1-mavzu. Adabiy til – nutq madaniyatining asosi



Yüklə 23,99 Kb.
səhifə1/2
tarix20.02.2022
ölçüsü23,99 Kb.
#52859
  1   2
1-mavzu.


1-mavzu. Adabiy til – nutq madaniyatining asosi
1.Nutq madaniyati. Nutq madaniyati bilan adabiy til me’yorlari o‘rtasidagi bog‘lanish.

2.Nutqiy faoliyat turlari va ularda adabiy til me’yorlariga amal qilish.

3.Nutqning sofligi va unga putur yetkazuvchi unsurlar.


Tayanch so’z va tushunchalar:

Notiqlik san’ati, ritorika, nutq odobi, voizlik, madaniy mantiqiylik, ifodaviylik, nutq boyligi, nutq sofligi, til me’yori, leksikologiya va semasiologiya, logika, estetika, adabiyot nazariyasi.
Nutq madaniyati umuminsoniyat madaniyatining bir qismi bo’lib hisoblanadi. Tor ma’noda nutq madaniyati – til me’yorlarini egallamoq, ya’ni talaffuz, urg’u, so’z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq holda foydalana olish va ifodali o’qish madaniyatini egallash demakdir.

Nutq madaniyati atamasi rus tilida yozilgan adabiyotlarda asosan 2 xil:

1. Nutqning fazilatlari yig’indisi.

2. Namunaviy nutq sirlarini egallash haqidagi ta’limot ma’nolarida ishlatiladi.

Madaniy nutqning fazilatlari deganda, uning to’g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi, sofligi kabilar tushuniladi.

Nutq madaniyati haqidagi ta’limot o’zining uzoq o’tmishiga ega. U ta’limot sifatida Rim va Afinada shakllangan bo’lsa ham, unga qadar Misrda, Assuriyada, Vavilon va Hindiston mamlakatlarida paydo bo’lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. U paytlarda har bir davlat arbobining notiq bo’lishi shart bo’lgan. Notiqlik san’ati sarkardalik mahorati bilan baravar darajada ulug’langan. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratiladi. Uning setseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqadi. Eramizning 335 yilida Aristotelning “Ritorika”si yaratildi. Unda notiq oldidagi eng muhim vazifalar belgilab berildi.

So’z notiqligining katta nomoyandalaridan biri setseron “Notiq haqida”, “Notiq” “Brut” asarlari bilan notiqlik san’ati nazariyasiga katta hissa qo’shdi.

Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintiliandir. U o’zining “Notiq bilimi haqida” kitobida bilimdonlikni notiqlikning birinchi sharti qilib quyadi. U: «Notiklikka doir bilimni juda yoshlikdan o’rgana borish, nutq tinglovchiga tushunarli bo’lishi kerak” - , deydi. U: “Sen shunday so’zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin”,- degan edi.

Xullas, qadimgi Yunoniston va Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi rivojlantiriladi. Bu nazariya keyinchalik yevropada nutq madaniyatiga bag’ishlangan fanning maydonga kelishiga asos bo’ldi.

Sharqda, jumladan Movarounnahrda ilmiy ijodning taraqqiyoti bilan, shuningdek, va’zxonlik, “Qur’on”ni targ’ib qilish bilan birga so’zning ahamiyati, ma’nosi va undan maqsadga muvofiq foydalanish borasida qadimdan ko’p yaxshi fikrlar aytilgan.

Va’zxonlikning, balog’at (chechanlik, notiqlik) san’atining rivojlanishi bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshgariy, Zamahshariy, Abu YA’kub Sakkokiy tilga, lug’atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag’ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.

Qadimgi SHarq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri “Qobusnoma”da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz gaplar aytilgan bo’lib, ular hozir ham o’z ahamiyatini yuqotmagandir. “Qobusnoma” Kaykovus tomonidan 1082-83 yillarda yaratilgan bo’lib, 44-bobdan iborat. Uning 6-7 boblari so’z odobi haqidadir. Asar muallifining farzandiga qilgan nasihatlari sifatida yozilgandir. U farzandini yoqimli, muloyim, o’rinli so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi: "So’zni o’z joyida so’zla, joyida aytilmagan so’z, agar u yaxshi so’z bo’lsa ham yomon ko’rinadi.” Kishi suxandon va notiq bo’lishi lozim... Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening so’z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar...

XII-XIII asr mutafakkirlari Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar ham o’z asarlarida so’zni qadri, undan foydalanish, kam so’zlab ko’p ma’no yuklash, ravshan fikrlash kabi masalalar yuzasidan ibratli fikr bildirganlar.

O’zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy o’z ijodi bilan turkiy tilning boyliklarini namoyon etdi. Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug’atayn”, “Mahbubul-qulub”, “Nazm ul-javohir” asarlari o’zbek tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga, uning yuksalishiga katta hissa qo’shdi. Navoiy “Mahbubul-qulub”da shunday deydi:” Tilga iqtidorlik - hakimi xiradmand: so’zga ixtiyorsiz-layni najand. Tilki fasih va dilnazir bo’lg’ay, xubroq bo’lgay agar ko’ngul bila bir bo’lgay”

Tiliga kuchi yetadigan kishi aql podishosidir: so’zga ahamiyat bermaydigan kishi la’natlangan, past kishidir.

Til go’zal dillarni olovlantiruvchi bo’lishi bilan birga (so’zlovchining) dilidagini aks etirsa, yanada yaxshiroq bo’ladi.

Ravshanki, bunda Navoiy til deganda nutqni nazarda tutgan.

O’zbek badiiy nutqi tarixida Z. M. Bobur alohida o’rin tutadi. Shoirning nazmi va “Boburnoma”si nutqning go’zal namunalaridir, “Boburnoma”ni XV asrning eng yaxshi prozaik asari deb tan olishlari bejiz emas, albatta. Bobur o’zi hammabop yozish bilan birga, boshqalarga ham shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumladan, o’z o’g’li Humoyunga yozgan bir xatida birovga yuboriladigan maktubni muallifning o’zi bir necha bor o’qib ko’rishi, uning ravonligiga, so’zlarning ko’zda tutilgan ma’noni to’g’ri aks ettirayotganligiga ishonch hosil qilgandan so’ng jo’natishga chaqiradi.

"Xatingni xud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, vale bu mug’lak alfozingdin maqsud tamom mafxum bo’lmaydur. G’olibo xat bitirda koxilliging ham ushbu jihatindur. Takalluf qilmay deysan, ul jihatdin mug’lak bo’ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham senga tashvish ozroq bo’lur va ham o’qig’uvchiga”

Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, SHarq mutafakkirlari notiq oldiga tilni puxta o’rganish, uning lug’aviy boyligi va grammatikasini puxta egallash, mantiqli so’zlashni egallash, go’zal, ta’sirchan nutq tuza bilish, til boyliklarini maqsadga muvofiq holda o’rinli ishlatish vazifalarini oldingi o’ringa quyadilar.

Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish moduli o’zbek tilshunosligining o’ziga xos amaliy sohasidir. U tilshunoslikning nazariy kurslaridan olingan bilimlarga suyangan holda to’g’ri va chiroyli nutq tuzish yo’llarini o’rgatadi. Nutq madaniyati – amaliy jihatdan nutqning xilma-xil muommolarini tadqiq qiladi, chiroyli nutq tuzishning konuniyatlari, sirlari, til, til me’yorlari, nutq, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.

Nutq madaniyatining tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning kommunikativ (aloqa uchun kerakli fazilatlaridir). Nutq madaniyati nazariyasida til normasi markaziy tushunchadir. “Til madaniyatining asosiy tekshirish ob’ekti adabiy til me’yorlari, asosiy vazifasi esa ushbu me’yordagi ikkilanishlarni bartaraf etish bo’lmog’i kerak. Til me’yorlarining muhimligi haqida rus tilshunosi L.I. Skvorsov obrazli qilib shunday degan edi: “Ijtimoiy madaniy hayotda til me’yorlari bir mash’aldirki, nutq faoliyatining qirg’oqsiz okeanida til jamoasi unga qarab intiladi, tayanadi”

Har bir davr adabiy tilining o’z me’yorlari bo’ladi. Ba’zi bir hodisalar uzok davrlar me’yor sifatida ko’llanilib kelishi mumkin. Alisher Navoiy ijod etgan XV asr o’zbek adabiy tilining o’z me’yorlari mavjud edi, ularga ko’ra tilning fonetikasi, grammatikasi va stilistikasidan foydalanishning o’z me’yori bor edi. U davr adabiy tilining o’z talaffuz me’yorlari ham bo’lgan. Bu adabiy me’yorlar jiddiy o’zgarishlarga uchramasdan badiiy adabiyot tilida XIX asr oxirlarigacha amal qilib keldi.

O’zbek demokratik adabiyoti vakillari, ilg’or yozuvchilar xalq hayotini, adolatsiz, lekin kengroq tasvirlash jarayonida o’z asarlarining tilini xalq tiliga yaqinlashtirishga harakat qildilar. Bu adabiy tilga yangi me’yoriy hodisalarning kirib kelishiga olib keldi. Bu borada, ayniqsa, Muqimiy, Furqat, keyinroq Hamza, A.Qodiriy, A.Avloniy, Mirmuhsin Mirmuxammedov, Fitrat, CHo’lpon, Sufizoda kabilarning xizmatlari kattadir.

Bizning davrimizda uzbek adabiy tili me’yorlari jiddiy yangilandi: suz kullash, grammatika, talaffuz me’yorlari xalk jonli tili xususiyatlari asosida uzgardi.

Nutq madaniyati tilning hamma sohalari bo’yicha adabiy til me’yorlarini tadqiq qilib boradi. Eng maqbul hodisalarning adabiy me’yor sifatida mustahkamlanishi uchun tavsiyalar beradi. Biroq bu fan adabiy me’yorlar yaratmaydi, ba’zi bir hodisalarni majburan me’yorga kiritmaydi. Balki o’zbek milliy adabiy tili faoliyatini, uning rivojlanishini kuzatib boradi, ob’ektiv qonunlarni kashf etadi, yangi tavsiyalar beradi, xolos.

Har bir nutqda tilning hamma qismlari ozmi-ko’pmi o’z ifodasini topadi. Tilning biror sohasi qatnashmay qolgan nutqning bo’lishi mumkin emas. Demak, har qanday nutqda tilning fonetikasi ham, leksikasi ham, so’z yasalishi, morfologiyasi ham, sintaksisi, stilistikasi ham ishtirok etgan bo’ladi. SHunday ekan, nutq madaniyati ham tilshunoslikning hamma tarmoq fanlari bilan bog’langandir.

Nutq madaniyati uslubshunoslik (stilistika)ga ham yaqindir. Uslubshunoslik til uslublarini o’rganadi. Nutq madaniyati asoslari esa tilshunoslikning til me’yorlariga aloqador hamma sohalari bilan bog’langandir. Nutq madaniyati asoslarining asosiy tayanchi hozirgi o’zbek adabiy tilining grammatikasidir, chunki nutqning to’g’riligi uning asosiy fazilati bo’lib, u grammatik me’yorlar sistemasini, bu sistemani kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi shart-sharoitlarni o’rganadi. Ammo u me’yorga bo’ysunuvchi grammatik kategoriyalar, shakllar, ma’nolarni o’rganmaydi.

Nutq madaniyati asoslari leksikologiya va semosiologiyaga qattiq bog’langandir, chunki nutqning aloqaviy sifati hisoblangan aniqlik, to’g’rilikni so’zning lug’aviy ma’nolarining aniq tavsifisiz tushunib bo’lmaydi. Nutqning mantiqiyligi so’z ma’nolarining ma’no va mazmuniy bog’lanishlariga asoslanadi. Nutqning soflik, ifodaviylik, o’rinlilik kabi aloqaviy fazilatlari ham nutq madaniyati fanini leksikologiya va semasiologiya bilan bog’laydi.

Nutq madaniyati fani hamma vaqt mantiq va ruhshunoslikka suyanadi. Mantiqning so’zlar va butun bir gapdan chiqadigan tushunchalarini belgilaydi. So’zlarning ma’nosi va ifodalanayotgan tushuncha o’rtasidagi munosabatni mantiq tekshiradi. Sintaktik tuzilmalar orasidagi mazmuniy aloqalarning jiddiyligiga shubha paydo bo’lganda mantiqqa murojaat qilish zarurati tug’iladi.

Bunday paytlarda asosiy tushunchalarni xam, mantiqiy kategoriyalarini ham taqqoslash, farazlar va teoremalarni xam ishga solishga to’g’ri keladi. Mantiqiylikka murojaat qilish, xususan, gapni tavsiflash, uning mantiqan manfiy va musbat tomonlarini aniq belgilash paytida yanada zarur bo’ladi.

Nutq qurilishi o’rinli va o’rinsiz bo’lib ko’ringan holatlarda ruhshunoslikka murojaat qilishga to’g’ri keladi. Tilning o’rinsiz qo’llangan u yoki bu vositasi kishilar ruhiy holatini qay darajada vayron etishini ruhshunos aytib bera oladi. Ruhshunos kishi nutqiy malakalarini kengaytirish va mustahkamlash sharoitlarini hamda vositalarini, ularning mukammallashuvini o’rganish orqali Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish moduliga yordam berishi mumkin.





Yüklə 23,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin