuqumli agentlarni “filtrlanuvchi viruslar” deb atala boshlandi. “Virus” so‘zi lotincha zahar degan ma’noni bildirishi yuqorida aytilgan edi. Agar bu nomni mohiyati haqida to‘xtaladigan bo‘lsak mikrobiologiyaning rivojlanishining ilk davrlarida “Virus” degan so‘zni barcha yuqumli agentlar va ular tomonidan hosil qilinadigan zaharli moddalarga ham qo‘llanilgan. Keyinchalik yuqumli agent bilan toksinlar orasida farq yaqqol ko‘ringandan so‘ng “virus” so‘zi faqat yuqumli agentlarga nisbatan qo‘llanila boshlandi. Sekin-asta viruslar haqidagi bilimlar to‘planaboshlandi. Masalan, Borrel virus bilan kasallangan organizmlarda hosil bo‘ladigan “elementar tanachalar” ustida, Raus (1911) “o‘smalar” hosil qiluvchi viruslar ustida (tovuqlar sarkomasi virusi), Rid virus kasalliklarini tarqatishda hasharotlarni roli haqida ishlar olib borishadi.
Ammo bu ishlar viruslarni o‘rganishni jadal rivojlanishiga olib kelaolmadi.
Birinchi jahon urushining oxirida katta emidemiyalar sodir bo‘ldi. Albatta bular o‘z navbatida virus infeksiyalariga katta qiziqish uyg‘otdi. Gripp pandemiyasidan 20 million odam nobud bo‘ldi, letargik ensefalitdan esa 80 000 odam kasallanishi ko‘plab tadqiqodchilarni e’tiborini virus kasalliklariga qaratdi. O‘sha vaqtda gripp kasalligini etiologiyasi bakteriyalar emas, balki virus etiologiyasi ega ekanligini tasdiqlab bo‘lmadi. Letargik ensefalitni ham virusini ajratib olish borasidagi ishlar muvaffaqiyat qozonmadi.
Viruslar haqidagi eksperimental faktlarni to‘planishi viruslarni o‘rganish metodlarini rivojlanishiga olib keldi. Viruslarni hujayra to‘qimalarida, tovuq embrionlarida ko‘paytirish, virus o‘lchamlarini aniqlash, virus yuqqan hujayrlardagi elementar tanachalarni, kiritmalarni bo‘yash, ba’zi serologik reaksiyalar va hokazolar rivojlanaboshladi. (Bular haqida keyiroq batafsil so‘z yuritiladi). Virusni boshqa yuqumli agentlarga nisbatan ko‘proq xalq sog‘ligiga katta zarar keltirishi yaqqol ko‘rina boshladi. 1929-1934 yillardagi Millatlar Ligasining epidemiyalar qo‘mitasi hisoblariga qaraganda asosiy virus kasalliklaridan (gripp, qizamiq, poliomielit, chechak) 25 142 650 odam kasallangan bo‘lsa, asosiy bakteriya kasalliklaridan esa 4 072 446 odam kasallangan.
1935 yilda L.Zilber taklifi va tashabbusi bilan Rossiyada Markaziy virusologiya laboratoriyasi tashkil qilinadi. 1938 yilga kelib bu laboratoriya Butunittifoq eksperimental meditsina virusologiyasi bilan qo‘shilib, 1947 yilda ular asosida Meditsina Fanlar Akademiyasi qoshida “Virusologiya instituti” tashkil topadi. Qisqa vaqt (16 yil) ichida Rossiya virusologlari tomonidan ilgari noma’lum bo‘lgan viruslarni (Uzoq-sharq ensefaliti, gemorragik bezgak va h.lar) kashf qilinadi va ularni qo‘zg‘atuvchilari, epidemiologiyasi aniqlanadi. Ko‘pgina neyroviruslar, gripp, qizamiq va boshqalar o‘rganiladi, viruslarni tabiati va immunitet masalalarining nazariy tomonlari o‘rganiladi.
Qishloq ho‘jaligida ham virus kasalliklaridan katta zarar ko‘rilgan. Umumiy va o‘simlik viruslari borasida V.Rijkov, viruslar morfologiyalarini E. Turevich va R.SHenlar, gemorragik bezgakni M.CHumakov, gripp va boshqa yuqumli kasalliklarni A.Smorodinsev, V.Solovyov va V.Jdanov, L.Zilber va A.SHubladze, A.CHumakovlar ensefalitlarni o‘rganishadi. Uzoq sharq ensefaliti etiologiyasi va epidemiologiyasini esa ular tomonidan har tomonlama chuqur o‘rganiladi.
Keyinchalik odam va hayvon viruslarini organlarga nisbatan kasalliklar keltirib chiqarishlari o‘rganiladi va ularni guruhlarga bo‘linadi: neyrotrop (qutirish, poliomielit, ensefalit va h.), dermatrop (chechak, ospavaksina, so‘gal), pnevmotrop yoki respirator (gripp, psittakoz), enterotrop va politrop (qizamiq) viruslar. Viruslar ham ko‘payish o‘z virionlar turlarini turg‘un saqlash, irsiy belgilarini keyingi avlodlarga berish va nobud bo‘lish xususiyatlari o‘rganiladi.

Yüklə 345 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin