tushiriladi, bir kaft ikkinchisiga qо‘yilgan bо‘ladi. Tо‘pni bilaklarda qabul qilib
olinadi. Bilaklarda bо‘ladigan zarbni yumshatish maqsadida qо‘llar
tirsakdan
yaqinlashtirilib kо‘tariladi va bukiladi, oyoqlar tо‘g‘rilanadi va gavda kо‘tariladi.
Tо‘pni ikki qо‘llab yuqoridan qabul qilish.
Bu usul bilan tо‘p uncha
kuchli
kelayotgan paytlarda, shuningdek, boshqa usulni qо‘llash qulay bо‘lganda qabul
qilinadi.
Tо‘pni bir qо‘llab pastdan qabul qilish. Bu usulning aniqligi yetarli bо‘lganligi
uchun ham qо‘laniladi, ammo tо‘p о‘yindan uzoqda bо‘lganda
va boshqa usul
qо‘llashning imkoni bо‘lganda va boshqa usul qо‘llanilishi foydalidir.
Tо‘g‘rilangan qо‘l tarang siqilgan panjalar tо‘pning yо‘lini tо‘sadi (tо‘pni musht
hamda kaft yoki bilaklari bilan uriladi). Bu xarakatlarda oyoq qatnashmaydi.
Tо‘pni oshirish.
Tо‘pni о‘yinga kiritish oshirish deyiladi. Zarb uchun qulay
bо‘lgan qa’tiy xolatda turish yuqoriga oshirish hamda qо‘lni siltab tо‘pni urish,
о‘rgandan keyingi о‘yinchining xarakatlari oshirishning asosiy xususiyatlaridir.
Oshirishda tо‘pni musht yoki kaft bilan urush mumkin. Bunda tо‘p yuqoriga bir
qо‘l bilan otiladi. Yuqoriga otishning yо‘nalishi va balandligi bajarish ususliga
bog‘liq. Tо‘pni bosh ustidan urib yuborilsa yuqoridan pastdan о‘rilsa pastdan
oshirish, yon bilan tursa yonlamasiga tо‘p oshirish deyiladi.
Shunga muvofiq tо‘rt xil oshirish usullari mavjud: pastdan tо‘g‘riga, pastdan yon
bilan, yuqoridan tо‘g‘riga, yuqoridan yon tomoni bilan.
Dostları ilə paylaş: