1. Matnli,sonli, va grafik ma’lumotlarni kodlash ISHDAN MAQSAD: Shaxsiy kompyuterlar tarkibidagi ichki simvollarni tavsiflashni o‘rganish. Aniq kodlashtirish tizimini tanlashda qo‘yiladigan talablarni o‘rganish.
I. USLUBIY KURSATMALAR Zamonaviy kompyuterlar nafaqat raqamli, balki alfavit-raqamli ma’lumotlarni ham qayta ishlash imkoniyatiga ega. Bunday alfavit-raqamli ma’lumotlar o‘z tarkibida sonlardan tashqari sintaksis harflarni va matematik simvolllarni, boshqa belgilarni ham o‘z ichiga oladi.
Barcha simvollarning majmuasi - mashinaning kirish alfavitini tashkil etadi.
Alfavit-sonli ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va chiqarish jarayonlari aniq kodlashtirish tizimini tanlashni taqozo etadi.
Alfavit-sonli simvollarni kodlashtirishda 8 razryadli baytlardan keng foydalaniladi. Chunki 8-razryadli baytdan foydalanib 28=256ta turli simvollarni kodlashtirish mumkin. Bunday imkoniyat zamonaviy kompyuterlarning to‘la alfavitini tavsiflash imkoniyatini beradi.
Zamonaviy kompyuterlarda simvollarni kodlashtirishda ASSII (Amerikada 1963 yilda ishlab chiqilgan ma’lumotlarni ayirboshlovchi standartkod) kodlari qo‘llaniladi.
Shaxsiy kompyuterlarda ichki simvollarni ASCII kodlari orqali tavsiflashda ularni kodli jadval ko‘rinishida ifodalash qulaydir. Kodli jadval simvollarining shartli belgilanishi, ichki kodli bog‘lanish orasidagi moslikni ifodalaydi. Odatda kodlar o‘n oltilik yoki o‘nlik sonlar orqali tasvirlanadi.
Kodli jadval-quyidagi simvollar guruhini tasvirlashi lozim:
boshqaruvchi simvollar;
arifmetik amallarning belgilari;
raqamlar va yozuv belgilari;
lotin alifbosining xarflari; - psevdografik simvollar; - matematik simvollar.
Bosmaga chiqaruvchi qurilmani boshqarish uchun maxsus maqsadlarda foydalaniladigan boshqaruv simvollari qo‘llaniladi. Arifmetik amallarning yozuvli belgilari - ba’zi bir maxsus simvollar hamda raqamlar, shuningdek matnli va sonli ma’lumotlarni tasvirlash uchun zarurdir.
Lotin alifbosining xarflari unga moslashgan algoritmik tillarning matnli ma’lumotlarini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, ulardan mashinaga bog‘lik bo‘lgan va mashinaga bog‘lik bo‘lmagan algoritmik tillarning matnlarini ifodalash uchun foydalanish mumkin. Milliy alifbo harflari esa turli tillarda matnli ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun xizmat kiladi.
Psevdografikli simvollar o‘z navbatida matnli rejimda oddiy grafikli tasvirlarni ko‘rsatishda qo‘llaniladi. Bunday simvollar yordamida monitor ekranida va bosmaga chiqaruvchi qurilmalarda oddiy figuralar, shtrixlar va to‘rtburchaklarni chizish mumkin.
Matematik va boshka maxsus simvollar (yig‘indi, tenglik, katta va teng, kichik yoki teng va hokazo) matematik formulalar hamda amallarni tasvirlashda xizmat qiladi.
1-jadvalda simvollarning kodlari (ASCII kodlari) keltirilgan. Boshqaruv signallari va o‘nli kod simvollari "0"-dan "127"- gacha bo‘lgan boshqaruv signallari va unli sonli simvollar ASCII kodlashtirish standartiga mos keladi. ASCII kodlashtirish standarti ASCII-ning asosiy jadvali hisoblanib, simvollarni kodlashda atiga 7-ta bit ishlatiladi.
Jadvalda boshqaruvchi deb nomlanadigan boshlang‘ich 32 ta (0-31) kod keltirilmagan. Bu kodlar ma’lumotlarni printerlarga chiqaruvchi maxsus vazifalarni bajaruvchi signallarni tasvirlashda, shuningdek signallarni modemlar orqali aloqa tarmoqlariga uzatishda ishlatiladi.
ASCII kodlarining asosiy jadvalidan ko‘rinib turibdiki, 32 dan 127 gacha bo‘lgan o‘nli kodlar - belgilar to‘plamini, arifmetik amallarni, raqamlarni hamda lotin alifbosining harflarini kodlashtirish uchun xizmat qiladi. Jadvalning qolgan qismi (128 dan 255 gacha bo‘lgan o‘nli kodlar) ASCII standartining imkoniyatlarini oshiradi. Ular kompyuterni turli modellari uchun o‘zgarishi mumkin. Jadvalning bu ikkinchi qismida simvollarni kodlashtirish uchun 8 bitdan foydalaniladi. U asosan milliy alifbolar, psevdografikli, matematik va boshqa ko‘rinishli simvollarni kodlashtirish imkonini beradi.
Terminal va printerlardagi kodlari
32
48 – O
64 – @
80 – P
96 - .
33 - !
49 – 1
65 – A
81 – Q
97 – a
34 – “
50 – 2
66 – B
82 – R
98 – b
35 - #
51 – 3
67 – C
83 – S
99 – c
36 -$
52 – 4
68 – D
84 – T
100 - d
37 -%
53 – 5
69 – E
85 – U
101 – e
38 - &
54 – 6
70 – F
86 – Y
102 – f
39 – “
55 – 7
71 – G
87 – W
103 – g
40 – (
56 – 8
72 – H
88 – X
104 – h
41 - )
57 – 9
73 – I
89 – V
105 – I
42 - *
58 - :
74 – J
90 – Z
106 – j
43 - +
59 -;
75 – K
91 – [
107 – k
44 - ,
60 - <
76 – L
92 - \
108 – l
45 - -
61 - -
77 – M
93 - ]
109– m
46 -.
62 - >
78 – N
94 - ^
110- n
47 - /
63 - ?
79 – O
95 - _
111- o
128 –A
144 – P
160 – a
176 -░
192-└
208-╨
224-r
240- Yo
129 –B
145 – C
161-b
177-▒
193-┴
209-╤
225-s
241- yo
130 – B
146 – T
162-v
178-▓
194-┬
210-╥
226-t
242- /
131 –G
147 - U
163-g
179-│
195-├
211-╙
227-u
243- \
132- D
148– F
164-d
180-┤
196-─
212-╘
228-f
244- /
133- Ye
149– X
165-e
181-╡
197-┼
213-╒
229-x
245- \
134 –J
150 –S
166-j
182-╢
198-╞
214-╓
230-ts
246- →
135- Z
151 – Ch
167-z
183-╖
199-╟
215-╫
231-ch
247- ←
136 –I
152- Sh
168-i
184-╕
200-╚
216-╪
232-sh
248-↑
137 –Y
153- Щ
169-y
185-╣
201-╔
217-┘
233-щ
249-∙↓
138 – K
154 –’
170-k
186-║
202-╩
218-┌
234-’
250-·÷
139 –L
155- Ы
171-l
187-╗
203-╦
219-█
235-ы
251-yo
140- M
156 –
172-m
188-╝
204-╠
220-▄
236-
252- №
141 –N
157 – E
173-n
189-╜
205-═
221-▌
237-e
253- ¤
142 –O
158- Yu
174-o
190-╛
206-╬
222-▐
238-yu
254-∞
143 –P
159 – Ya
175-p
191-┐
207-╧
223-▀
239-ya
255-
II. Amaliy mashg‘ulotni bajarish tartibi
Amaliy mashg‘ulotning ishining uslubiy qismini o‘rganib chiqing.
Familiyangiz, ismi sharifingizni va fakultetingiz nomini amaliy daftaringizda lotin tilida yozing.
Jadvaldan foydalanib, yozgan matningizni ASCII kodi asosida qayta yozib chiqing.
Daftarda yozilgan kodli simvollarni klaviatura orqali quyidagicha kiriting:
a) o‘ng tomondagi ALT tugmasi bosib turiladi.
b) har bir xarfning kodi o‘ng tomondagi sonlar orqali yozilgandan so‘ng, ALT tugmasi bo‘shatiladi.
v) shu tartibda kodlar orqali yozilgan matn ekranga chiqariladi.
III. Laboratoriya ishini bajarish tartibi Laboratoriya ishining nazariy qismini o‘rganib chiqing.
Jurnaldagi tartib raqamingizga mos bo‘lgan variantni tanlang.
Topshiriklarning talabidan kelib chiqqan xolda laboratoriya ishini bajaring.
IY. Laboratoriya ishini topshirish tartibi Talabaning tanlangan varianti bo‘yicha bajargan ishi laboratoriya hisobotida to‘liq ifodalangan bo‘lishi kerak.
Talaba tomonidan bajarilgan laboratoriya ishi o‘kituvchi tomonidan so‘rov o‘tkazish orqali qabul qilinadi.