1-ma’ruza voleybol o'yinida tayyorgarlik turlarining o'rni va ahamiyati reja: kirish



Yüklə 426,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix05.08.2023
ölçüsü426,22 Kb.
#138734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-ma’ruza voleybol o\'yinida tayyorgarlik turlarining o\'rni va ah

. Voleybolda o’yin qoidalari
2.1. Voleybolchining tezkorligi 
О‘yinchi xarakat faoliyatining tezligi birinchi navbatda xarakatlarni koordinatsiya 
qiluvchi markaziy nerv sistemasining faoliyatiga munosib bо‘lishi lozim. 
Voleybolchining tezkorligi aniq reaksiya tezligida, jadal siltanishda hamda tо‘p 
bilan, tо‘psiz texnik usullarni bajarish tezligida aniq ifodalaydi. Tezkorlikni 
rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosepedda uchish va shunga 
о‘xshash har xil maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis 
oshirib borib, xarakat amplitudasini kattalashtirish lozim. Tezkorlikni 
rivojlantirishga yordam beradigan yana kо‘pgina mashqlarni keltirish mumkin:
-
yonboshlab, orka bilan jadal yugurishni bajarish:
-
tizzani yuqoriroq kо‘tarib va qadamlarni maksimal chastotada qо‘yib yugurish:
-
25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab xarakat qilish; - 
maksimal chastotada aylantiriladigan kalta va uzun arg‘amchi bilan sakrash, 
aylanib turgan arg‘amchi tagidan yoki ustidan yugurib о‘tish;
-
о‘rta masofaga yugurayotganda tempni tо‘satdan о‘zgartirish;
-
dastlabki yugurib borishdan sо‘ng 20-30 m masofada maksimal tezlikka erishish;
Siltanish va tez yurishlar xar xil estafetalarda musobaqa uslubi bilan о‘tkazilgani 
ma’qul. Bir mashg‘ulotga muljalangan tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 
trenirovka ishining hajmi uchun katta bо‘lmasligi kerak.


 KUCH – bu tashqi qarshilikni yengish yoki «ushlab» turish ma’nosini anglatadi. 
Kuch ikki turga bо‘linadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch – bu 
о‘zgaruvchan kuch. Statik kuch – bu bir xil vaziyatda ijro etiladigan kuch.
Statik kuch 3 ga bо‘linadi :
-
«yengib» olinadigan statik kuch: Masalan: yerda yotgan og‘ir toshni kо‘tarib olib 
ushlab turish
-
bir xil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir xil 
holatda ushlab turish.
-
qarshilikni «yenga olmaydigan» statik kuch. Masalan: shu tosh о‘ta og‘ir bо‘lgani 
sababli uni kо‘tarish imkoniyati yо‘q. Lekin mushaklar taranglashadi va statik ish 
bajarib turadi.
Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ortiqcha zо‘riqish bilan bog‘liq bо‘lmasligi 
kerak, kuchlanish hollaridan umuman voz kechish maqsadga muvofiq. Bunday 
moxiyatga ega bо‘lgan mashqlarni uncha og‘ir bо‘lmagan anjomlar bilan katta 
tezlikda bajargan ma’qul.
Qiz bolalar guruhida bunday mashqlarni qо‘llash alohida nazorat va ehtiyotkorlik 
bilan amalga oshirilishi lozim.
Tayyorgarlikning mazkur bosqichida chaqqonlikni rivojlantirish о‘yin 
malakalarining texnikasini о‘zlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu sifatni tarbiyalash – turli tо‘plar bilan mashq qilish, gimnastika, akrobatika, 
sport о‘yinlariga oid mashqlar yordamida amalga oshiriladi.
Bunday mashqlarni asta - sekin murakkablashtirib borish zarur.
Kuch zamonaviy sport trenirovkasi amaliyotida sportchining eng muhim 
jismoniy fazilatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Chunki kuch ma’lum darajada 
о‘yinchining maydonda xarakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi 
darajasini belgilaydi.
Kuch о‘z xarakteriga kо‘ra: nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid» bо‘lishi 
mumkin.
Absolyut kuch – mushak (yoki mushaklar guruxi) о‘z og‘irligidan qat’iy nazar 
qiskargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi.
Nisbiy kuch – о‘yinchi tanasi og‘irligining bir kilogrammiga tug‘ri keladigan 
miqdor.
Portlovchi kuch – sport mashqi yoki о‘yin harakati sharoitida 
reglamentlashtirilgan minimal vaqt ichida katta kuchlanishga erishishi qobiliyatini 
bildiradi. Bu kuchni voleybolchilar sakrashda, tо‘p kiritishda, zarbli urishda, tusiq 
qо‘yishda aniq amalga oshiradilar. Shuningdek, «portlovchi» kuchning darajasi 
mushakning reaktiv qobiliyatiga bog‘liq bо‘ladi. Ishlayotgan mushaklar zarba bilan 
mexanik chо‘zilgandan keyinrok muskul qisqarish samarasi yordamida katta 


xarakat kuchlanish xosil bо‘ladi. Kо‘zgalgan mushaklarning elastik о‘zgarishni 
chaqiradigan dastlabki chо‘zilish ularda kinematik energiyani о‘ziga olishi tufayli 
bо‘ladigan ayrim kuchlanish potensialining jamg‘arilishini ta’minlab beradi. Sport 
mashg‘ulotlarida muskullar о‘z uzunligini о‘zgartirmasdan (statik, izometrik rejim) 
va о‘z uzunligini qisqartirgan holatda kuch kо‘rsatadi.
Mushaklar chо‘zilganda ustun keladigan va tо‘siqsiz rejimlar birgalashib
«dinamik rejim» tushunchasini hosil kiladi. Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch 
qobiliyatlarning barcha turlarini rivojlantirish kerak.
Kuchni og‘irliklardan foydalanish xarakteri bо‘yicha rivojlantirishga qaratilgan 
mashqlarni ikki guruhga bо‘lish mumkin: tashqi og‘irlanish yoki qarshilanish va 
о‘z og‘irligi yoki badanning qisman og‘irligi orqali bajariladigan mashqlar. 
Mashqlarning birinchi guruxi voleybolchining muskullarini rivojlantirishga katta 
imkoniyat yaratadi. Og‘irlanishlar va qarshiliklardan (gantellar, yadrolar, tо‘ldirma 
tо‘plar, og‘ir toshlar, shtanga, raqibning og‘irligini va qarshiligini yengish, 
espanderlar va xokozo) keng kо‘lamda foydalanish va ularning turli tumanligi 
trenirovka nagruzkasining xajmini va intensivligini belgilab berishga sharoit 
yaratadi. Bunday kerakli mashqlar muskullar guruhining rivojlanishiga qaratilgan 
bо‘lib u sportchini tezda katta kuchlanishlardan tо‘liq bо‘shatish qobiliyatiga 
о‘rgatishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda sherigi tomonidan kо‘rsatiladigan 
xar xil qarshiliklar orqali bajariladigan mashqlar sportchilardan katta iroda kuchini
talab qiladi. Negaki ular fakat kuchdagina musobaqalashib qolmasdan, shu 
kuchdan oliy darajada samarali foydalana olishda ham bahslashadilar.
Ikkinchi guruh uchun о‘ziga xos, bu snaryadda bajariladigan gimnastik mashqlar. 
Arqonga chiqish, о‘z vaznini kuch bilan kо‘tarish, о‘tirish –turishlar, oyoqlar 
tizzalari yarim bukilgan holatda yurish va xokozolar hisoblanadi. О‘z og‘irligiga 
qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar о‘yinchilar uchun asta - sekin 
bajarishdan tez bajarishga oddiydan murakkabga о‘tishga imkon yaratadi. Bu 
mashqlarni bajarishda muskul guruhlari ishga qanchalik kam jalb qilingan bо‘lsa, 
badanning siljish yо‘li qanchalik qisqa bо‘lsa va badanning kamrok qismi og‘irlik 
bо‘lib qarshilansa, ularni shunchalik kо‘prok takrorlash lozim.
Oyok va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan 
bosqichmabosqich oshib beruvchi rejimda bajariladigan mashqlar samarali 
mashqlar hisoblanadi. Ana shunday mashqlardan biri – yelkaga qо‘yilgan shtanga 
bildan о‘tirib turish – tipik mashqdir.

Yüklə 426,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin