1-Mavzu : Chorvachilikni xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, holati va rivojlanish istiqbollari Reja



Yüklə 62,33 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü62,33 Kb.
#178170
1   2   3
1-мавзу

2-masala.
Istiqlol yillarida Mamlakatda chorvachilikka oid bo‘lgan ko‘plab davlat qonunlari, Prezident farmon va qarorlari vazirlar Mahkamasining qarorlari va Davlat dasturlari qabul qilingan. Shu davr mobaynida chorvachilikning barcha tarmog‘i barqaror rivojlanib, bu jarayon ayniqsa, keyingi yillarda yanada jadallashgan.
Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlarida 15 mlrd. parranda, 1,3 mlrd qoramol, 1,7 mlrd qo‘y va echkilar parvarish qilinmoqda. Har yili 5 mlrd boshga yaqin hayvon (asosan tovuqlar) go‘sht uchun so‘yiladi. Har yili 300 mln. tonna atrofida go‘sht (jon boshiga 42 kg) 600 mln. tonna sut ishlab ishlab chiqarilmoqda. Hozir 7 mlrd. dunyo aholisi bo‘lib, 2050 yilga kelib, 9,1mlrd kishiga yetishi kutilmoqda.
2023 yil 1 yanvar holati bo‘yicha O‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari zootexnikaviy tahlil qilindi.
Respublika davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarini tahlili shundan dalolat beradiki, Respublikamizning barcha toifa xo‘jaliklarida jami qoramollar bosh soni 2023 yil 1 yanvar holati bo‘yicha 13857,6 ming boshga teng bo‘lgan.
Bu ko‘rsatkich turli mulk shaklidagi xo‘jaliklar kesimida tahlil qilinganda, jami 13857,6 bosh qoramolning: 951,3 ming boshi yoki 6,9 foizi fermer xo‘jaliklarida, 12664,9 ming bosh yoki 91,4 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida hamda 241,4 ming bosh yoki 1,7 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jaliklarda urchitib kelinayotganligi kuzatildi.
Urchitilayotgan jami qoramollarning 4965,7 ming bosh yoki 35,8 foizini sigirlar tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklar kesimida tahlil qilinganda, jami 4965,7 bosh sigirni 366,9 ming boshi yoki 7,4 foizi fermer xo‘jaliklarida, 4517,1 ming bosh yoki 91,0 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida hamda 81,7 ming bosh yoki 1,6 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jaliklarda urchitib kelinayotganligi kuzatildi.
Urchitilayotgan qoramollar bosh sonini viloyatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchi o‘rinda Samarqand viloyati bo‘lib Respublikadagi jami qoramollarning 1694,0 ming yoki 12,2 foizi urchitilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati bo‘lib, jami qoramollarni 1688,8 ming yoki 12,2 foizi, uchinchi o‘rinda Buxoro viloyati bo‘lib, Respublikadagi jami qoramollarni 1328,9 ming boshi yoki 9,6 foizi urchitilmoqda. Demak shu 3 ta viloyatlarda Respublikada urchitilayotgan jami qoramollarni 4711,7 ming boshi yoki 34,0 foizi urchitilar ekan.
Qoramollarning bosh soni bo‘yicha Respublikadagi viloyatlar orasida mutanosib ravishda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm, Jizzax, Namangan, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri turadi hamda jami qoramollarni tegishli tarzda: 1208,7 ming boshi yoki 8,7 foiz, 1130,6 ming boshi yoki 8,2 foiz, 1075,2 ming boshi yoki 7,8 foiz, 1044,9 ming boshi yoki 7,5 foiz, 987,7 ming boshi yoki 7,1 foiz, 961,7 ming boshi yoki 6,9 foiz, 943,1 ming boshi yoki 6,8 foiz, 760,0 ming boshi yoki 5,5 foiz, 541,7 ming boshi 3,9 foiz, 492,3 ming boshi yoki 3,6 foiz; 9,3 ming boshi yoki 0,07 foizi urchitib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2023 yil 1 yanvar holati bo‘yicha mavjud chorva mollarini soni to‘g‘risida ma’lumot, ming bosh



Viloyatlar

Qoramol

Shundan sigirlar

Qo‘y va echkilar

Otlar

Parrandalar

Jami

%

Jami

%

Jami

%

Jami

%

Jami

%

Qoraqalpog‘iston respublikasi

1208,7

102,8

350,2

102,8

1213,8

103,0

27614

103,4

5196,9

102,8

Andijon

1130,6

102,5

389,5

102,3

1526,5

102,4

7222

101,7

10536,7

111,7

Buxoro

1328,9

103,4

434,7

102,9

2416,0

104,9

7237

106,5

6721,2

107,8

Jizzax

943,1

102,7

265,5

102,5

2320,5

102,9

28998

103,7

3944,6

108,3

Qashqadaryo

1688,8

101,6

558,4

102,0

4919,5

102,8

35615

104,8

6402,6

104,9

Navoiy

541,7

102,5

218,4

101,5

2378,6

102,5

21541

101,6

3403,1

104,8

Namangan

760,0

102,7

260,5

102,4

825,0

102,7

7004

104,7

6066,4

107,1

Samarqand

1694,0

102,2

736,7

101,8

2607,3

102,4

28740

103,2

14278,5

105,4

Surxondaryo

1044,9

102,1

400,6

101,1

2535,4

102,3

16170

104,6

5128,2

100,4

Sirdaryo

492,3

102,4

177,0

103,2

378,8

104,4

16221

106,7

4315,3

105,6

Toshkent

978,4

102,1

418,0

101,9

1086,2

101,3

56274

101,2

16231,4

104,5

Farg‘ona

1075,2

101,9

387,6

102,2

918,4

102,8

10258

104,7

8499,1

104,4

Xorazm

961,7

101,4

365,1

101,1

485,1

102,9

5815

101,5

6518,0

106,8

Toshkent sh.

9,3

145,3

3,5

233,3

12,6

148,2

438

148,5

68,2

242,7

Jami

13857,6

102,3

4965,7

102,1

23623,7

102,8

269147

103,4

97310,2

105,8

Viloyatlarda urchitilayotgan qoramollar bosh sonini turli mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklar kesimida tahlil qilganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldik: 1123,6 boshi yoki 92,9 foizi, 1041,9 ming boshi yoki 92,1 foizi, 1200,9 ming boshi yoki 90,4 foizi, 850,8 ming boshi yoki 90,2 foizi, 1558,9 ming boshi yoki 92,3 foizi, 481,6 ming boshi 88,9 foizi, 707,9 ming boshi yoki 93,1 foiz, 1588,3 ming boshi yoki 93,8 foizi, 962,7 ming boshi yoki 92,1 foizi, 436,3 ming boshi 88,6 foizi, 848,7 ming boshi yoki 85,9 foizi, 985,5 ming boshi yoki 91,6 foizi, 877,8 ming boshi yoki 91,3 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida urchitilmoqda. Qolgan tegishlicha: 7,4; 7,8; 9,6; 9,8; 7,7; 11,1; 6,8; 6,2; 7,9; 11,4; 14,1; 8,3 va 8,7 foizi esa fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar zimmasiga to‘g‘ri keladi.


2023 yil 1 yanvar holatidagi 23623,7 ming bosh qo‘y va echkilarning 3506,1 ming boshi yoki 14,8 foizi fermer xo‘jaliklarida, 18531,7 ming boshi yoki 78,5 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida hamda 1585,9 ming boshi yoki 6,7 foizi qishloq xo‘jalik korxonalarida urchitilmoqda.
Jami urchitilayotgan qo‘y va echkilarni viloyatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati bo‘lib, jami qo‘y-echkilarni 4919,5 ming boshi yoki 20,8 foizi shu viloyat xo‘jaliklarida urchitiladi. Ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyati bo‘lib, respublika bo‘yicha jami qo‘y-echkilarning 2607,3 ming boshi yoki 11,0 foizi, uchinchi o‘rinda Surxondaryo viloyati bo‘lib, jami qo‘y-echkilarning 2535,4 ming boshi yoki 10,7 foizi urchitiladi. Ushbu uchta viloyatlarda Respublikada urchitilayotgan jami qo‘y-echkilarning 42,5 foizi urchitiladi.
Qo‘y va echkilarning bosh soni bo‘yicha Respublikadagi viloyatlar orasida mutanosib ravishda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri turadi hamda jami qo‘y va echkilarni tegishli tarzda: 1213,8 ming boshi yoki 5,1 foiz, 1526,5 ming boshi yoki 6,5 foiz, 2416,4 ming boshi yoki 10,25 foiz, 2320,5 ming boshi yoki 9,8 foiz, 2378,6 ming boshi yoki 10,0 foiz, 825,0 ming boshi yoki 3,5 foiz, 378,8 ming boshi yoki 1,6 foiz, 1086,2 ming boshi yoki 4,6 foiz, 918,4 ming boshi yoki 3,9 foiz, 485,1 ming boshi yoki 2,2 foiz, 12,6 ming bosh yoki 0,05 foiz qo‘y-echki urchitilmoqda.
Chorvachilikni yana bir asosiy tarmog‘i yilqichilik hisoblanadi. 2023 yil 1 yanvar holati bo‘yicha 269147 boshga yetgan. Shunga munosib ravishda: 62554 boshi yoki 23,2 foizi fermer xo‘jaliklarida, 190669 boshi yoki 70,9 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida, 15924 boshi yoki 5,9 foizi qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarida parvarishlanmoqda.
Jami parrandalarni viloyatlar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchi o‘rinda Toshkent viloyati bo‘lib, Respublikadagi jami otlarning 56274 ming boshi yoki 20,9 foizi, ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyati bo‘lib, jami yilqilarning 35615 boshi yoki 13,2 foizi, uchinchi o‘rinda Jizzax viloyati bo‘lib, jami yilqilarning 28998 ming boshi yoki 10,8 foizi shu viloyatlarning xo‘jaliklarida urchitilmoqda.
Chorvachilikni yana bir asosiy tarmog‘i parrandachilik hisoblanib, yildan-yilga rivojlanib bormoqda. 2023 yil 1 yanvar holati bo‘yicha 97310,2 ming boshga yetgan. Shunga munosib ravishda: 16043,9 ming boshi yoki 16,5 foizi fermer xo‘jaliklarida, 51518,9 ming boshi yoki 52,9 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida, 22878,4 ming boshi yoki 30,6 foizi qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarida parvarishlanmoqda.
Jami parrandalarni viloyatlar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchi o‘rinda Toshkent viloyati bo‘lib, Respublikadagi jami parrandalarning 16231,4 ming boshi yoki 16,7 foizi, ikkinchi o‘rinda Samarqand viloyati bo‘lib, jami parrandalarning 14278,5 boshi yoki 14,7 foizi, uchinchi o‘rinda Andijon viloyati bo‘lib, jami parrandalarning 8614,8 ming boshi yoki 10,8 foizi shu viloyatlarning xo‘jaliklarida urchitilmoqda
Xulosa. Respublikamizda chorvachilik tarmoqlari o‘tgan yilga nisbatan qoramollar 2,3 foiz, shundan sigirlar 2,1 foiz, qo‘y-echkilar 2,8 foiz, otlar 3,4 foiz, parrandalar 5,8 foiz o‘sish kuzatilgan. Bu ko‘rsatkich fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida hamda qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar kesimida qoramolchilikda 7,0; 1,9; 7,6; shundan sigirlar 5,6; 1,7; 12,5; qo‘y-echkilar 7,2; 1,6; 9,3; otlar 6,3; 2,1; 8,2; parrandalar 6,5; 0,4; 16,4 foiz o‘sish kuzatilgan. Qoramollar, qo‘y-echkilar, otlar va parrandalarning katta qismi: mos ravishda 91,4; 78,5; 70,9; 52,9 foizi dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida urchitilib kelinmoqda.


3-masala.
2023 yil 1 yanvar holati bo‘yicha O‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari zootexnikaviy va tahliliy usullar yordamida barcha toifadagi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari hamda ushbu mahsulotlarni yetishtirish bo‘yicha yetakchilik qilgan viloyatlar tahlil qilindi.
2023 yil 1 yanvar holatiga respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumot 2-jadvalda keltirilgan.
2023 yilda jami yetishtirilgan mol va parranda go‘shti 2725998 tonnani tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 3,4 foizga teng bo‘lgan. Jami ishlab chiqarilgan go‘shtning 159228 tonnasi, yoki 5,8 foizi fermer xo‘jaliklarida, 2395920 tonnasi, yoki 87,9 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida va 170850 tonnasi, yoki 6,3 foizi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda yetishtirilgan.
2-jadval

Yüklə 62,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin