1-mavzu aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosi. O‘zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi


Aholini ko‘chirishni tashkil etish va o‘tkazish



Yüklə 133,67 Kb.
səhifə16/34
tarix17.08.2023
ölçüsü133,67 Kb.
#139661
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
9 nomer

Aholini ko‘chirishni tashkil etish va o‘tkazish.


Aholini ko‘chirish - bu tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar zonalarida va ular yuzaga kelish ehtimoli bor zonalardan aholini transportda (piyoda) tashkiliy olib chiqish hamda uni oldindan (FV manbalarining shikastlovchi omillarining ta’sir zonalaridan tashqarida) tayyorlab quyilgan xavfsiz joylarga qisqa muddatli joylashtirish tadbirlari majmuidir.
Ko‘chirish tadbirlarini o‘tkazish xususiyatlari quyidagilarga qarab belgilanadi:
- Favqulodda vaziyatlar manbaining tavsifi (tusi);
- Favqulodda vaziyatlar manbai ta’sir ko‘rsatishining makon-vaqt (tavsiflari);
- Transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholining soni va qamrab olinishi;
- Aholini ko‘chirish tadbirlarining o‘tkazilish vaqti va qanchaliq shoshilinchligi.
Qachonki ko‘chirilishi kerak bo‘lgan aholining hammasi favqulodda vaziyatlar manbaining shikastlovchi omillari ta’sir zonasi chegarasidan tashqariga transportda (piyoda) olib chiqib bo‘linsa, shundagina aholini ko‘chirish tugallangan hisoblanadi. O‘tkazilish vaqti va muddatiga qarab, aholini ko‘chirishning 2 turi (varianti) mavjud:
1. Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlar.
2. SHoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) ko‘chirishlar.
Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlar favqulodda vaziyatlar (potensial xavfli ob’ekglardagi falokatlar yoki tabiiy ofatlar) yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida ishonchli ma’lumot olinganda o‘tkaziladi. Bunga bir necha o‘n daqiqadan bir necha sutkagacha davr ichida favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi qisqa muddatli ishonchli oldindan taxminlash asos hisoblanadi. Bu taxminga shu muddat mobaynida aniqlik kiritilishi mumkin.
SHoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) ko‘chirishlar odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug‘iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelgan, aholining risoladdagidek kun kechirishi buzilgan taqdirda o‘tkaziladi.
Favqulodda vaziyat rivojlana borishi va favqulodda vaziyat zonasidan olib chiqiladigan aholi soniga qarab, ko‘chirishning 3 xil (variant) bo‘ladi:
1. CHeklangan ko‘chirishlar.
2. Mahalliy ko‘chirishlar.
3. Mintaqaviy ko‘chirishlar.
CHeklangan ko‘chirishlar. Favqulodda vaziyat manbai shikast omillarining ehtimol bo‘lgan ta’sir zonasi shahar, kichik tuman yoki qishloq aholi punkti chegarasi ichidan chiqmay, ko‘chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o‘tkaziladi. Bunday holda ko‘chirilgan aholi, odatda, favqulodda vaziyat zonasiga tutash aholi punktlariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga (FV manbaining shikastlovchi omillari ta’sir zonasidan tashqarida) joylashtiriladi.
Mahalliy ko‘chirishlar o‘rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan hollarda o‘tkaziladi. Bunda ko‘chiriladigan aholining soni bir necha mingdan o‘nlab ming kishigacha etishi mumkin bo‘lib, ular, odatda, favqulodda vaziyatlar zonasi bilan yondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi.
Mintaqaviy ko‘chirishlar shikastlovchi omillar anchagina keng moydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham o‘z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuatsiyada favqulodda vaziyat zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi domiy yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko‘chirilishi mumkin.
Favqulodda vaziyat zonasiga tushib qolgan aholining qanchasi ko‘chirish tadbirlari bilan qamrab olinganiga qarab, ko‘chirishning ikki turi (varianti) bo‘lishi mumkin:
1. Yalpi ko‘chirish.
2. Qisman ko‘chirish,
YAlpi ko‘chirish favqulodda vaziyat zonasidan hamma toifa aholi olib chiqilishini nazarda tutadi.
Qisman ko‘chirish favqulodda vaziyat zonasidan mehnatga layoqati bo‘lmagan aholi, maktabgacha yoshdaga bolalar, maktab, hunar-texniqa bilim yurtlari o‘qituvchilari olib chiqilishi zarur bo‘lganda o‘tkaziladi.
Aholini ko‘chirishning ko‘rsatilgan variantlari xavfning yoyilish ko‘lami va tavsifiga, uning amalga oshishining oldindan taxmini qanchalik ishonchliligiga, shuningdek favqulodda vaziyatlar manbai shikastlovchi omillarining ta’sir zonasidagi ishlab chiqarish ob’ektlaridan xo‘jaliqda foydalanish istiqboliga qarab tanlanadi. Odamlar hayoti va salomatligiga xavf borligi aholini ko‘chirish haqida qarorga kelish uchun asos hisoblanadi.
Aholini ko‘chirish haqida qarorga kelish huquqi O‘zbekiston Respublikasi sub’ektlarining hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan yoki favqulodda vaziyatlar xavfi oldindan taxmin qilinayotgan ijroiya hokimiyat idoralarining mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlarining rahbarlarida (fuqaro muhofazasi boshliqlarida) bo‘ladi. Favqulodda vaziyatlarlarning tarqalish chegarasiga, ko‘lamiga va ko‘chirishning qanchalik shoshilinchligi talablariga qarab mahalliy yoki mintaqaviy xarakterga ega bo‘ladi. SHoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) yoki oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirish tegishli fuqaro muhofazasi boshliqlarining ko‘rsatmalari (farmoyishlari)ga binoan amalga oshiriladi.
Kechiktirmay qarorga kelish talab qilinadigan hollarda cheklangan xarakterdagi shoshilinch ko‘chirish potensial xavfli ob’ektning navbatchi yuriqchilik xizmati boshlig‘ining ko‘rsatmasi (farmoyishi)ga binoan o‘tkazilishi mumkin. Boshqaruvning hududiy, idoraviy, ob’ekt idoralari fuqaro muhofazasi boshliqlari (favqulodda vaziyatlar hay’atlari) ko‘chirishga umumiy rahbarliq qiladi.
Aholini ko‘chirish tadbirlarini bevosita tashkil etish va o‘tkazishga esa viloyat, shahar, tumanlar ma’muriyati va iqgisodiyot ob’ekti boshqaruv organlari tashkil etadigan aholini ko‘chirish tashkilotlari rahbarlik qiladi.
Aholini ko‘chirish tadbirlarini yaxshilab o‘ylab rejalashtirishni hamda transportni, yo‘llarni, ko‘chirish tashkilotlarining ko‘chiriladigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayerlab qo‘yishini, shuningdek aholining fuqaro muhofazasi sohasida har tomonlama tayergarlik ko‘rishini talab qiladi. Bunday tayyorgarlikni ijroiya hokimiyati idoralarining va iqtisodiyot ob’ektlari boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari tashkil etadi va o‘tkazadi.
Aholini evakuatsiya qilish ishlab chiqarish-hududiy va hududiy tamoyillari asosida rejalashtiriladi, tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish-hududiy tamoyili favqulodda vaziyatlar zonalaridan ishchilar, xizmatchilar, studentlar, o‘quvchilarni, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, o‘quv yurtlari bo‘yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish soxasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish organlari orqali turar joylari bo‘yicha transportda (piyoda) olib chiqishni nazarda tutadi.
Muayyan hollarda evakuatsiya hududiy tamoyilda, ya’ni aholini ko‘chirish e’lon qilingan paytda bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshirilishi mumkin.
Aholini ko‘chirish usullariga qarab, 3 taga bo‘linadi:
1.Transportda;
2. Piyoda tartibda;
Z.Aralash usul.
Aralash usul eng samarali va eng maqbul usul hisoblanadi. U mavjud transport yordamida iloji boricha eng ko‘p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholini qolgan qismini birga qo‘shib olib chiqishga asoslanadi. Bunda, asosan piyoda tartibda yura olmaydigan aholini transportda olib chiqish rejalashtiriladi.
Aralash usul favqulodda vaziyat zonolaridan aholini ko‘chirish tadbirlarini eng qisqa muddatda o‘tkazish talablariga juda mos keladi.
Ko‘chirilgan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo‘lguncha joylashtirib turiladi. Aholini ko‘chirish tadbirlarining hajmi kunligi, tashkil etish va o‘tkazishdagi murakkabliklari ko‘chirish tashkilotlarini tuzishga hamda ularning aholini ko‘chirishga sifatli tayyorgarlik ko‘rishlariga oshirilgan talablar qo‘yadi.
Aholini ko‘chirishni tashkil qilishni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazish bevosta shahar, tuman va viloyatlarning ko‘chirish tashkilotlariga, hokimiyat idoralariga, favqulodda vaziyatlar favqulodda vaziyat boshqarmalari va bo‘limlariga yuklatiladi. Quyidagilar ko‘chirish tashkilotlari tarkibiga kiradi:
- aholini ko‘chirish hay’atlari (AKH);
- ko‘chirilganlarni qabul qilish hay’atlari (KQQH);
- ko‘chiriladiganlarning intilish punktlari (KIP);
- ko‘chirilganlarni qabul qilish punktlari (KQQP);
- ko‘chirishning oraliq punktlari (KOP);
- piyoda ko‘chirilganlarning yo‘llaridagi boshqarish guruhlari;
-ko‘chiriladigan aholini transportda (piyoda) olib chiqish tezkor guruhlari - aholini ko‘chirish hay’atlari (AKH)
FVDTning ishchilar, xizmatchilar va aholini ko‘chirish rejalashtirilayotgan hamma hududlarda ko‘chirish hay’at (KH) tashkil etiladi.
Hududiy - ko‘chirish hay’atlari tarkibiga tegishli ma’muriyat rahbarlari qarori bilan o‘sha ma’muriy-hududiy bo‘linmalarning mas’ul xodimlari tayinlanadi. Ko‘chirish hay’atining raisi etib, odatda, ma’muriy - hududiy bo‘linma rahbarining o‘rinbosari tayinlanadi. Ko‘chirish hayati tarkibiga a’zo etib, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot idoralarining, transport tashkilotlarining, ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) rahbarlari (ularning o‘rinbosarlari), garnizon yoki harbiy komissarlik boshliqlarining vakillari tayinlanadi. Ko‘chirish hay’atlarida ish yuritish va texnik ishlarni bajarish uchun hududiy boshqaruv idoralarining ma’muriyat xodimlaridan ishchi apparat tayinlanadi. Ko‘chiruv hay’atlarining ishchi apparati ish yunalishlari bo‘yicha bo‘linadi hamda mahalliy sharoitni hisobga olib, bir necha tashkiliy guruhlardan iborat bo‘lishi mumkin. Bular, masalan, transportda va piyoda olib chiqiladigan aholini hisobga olish guruhi, ko‘chirish transporti guruhi, ko‘chirilgan aholini hisobga olish, qabul qilish va xavfsiz joylarga joylashtirish guruhi, ko‘chirish tadbirlarini ta’minlash guruhi va h.k.
Ob’ekt aholini ko‘chirish haytatiga, odatda, korxona, yaqinida bittadan hisobida sutkasiga 5-6 ta poezd jo‘natishni yoki soatiga ikiga (har biri 500 kishidan) piyodalar kolonnasini butlash va tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil etiladi.
KAIP bir vaqtda baravariga kamida bitga poezdga (kemaga) odamlar chiqishini yoki baravariga bir kolonna odam yig‘ilishini ta’minlaydigan bo‘lishi kerak. Har qaysi KAIP ga tartib nomeri beriladi. Unga iqtisodiyot ob’ektlari, turar joydan foydalanish tashkilotlari, shuningdek aholini transportda olib chiqish va piyoda ko‘chiriladiganlarning yo‘llari, tashkil etiladigan transportga chiqish punktlari birkitib qo‘yiladi. KAIPning shahar, tuman, ob’ekt ko‘chirish hay’atlari bilan transportga chiqish punktlari va transport tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi ta’minlangan bo‘lishi kerak. KAIP ishini ta’minlash uchun negizida KAIP yo‘lga qo‘yiladigan hududiy ijroya idoralari, tashkilotlari va muassasalari xodimlari hisobidan ishchi apparat tayinlanadi.
Ko‘chirilgan aholini qabul qilish punktlari (KAQQP)
Qo‘chirilganlarni qabul qilish punktlari ko‘chirilgan aholini transportdan tushadigan punktlarda yo‘lga qo‘yiladi hamda shu aholini kutib olish va keyingi joylashtiriladigan joylarga jo‘natishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Odamlarni har qanday ob-havoda vaqtincha joylashtirishni, qish vaqtlarida esa isitish imkoniyatini ta’minlaydigan maktablar, klublar va boshqa jamoat va ma’muriy binolarda KQQP yo‘lga qo‘yilishi mumkin. KQQP ga qancha va qachon odam kelishiga qarab, ovqat va ichimlik suv bilan ta’minlash nazarda tutiladi. Buning uchun umumiy ovqatlanish punktlaridan-oshxona, kafe va h.k. lardan, ular bo‘lmaganda esa ovqatlanish ko‘chma punktlaridan foydalanish mumkin.
KIP xodimlarining soni ko‘chirilib keltiriladigan aholi sonini hamda uni ta’minlash tadbirlarining hajmini hisobga olib belgilanadi.
Aholini favqulodda vaziyat zonalaridan shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) ko‘chirish, odatda, KIPni yo‘lga qo‘ymasdan o‘tkaziladi. Ularning vazifalari bunday hollarda tegishli ma’muriy-hududiy birliklar birkitib tezkor guruhlarga yuklatiladi.
Tezkor guruhlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
-odamlar yashab turgan joyida (yashash joyida yoki ish joyida) aholini xabardor qilish, yig‘ish, hisobga olish va uning transportga chiqishini tashkil etish;
-aholini transport vositalariga taqsimlash, ko‘chirish kolonnalarni tuzish va ularga ko‘chish yo‘llari bo‘ylab hamrohlik qilish;
-aholini ko‘chirish va ko‘chirish yuqori idoralariga xabar berish qanday o‘tayotganini nazorat qilish;
-mas’uliyatidagi zonada jamoat tartibini tashkil qilish va saqlash.
Ko‘chish oraliq punktlari (KOP).
Favqulodda vaziyatlar zonasining tashqi chegarasida ko‘chish oraliq punktlari tashkil etiladi. KOP quyidagilarni ta’minlashi kerak:
-aholini hisobga olish, qayta ruyxatdan o‘tkazish, dozimetrik va kimyoviy nazorat qilish, sanitariya ishlovidan o‘tkazish va borib turiladigan xavfsiz joylarga jo‘natish. Zarurat bo‘lsa, ifloslangan (zaharlangan) kiyim-bosh va poyafzalni KOP da almashtiriladi va maxsus ishlovdan o‘tkaziladi. KOP da aholini favqulodda vaziyat zonasida ishlagan transportdagi ifloslanmagan (zaharlanmagan) hududda ishlaydigan "toza" transport vositalariga o‘tkaziladi. KOP temir va shosse yo‘llar, suv yo‘llari yaqinida bo‘ladi. Aholini favqulodda vaziyat yuz bergan zonadan ko‘chirish har bir alohida holda shu vaziyatning yuzaga kelish sharoitiga, favqulodda vaziyat manbai, ta’sir omillarining ta’sir etish xarakteri va makon va vaqt parametrlariga qarab belgilanadi. Favqulodda vaziyat yuzaga kelishi haqidagi ishonchli taxmin haqida malumot olinganda odamlarni favqulodda vaziyat yuz bergan zonadan transportda va piyoda uyushqoqliq bilan olib chiqish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat bo‘lgan tayyorgarlik tadbirlari o‘tkaziladi. Ba’zi hollarda aholini ko‘chirish cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi.
Xabar berish oldindan (taxminga binoan) yoki selning boshi signal darvozasidan o‘tganda (shoshilinch ko‘chirishlarda) amalga oshiriladi.
Sel xavfi bor joylardan aholini ko‘chirish:
Bunday ko‘chirish sel oqimi yuzaga kelish xavfi tutilganda, sel oqimi yuzaga kelayotgan davrda, alohida hollarda esa sel oqimining ta’siri tugaganda ham o‘tkazilishi mumkin. Aholini ko‘chirish oldindan o‘tkazilgani ma’qul. Sel oqimi yuzaga kelayotganda esa shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) aholini ko‘chirish tadbirlari o‘tkaziladi.
Ko‘chirishning shoshilinchligi sel to‘lqinining muhofaza ob’ektiga kelishi taxmin qilinayotgan vaqt, odatda 4 soatgacha etadigan vaqt bilan belgilanadn. SHundan keyin esa real xavf tug‘ilishiga qarab belgilanadi. Aholini ko‘chirish cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi va ular 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich KIP ni yulga qo‘ymasdan, sel oqimi joyining o‘zida.
2-bosqichda esa KIP orqali rejadagi joylarga etkazib qo‘yguncha (tashlab ketilgan uylar va aholi punktlarini sel buzib ketganda) davom etadi.
Ko‘chki xavfi bor joylardan aholini ko‘chirish:
Bunday ko‘chirishlar qor ko‘chish xavfi tug‘ilganda, shuningdek qor ko‘chkisi tushib bo‘lgandan keyin (turmush kechirishni ta’minlash ob’eklari buzilganda) o‘tkaziladi. Ko‘chki hududiy tamoyilda bir bosqichda o‘kazilib, cheklangan xarakterda bo‘ladi hamda oldindan o‘tkaziladigan, buning iloji bo‘lmaganda esa shoshilinch o‘tkaziladi.
Halokatli suv bosish va toshqin vaqtida:
Ko‘chirish gidrotexnika inshoatlari buzilish xavfi tug‘ilgan yoki buzilgan hollarda yoxud suv havzalaridagi suv sathi ko‘tarilib ketganda (toshqinda), shuningdek ob’ekglarni va turmush kechirishni ta’minlash tizimlarini suv buzib ketganda o‘tkaziladi. Ko‘chirishlar cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi. Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlarda KIP yo‘lga qo‘yiladi (ishlab chiqarish xududiy tamoyilida). Oldindan o‘tkazish davri qisqa bo‘lganda aholini ko‘chirish hududiy tamoyilda 1 yoki 2 bosqichda o‘tkaziladi.
Ko‘chirish ishlari bo‘yicha farmoyish olingandan so‘ng tadbirlar to‘rt soat ichida bajarilishi kerak. Farmoyish berilgandan so‘ng FMB, qarorgohi, ko‘chirish komissiyasi, ko‘chirish boshlanganligi haqida ko‘chirish punktlarini, qabul qilish punktlarini, oraliq punktlarini ogohlantiradi. Aholi transport turlarida kolonna bo‘lib kuzatuv asosida, yo‘l harakatiga rioya qilgan holda ko‘chiriladi.
- ko‘chiriladigan aholi, jumladan piyoda tartibda va transportda ko‘chirilganlar sonini aniqlash, transport vositalarini transportga chiqish bekatlari (punktlari) bo‘yicha taqsimlash, marshrut kolonnalari hisoblanganiga aniqlik kiritish na ularni piyoda yunalishlarga biriktirib qo‘yish;
- ko‘chirish yo‘llarini tayyorlash, yo‘l belgilari va ko‘rsatgichlar qo‘yish, qo‘nib o‘tish joylarini jihozlash;
- KIPni, transportga chiqish-tutish punktlarini yo‘lga qo‘yishga tayyorlash;
- xabarlash va aloqa tizimlari shayligini tekshirish;
- mavjud muhofaza inshoatlarini shay holatga keltirish.
Aholini ko‘chirishda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- ko‘chirish boshlangani va tartibi haqida ko‘chirish tashkilotlari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga, shuningdeq aholiga xabar berish;
- ko‘chirish tashkilotlarini yo‘lga qo‘yish va shay holatga keltirish;
-ko‘chiriladigan aholini yig‘ish va xavfsiz joylarga jo‘natishga tayyorlash;
- piyoda kolonnalarni tuzish va yo‘nalishlardagi boshlang‘ich punktlarga olib chiqish;
- transport vositalarini aholining transportga chiqish va undan tushish punktlariga keltirish hamda aholini transportga chiqarish.
- ko‘chirilgan aholini oldindan tayyorlab qo‘yilgan, turmush kechirish mumkin bo‘lgan sharoitlar ta’minlangan xavfsiz joylarga qabul qilish va joylashtirish.
Har bir alohida favqulodda vaziyatlarda aholini ko‘chirishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi.
Er qimirlaganda (zilzilada):
Aholini ko‘chirish mahalliy, yoxud mintaqaviy tusda bo‘lishi mumkin. Ko‘chirishni o‘tkazish odatda yul-transport imkoniyatlariga qarab belgalanadi. Ko‘chirish shikastlangan joylarda KIP yo‘lga qo‘yilib, bir bosqichda ishlab chiqarish va hududiy tamoyillarda amalga oshiriladi.
Radioaktiv zaharlanishda:
Ko‘chirish mahalliy, yoxud mintaqaviy tusda bo‘lib, alohida (bolalar uyi, tibbiyot muassasalari, internatlar va x.q. dan tashqari) ob’ektlarda hududiy tamoyilda amalga oshiriladi. Aholini ko‘chirish 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-transportga chiqarish joyidan KOP gacha.
2 - KOPdan rejadagi joylashtirish joylargacha.
Kimyoviy zaharlanishda:
Bevosita iqtisodiyot ob’ektlari yaqinida yashab turgan aholi vaqt etishmasligi sababli, odatda, xavfli zonadan olib chiqilmay balki jips yopiladigan panajoy va xonalarga nafas organlarini shaxsiy muhofaza qilish vositalaridan foydalanib yashirinadi. Aholining qolgan qismi real yuzaga kelayoggan sharotga qarab, eng qisqa muddatlarda asosan piyoda tartibda ko‘chiriladi.
Aholini evakuatsiyasi qilish fuqaro muhofazasi organlarining ko‘rsatmasi bilan amalga oshiriladi. Ko‘rsatmalarni olgach odamlar eng kerakli narsalarni yig‘ishlari lozim, ya’ni shaxsiy himoya vositalari, 2-3 kunga etadigan oziq-ovqat, ichimlik suvini, aptechka, pullarni, hujjatlarni tayyorlab, aytilgan vaqtda KIPga etib borishlari kerak. KIPda aholi hisobdan o‘tadilar. KIP xodimlari boshchiligida vagonlarga, avtomobillarga, yayov kolonnalarga taqsimlanadilar va belgilangan vaqtda jo‘naydilar.

Yüklə 133,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin