57
30-Laboratoriya mashg’ulot.
Faol diqqatni aniqlash.
Ishdan maqsad:
Talabalarda sonlarni topish usuli bilan faol diqqatning
kanstentratsiyasini aniqlash.
Ishni bajarish uchun kerakli narsalar:
1 dan 25 gacha tartibsiz raqamlar
yozilgan
40x40sm 4 ta jadval (1,2,3,4) sekundomer yoki sekundamer strelkasi bor 1-soat.
Tajriba yoshli o’smirlar va talabalarda olib boriladi. Har bir yoshdan uchta odam
bo’lishi kerak.
Ishni bajarish tartibi.
Faol diqqatni aniqlash va uni yoshga qarab o’zgarishi faol
diqqatnining fiziologik mexanizimi bosh miya katta yarim sharlarda optimal qo’z-
g`alish o’chog`ini vujudga keltirishdur. Optimal qo’zg`alish o’chog`ini vujudga
kelishini I.P.Pavlov bosh miya katta yarim sharlarini ijodiy bo’limi deb nomlaydi.
Ijodiy bo’limda qo’zg`alishi qancha yuqori bo’lsa, yangi shartli refleks shuncha
intensiv hosil bo’ladi. Faol diqqatning davomililigi o’smirlarning yoshiga bog`liq.
Bola qancha yosh bo’lsa tormuzlanish jarayoni shuncha bo’sh va qo’zg`alish
miya yarim sharlarida shuncha tez irradiatsiyalanadi. Faol diqqatning davomiligi
13-14 yoshda 30 min 15-16 yoshdaa 40 min kattalarida 55-60 min shuning uchun,
dars mobaynida aqliy mehnat turini bir necha martda o’zgartirishi kerak. Faol
diqqatni kansetrasiysi haqida jadvalda keltirilgan raqamlarni topish tezligidan bilish
mumkin. Agarda jadvalda yozilgan 1 dan 25 gacha raqamlarni 30-40 sek topilsa
diqqatni kansentratsiyasi yahshi hisoblanadi, 45-60 sekunda topsa qoniqarliy va
nihoyatda 60 sekundan ortiq vaqtda topsa qoniqarsiz hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: