1-mashg’ulot mikroskopning


-rasm. Lansetsimon so’rg’ichli - Dicrocoelim lanceatum ning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə31/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

30-rasm. Lansetsimon so’rg’ichli - Dicrocoelim lanceatum ning rivojlanish ikli
A-asosiy ho'jayinlar, B-oraliq xo'jayin-quruqlikda yashovchi moilyuska, V-zarar-langan jigar, G-shilliq tugunchalar va ikkinchi oraliq xo'jayin- chumoli. I-voyaga etgan lansetsimon so’rg’ichli; 2-tuxum; 3-mirasidiy; 4-ona sporasista; 5-qiz sporasista; 6-serkariya; 7-metaserkariya.
Bu so’rg’ichlining gavdasi xirurgik pichoq (lanset)ga o’xshaganligi uchun lanset deb atalishiga sabab bo’lgan. Tanasi 5-10 mm uzunlikda boMib, so’rg’ichlari bir-biriga yaqin joylashgan. Ichaklari ikki shoxchali boMib, tananing chetlari bo’ylab joylashgan va ko’r o’simta bilan tugallangan. Yumaloq shakldagi juft urug’donlar qorin so’rg’ichining orqa tomonida joylashgan boMib, undan keyinroqda bir dona yumaloq tuxumdoni boMadi. Ichaklar yonida sariqlik bezlari mavjud. Bachadon tananing orqa yarmini toMiq egallagan.

93




Lansetsimon so’rg’ichlining rivojla-nish sikli juda murakkab bo’lib, nasl almashtirish orqali borib uchta xo’jayin ishtirok etadi. Oxirgi (definitiv) xo’jayi-ni har xil sut emizuvchilar, birinchi oraliq xo’jayini quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuska va qo’shimcha ikkinchi oraliq xo’jayini chumolilar hisoblanadi. Tuxumlar xo’jayini axlati bilan tashqi muhitga chiqadi. Parazit tuxumlarining keyingi taraqqiyoti uchun suvli muhit doimo bo’lishi shart emas. Tuxumda shakllangan mirasidiy lichinkasi tuxum po’stini yorib, tashqariga chiqa olmaydi. Moliyuska ichida mirasidiylari bor tuxumlarni iste’mol qilishi orqali parazitni o’ziga yuqtiradi. Mollyuska organizmida tuxumdan mirasidiy chiqib sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ikki marta tullab, ikkinchi avlod sporotsistasidan serkariyalar hosil bo’ladi. Mollyuskaning nafas yo’lida serkariylar 100-300 nusxadan to’planib, umumiy bir po’stga o’raladi va bu to’plam shilliq tugunchalar deb ham ataladi. Keyinchalik bu tugunchalar mollyuskaning nafas olish teshigi orqali tashqi muhitga chiqib o’simlik va boshqa substratlarga yopishadi. Serkariyalar o’ralgan shilliq tugunchalami chumolilar yutib yuborishi natijasida parazitni o’ziga yuqtirib oladi. Chumolilar organizmida serkariyalar metaserkariyga ayla- nadi va yetilgan metaserkariyalar chumolilaming tanasidan o’tlarga tushadi. Hayvonlar o’t va suv bilan ba’zan zarar- iangan chumolilar yutib yuborishi orqali parazitni o’ziga yuqtiradi. Asosiy xo’jayin organizmiga o’tgan metaser- kariyalar jigar va o’t yo’llarida taraqqiy yetib, jinsiy voyaga
yetadi.
Qon shistosomasi - shistosomalar qon parazitlari bo’lib, odamning qorin bo’shlig'idagi yirik vena qon tomirlarida, shuningdek buyrak va qovuq venalarida yashaydi. Shistosoma boshqa so’rg’ichliIardan farq qilgan holda, ayrim jinsli erkagining tanasi ancha yo'g'on, 10-15 mm uzunlikda, qorin tomonida maxsus ariqsimon yorig’i bo’lib, shu yerga uzun (20 mm) va ingichka urg’ochisini
94



joylashtirib birga yashashadi. Bularda so’rg’ichlar kuchsiz rivojlangan.
Qon shistosomasi biogelmint bo’lib, rivojlanish siklida oraliq xo’jayin sifatida mollyuskalar ishtirok etadi (31-rasm).



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin