1-mashg’ulot mikroskopning



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə33/75
tarix19.12.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#186228
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Yassi chuvaichanglar tipining lotincha nomi qanday ataladi?
A. Plathelminthes; B. Nemathelminthes; S. Annelida;
D. Nemertini;
2.Yassi chuvalchanglar urg’ochi jinsiy sistemasidagi sariqdon nima ishlab chiqaradi?
A. Zaxira oziqa modda; B. Gormonlar; S. Tuxum hujay- ralar; D.Tuxum hujayrasi qobig’ini;
3. Mollyuska va chumoli quyidagi trematolardan qaysi birida oraliq xo’jayin bo’lib ishtirok etadi?
A. Jigar qurti; B. Lansetsimon ikki so’rg’ichli; S. Mushuk ikki so’rg’ich!isi; D. Shistosoma;
96



4. Quyidagi parazitlardan qaysi biri ektoparazit hisoblanadi?
A. Dizenteriya amyobasi; B. Baqa ko’p so’rg’ichlisi;
5. Askarida; D. Xo’kiz solityori;
5. Quyidagi trematodalardan qaysi biri ayrim jinsli?
A. Jigar qurti; B. Shistosoma; S. Mushuk ikki so’rg’ichlisi;
D. Lansetsimon so’rg’ichli;
6. Quyidagi trematodlardan qaysi biri qonda yashaydi?
A. Mushuk ikki so’rg’ichlisi; B. Jigar qurti; S. Lansetsimon so’rg’ichli; D. Shistosoma;
7. Monogenetik so’rg’ichlilar qaysi tipning vakili?
A. Kovakichlilar; B. Nemertinlar; S. Halqali chuvalchanglar;
D. Yassi chuvalchanglar;
8. Lansetsimon so’rg’ichlisining lotincha nomini aniqlang?
A. Opisthorchis felineus; B. Dicrocoelum endriticum;
S. Fasciola hepatica; D. Leucochloridium paradoxum;
9. Shistosomalar odamning qaysi organida yashaydi? A.Arteriyalarda; B. Ichaklarda; S.Mushakda; D. Yirik vena tomirlarda;
10. Shistosomalar odam organizmiga qanday qilib o’tadi?
A. Ovqat hazm qilish yo’li orqali; B. Teri orqali; S. Anal teshigi orqali; D. Burun orqali;
11. Shistosomalarning erkak va urg’ochisining tana hajmini aniqlang?
A. Erkagi 12-15mm, urg’ochisi 20mm; B. Erkagi 10-15mm, urg’ochisi 25mm; S. Erkagi 15-20mm, urg’ochisi 30mm;
D. Erkagi 10-12mm, urg’ochisi 16mm;
Mustaqil ish uchun topshiriqlar


1. Lansetsimon so’rg’ichli va shistosomaning tuzilishi.
2. Lansetsimon so’rg’ichli va shistosomaning rivojlanishi.
97



3. Lansetsimon so’rg’ichli va shistosomalar qanday muhim tavsifga ega.
4. Lansetsimon so’rg’ichli va shistosomalarning tuzilishi, rivojlanishi aks ettirilgan rasmlarni chizing.

18 - MASHG’ULOT


BAQA KO’PSO’RG’ICHLISI MISOLIDA MONOGENETIK SO ’RG’ICHLIL ARNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI

Tip. Yassi chuvalchanglar- Plathelminthes Sinf. Monogenetik so’rg’ichlilar - Monogenea Kenja sinf. Polyonchoineya - Polionchoinea Turkum. Girodaktilid - Gyrodactylida


Avlod. Polistoma - Polystoma
Tur. Baqa ko’pso’rg’ichlisi - Polystoma integerrimum
Ishning maqsadi: baqa ko’pso’rg’ichlisi misolida monogenetik so’rg’ichlilaming tuzilishini, taraqqiyot fazalarini o'rganishdir.
Kerakli jihozlar: monogenetik so’rg’ichlilardan tayyorlangan preparatlar, mikroskop, binokulyar, lupa va ko'rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. Baqa ko’pso’rg’ichlisi 6-8 mm uzunlikda bo’lib, jinsiy voyaga yetgan davrida baqalaming siydik pufagida, lichinkalik davrida esa itbaliqlaming jabralarida parazitlik qilib yashaydi (32-rasm). Baqa ko’pso’rg’ichlisining tanasi uzunchoq, yelka dan qorin tomoniga qarab yassilangan, oldingi uchi ingichkaroq, orqa uchi kengaygan bo’ladi. Ulaming yopishish organlari tanasining orqa tomonida joylashgan 6 ta disklardan iborat bo’Iib, disklaming har birida bittadan so’rg’ich va 16 tagacha kichik ilmoqchalari bo’ladi.

98





Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin