Bitta metodda oddiy parametr va o'zgaruvchan uzunlik paramsparametri mavjud bo`lsa, o'zgaruvchan uzunlik parametri metodning parametrlari ro'yxatining oxirida ko'rsatilishi kerak. Lekin har qanday holatda ham params turdagi parametr yagona bo'lishi kerak.
Savollarga javobni 1 ta Microsoft MS Word hujjatda savollar raqamini yozib javoblari bilan jo`nating!!! !!! Yodda tuting nazorat savollari belgilangan vaqtdan kechiktirmasdan jo`natish lozim!!! Nazorat savollari 1. Ref va out parametr modifikatorlarini ishlatish haqida ma`lumot bering. 2. Ref parametr modifikatoridan foydalanish haqida ma`lumot bering. 3. Out parametr modifikatoridan foydalanish haqida ma`lumot bering. 4. Ref va out parametrlarning farqi bormi? Misollar keltiring. 5. out parametrlardan foydalanishda cheklanish bormi? Misollar keltiring. 6. Metoddan obe’ktni qaytarish haqida ma`lumotlar bering. 7. Majburiy bo`lmagan argumentlar haqida ma`lumotlar bering. 8. Majburiy bo`lmagan argumentlarning joylashishida qanday cheklanish mavjud? Misollar keltiring. 9. Majburiy bo`lmagan argumentlar majburiy argumentdan chap tomonda joylashishi mumkinmi? Misollar keltiring. 10. C# da metodlar faqat asosiy tiplarda natija qaytaradimi? Misollar keltiring. 11. C# da metodlardan ob`ektni natija sifatida qaytarish mumkinmi? Misollar keltiring.
3-Mavzu: Rekursiya. Rekursiya tushunchasi. Rekursiv metodlar bilan ishlash.
3-Mavzu
3-Mavzu
Reja: 1. Rekursiya 2. Rekursiv metod (funksiya ) 3. Rekursiyaga doir amaliy misollar.
1. Rekursiya
C# tilida metod o'zini o'zi chaqirishi mumkin. Bu jarayon rekursiya deb ataladi va o'zi-o'zini chaqiruvchu metod rekursivdir. Umuman olganda, rekursiya-bu o'zini o'zi aniqlash jarayoni. Shu nuqtai nazardan, u davriy siklga o'xshaydi. Rekursiv metod operatorida o`zini-o`zi chaqirilishi bilan ajralib turadi. Rekursiya-dasturni boshqarishning samarali mexanizmi hisoblanadi.