1-mashg’ulot: Kirish


Odam skeletining bo‘limlari



Yüklə 30,32 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2023
ölçüsü30,32 Kb.
#176257
1   2   3   4   5
Biologiya to\'garak namuna

Odam skeletining bo‘limlari. Odam skeleti gavda skeleti (umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasi), qo‘l-oyoqlar va bosh skeletidan iborat.
Bosh skeleti kalla suyagining miya va yuz bo‘limlaridan iborat. Kalla suyagining miya bo‘limi ikkita juft suyak (chakka va tepa suyaklari) bilan to‘rtta toq suyak (peshona suyagi, g‘alvirsimon, ponasimon suyaklar va ensa suyagi)dan tashkil topgan.
Gavda skeleti. Umurtqa pog‘onasi ustma-ust bo‘lib joylashgan 33-34 ta umurtqadan tashkil topgan. Ular orasida tog‘ay to‘qimasidan iborat qatlamlar bor, shunga ko‘ra, umurtqa pog‘onasi egiluvchan va qayishqoq bo‘ladi.

Umurtqa pog‘onasining beshta bo‘limi farq qilinadi: 7 ta umurtqadan iborat bo‘yin bo‘limi, 12 ta umurtqadan tuzilgan ko‘krak bo‘limi, 5 ta bel umurtqasi, 5 ta dumg‘aza umurtqasi va bir-biriga birikib ketgan 4-5 ta umurtqadan iborat dum bo‘limi.


Ko‘krak qafasi ko‘krak umurtqalarining tanasi va ko‘ndalang o‘simtalari bilan birikkan 12 juft qovurg‘adan tashkil topgan. ko‘krak umurtqalari, to‘sh suyagi va qovurg‘alar, bular orasida joylashgan nafas muskullari bilan birgalikda ko‘krak bo‘shlig‘ini hosil qiladi, ko‘krak bo‘shlig‘i past tomonda diafragma bilan ajralgan.
Qo‘l kamari ko‘krak qafasining orqa yuzasida yotuvchi uchburchaksimon ikkita ko‘krak suyagi va ular bilan birlashgan o‘mrov suyaklaridan iborat. O‘mrov suyaklari to‘sh suyagiga birikkan bo‘ladi.
Qo‘l skeleti kurak bilan birikkan yelka suyagi, bilak suyaklari va qo‘l panjasi suyaklaridan iborat. Qo‘l panjasi skeleti mayda 8 ta kaft usti suyaklari, 5 ta uzun kaft suyaklari va barmoq suyaklaridan tashkil topgan.
Oyoq kamari dumg‘aza bilan mahkam birikkan ikkita chanoq suyagidan iborat. Oyoq skeleti son suyagi, boldir suyaklari va oyoq panjasi suyaklaridan tashkil topgan. Son bilan boldir birikadigan joyni ustki tomondan yassi suyak- tizza qopqog‘i qoplab turadi.

1-Kalla suyagi; 2- Kurak; 3- Ko‘krak qafasi; 4- Umurtqa pog‘onasi; 5- Qo‘l; 6- Oyoq; 7- Chanoq (tos suyagi);
















5- mashg’ulot: Muskullar va ularning funksiyalari




Yüklə 30,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin