1-Машғулот



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
Topshiriq

O`zingizning xotirangiz hajmini hisoblab, uni qisqa muddatli xotira 
hajmining o`rtacha ko`rsatkichi bilan solishtiring.
 
32-Laboratoriya mashg’uloti: Ixtiyoriy diqqatning barqarorligini va
ko`chiruvchanligini aniqlash. 
Ixtiyoriy diqqat mehnat faoliyatida rivojlanadi. Mehnatning turlari ixtiyoriy 
diqqatning har xil xususiyatlarini rivojlantirib boradi. Masalan: Ekranda aniq bir 
informatsiyaning paydo bo`lishini kuzatib turgan operatorning diqqat e`tibori juda 
yuqori turg`unlikda bo`ladi. Axborotni eshitib qabul qilish, uni yodda saqlashda 


59 
ixtisoslashgan telegrafda, diqqatning hajmi rivojlanib boradi. Avtobua haydovchisi 
o`z diqqat-e`tiborini bir joydan ikkinchi joyga, (yo`l, avtobus saloni, richagi, 
boshqaruv qurilmalari) tez o`zgartirish qobilyatiga ega bo`lishi kerak.
Ish anjomlari:
Egri-bugri chizilgan chiziqlarni tasvirlovchi maxsus jadval, ikki 
xil tasvirli rasm, sekundomer. 
Ishni bajarish tartibi: 
Talabalar bir juftdan qilib bo`lib qo`yiladi, ya`ni ularning 
biri-tekshiriluvchi, ikkinchisi-eksperimentator. Eksperimentatorlar tezlik bilan 1-2 minut 
davomida har biri o`zining tekshiriluvchisi uchun 1 tadan egri-bugri chizilgan 
chiziqlarni tasvirlovchi maxsus jadval chizadilar va ularga tarqatadilar. 
Tekshiruvchilar eksperimentator buyrug`ga binoan 3 minut davomida ko`rsatgich yoki 
qalam ishlatmasdan, faqat ko`z yordamida har bir chiziqning oxirini topadi va 1 chi 
ustunda ko`rsatilgan o`zining tegishli raqamlariga muvofiq har bir chiziqning oxirini 
o`sha raqam bilan belgilaydi. 3 minutdan keyin eksperimentatorlar tekshiruvchilar ishini 
to`xtatadi va uni tekshirib 3 minut oralig`ida to`g`ri topilgan chiziqlar miqdoriga qarab 
ixtiyoriy e`tibor darajasini baholaydi. So`ngra, tekshiruvchilarga ikkilanuvchi tasvir 
beradigan rasm ko`rsatiladi. Eksperimentatorlar tekshiriluvchilar tomonidan bu ikki 
obrazni qabul qilishlari va anglab etishlari uchun ketgan vaqtni sekundomerlar 
yordamida aniqlaydilar. Diqqatni boshqa tomonga yo`naltirish tezligini darajasi haqida 
ikki obrazni ajrata olish uchun sarf bo`lgan sekudlarga qarab xulosa chiqariladi. Odam 
ikki suratni qancha tez vaqt ichida ko`rsa, unung diqqat-e`tiborini boshqa tomonga 
yo`naltirish shincha yuqori ifodalangan bo`ladi.
25-rasm. Ikki xil tasvirli rasmlar.

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin