1-mavzu aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosi. O‘zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi



Yüklə 133,67 Kb.
səhifə18/34
tarix17.08.2023
ölçüsü133,67 Kb.
#139661
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
9 nomer

Nazorat savollari.

  1. Favqulodda vaziyatlarda aholini qanday himoya qilish

  2. Radiaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi ko’riladigan chora tadbirlar.

  3. Aholini ko‘chirishni tashkil etish va o‘tkazish qanday amalga oshiriladi

  4. Halqaro terrorizm va uning salbiy oqibatlari haqida nima bilasiz

  5. Halqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning o’rni



3-MAVZU.
AHOLI VA HUDUDLARNI ZAMONAVIY QIRG‘IN VOSITALARIDAN MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH. AHOLI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLAR-DAN MUHOFAZA QILISHDA BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH.


REJA:

      1. Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirnsh maqsadi va vazifalari.

      2. Fuqaro muhofazasi ob’ektlarida tuzilgan rejaga bo‘lgan asosiy talablar. Fuqaro muhofazasi rejasining mazmuni

      3. Favqulotdagi vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutqarish va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib boorish

      4. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqibatini bartaraf etish

      5. Tabiiy ofatlar nohiyalaridagi qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar



Tayanch iboralar: kuchli ta’sir etuvchi, qutqarish, kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari.


Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarni rejalashtirnsh maqsadi va vazifalari.
Fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarini rejalashtirish - bu fuqaro muhofazasini boshqarish jaayonining eng muhim tarkibiy qismi. U tinchlik va harbiy sharoitlarini tahlil qilish va ularga baho berish, urush vaqtida aholini muhofaza qilish va iqtisodiyot ob’ektlari va tarmoqlarining chidamligini oshirish yuzasidan fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishga, avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazishga, boshqaruv tadbirlarini har tomonlama ta’minlab turishdan iboratdir. Rejaning to‘liq ishlab chiqilishi o‘zini muvaffiqiyatli bajarilishini va bosh vazifa – aholi va moddiy boyliklar muhofaza qilinishi hal etilishini ta’minlaydigan tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishidan iborat. SHuning uchun rejada aniq tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari va ijrochilari aniq ko‘rsatiladi. Reja bo‘limlarining bayoni qisqa bo‘lishi ulardan foydalanish oson bo‘lishi uchun kerak. SHuning uchun rejaning mazmunli bo‘lishiga undagi hamma tadbirlar to‘liq ishlab chiqilgan grafik yo‘l bilan erishiladi. Tushintirishlar, jadvallar, sxemalar, grafiklar, suratli sharhlar tushintirish xatlari tarzida beriladi (bu ikki talabni rejaning ilova jadvalida ko‘rsatilsa bo‘ladi).
Vaqtning qat’iy hisobga olinishi rejalashtirilgan har bir tadbir sifatli va to‘liq hajmda bajarilishi uchun kerak. Rejaning aniq va real bo‘lishi u bajarilishining zarur tartibi hisoblanadi. Buning uchun mahalliy sharoit ma’lumotlari sinchiklab o‘rganiladi: ehtimol bo‘lgan vayronalik, talofatlar, moddiy zarar oldindan bashoratlanadi, oqibatlarini yo‘qotilishi uchun kerakli kuch va vositalarga bo‘lgan talab hisoblab chiqiladi. Aholi va hududlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariiing asosiy vazifalarini bajarilishini ta’miilash fuqaro muhofazasi rejasi va uning mukammalligi bilan uzviy bog‘lik.
Fuqaro muhofazasi rejasi, qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam berishi kerak bo‘lgan, muhofaza tadbirlarining oldiidan ishlab chiqilgan, asoslangan, moddiy ta’minlangan majmuasidan iborat.
Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish - fuqaro muhofazasini boshqarish jarayonining eng muhim tarkibiy qismn. U tinchlik va harbiy harakatlar davrlari sharoitlarini tahlil qilish va ularga baho berishdan, harbiy harakatlar davrlarida aholini muhofaza qilish va iqtisodiyot ob’ektlari va tarmoqlarining barqarorligini oshirish yuzasidan Fuqaro muhofazasi tadbirlarini belgilashdan, avariya qutqaruv ishlarini o‘tkazishga kuch va vositalarni tayyorlashdan, ularning faoliyatini va boshqaruv organlarini har tomonlama ta’minlashdan iborat. Bu tadbirlar bajarilishi uchun kerakli resurslar ajratiladi, amalga oshirish ketma - ketligi, muddatlari, usullari belgilanadi hamda fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘tkazish uchun masul kishilar tayinlanadi.
Rejalashtirishdan asosiy maqsad favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holda, shuningdek tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatlarini tugatishda Fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.
Fuqaro muhofazasi rejasi umumdavlat miqyosida ishlab chiqilib, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini barvaqt amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular sodir bo‘lganda zarar va talafotlarni kamaytrish maqsadida respublika aholisining idora, hokimiyat vya ob’ektlarning harakat qilish rejalari, shuingdek, FVDTning barcha darajalaridagi hamkorlik rejalari ishlab chiqiladi.
Rejalashtirish tinchlik va harbiy harakatlar davrlariga alohida- alohida amalga oshiriladi va rejani mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiqadilar. Xodimlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni rejalashtirish hujjatlarga, asosan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari hisoblanadi.
Rejani va uning ilovalarini ishlab chiqish uchun FVDT yuqori boshqarma, bo‘limlaridan quyidagi keltirilgan dastlabki ma’lumotlar olinishi kerak:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari, ko‘rsatmalari.
2.O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining nizomi, ko‘rsatmalari va tavsiyalari, rahbar va me’yoriy hujjatlarining talablari.
3.Iqtisodiyot yuqori organlarining ko‘rsatmalari va tavsiyalari.
4. Tuzilmalarning soni, shaxsiy tarkibida hamda aholini va moddiy boyliklarni muhofaza qilish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar.
5. Panajoylar, ularning sig‘imi, boshqa panajoylar qurish imkoniyati.
6. Ob’ektning tavsifi, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati.
7. Toifalangan shaharga favqulodda vaziyatlarda yordam berish imkoniyatlari.
8. Toifalangan shahar iqtisodiyot ob’ektlarining ro‘yxatlari.
9. Potensial xavfli, shuningdek tasarrufida kimyoviy, portlash-yong‘in xavfi mavjud ob’ektlar ro‘yxati.
10. Xavfli hududlardagi aholi punklari haqida ma’lumot.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi tug‘risida”gi Qonuniga asosan “Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi” foliyatini rejalashtirishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkiliy - uslubiy rahbarlik qiladi, hamda u O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasining rejasi loyihasini ishlab chiqadi.

Yüklə 133,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin