5. Chiziqli algoritmlar
Har qanday murakkab algoritmni ham uch asosiy struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, ayri va takrorlash strukturalaridir. Ushbu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
chiziqli algoritmlar;
tarmoqlanuvchi algoritmlar;
takrorlanuvchi algoritmlar;
ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi algoritmlar;
rekurrent algoritmlar;
takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar; - ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.
1.4-rasm. Chiziqli algoritmlar blok–sxemasining umumiy tuzilishi
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga - chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy tuzilishi 1.4-rasmda keltirilgan.
1-misol. Uchburchak tomonlarining uzunligi bilan berilgan. Uchburchakka ichki r va tashqi R chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblang.
Ichki chizilgan aylana radiusi r = (a+b+c)/2S, tashqi chizilgan aylana
4S radiusi R= formulalar orqali hisoblanadi. Bu yerda S - uchburchakning yuzi, a, abc
b, c – uchburchak tomonlarining uzunliklari. Masala echimining blok-sxemasi
1.5-rasmda keltirilgan.
1.5-rasm. Uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblash bloksxemasi
2-misol. Quyida keltirilgan munosabatni hisoblash algoritmini ko‘rib chiqaylik. Jarayon amallarni ketma-ket bajarilishidan iborat.
z x= 2 + sin(x + y) ,
bu yerda x = cos ( a – b ), y = ln ( a2 - x2 ), a = 0.7, b = 2.1.
Bunda:
a, b - aniq qiymatga ega bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlar; x, y - oraliq ma’lumotlar; z - natija.
Masalani yechish jarayoni chiziqli hisoblanadi, chunki boshlang‘ich ma’lumotlar kiritilgach, munosabatlarning qiymati dasturda joylashgan tartibda hisoblanadi, ya’ni dastlab x, so‘ng - y qiymati va nihoyat z natija hisoblanadi.
Mazkur jarayonning blok-sxemasi 1.6-rasmda keltirilgan.
1.6-rasm. Hisoblash blok-sxemasi
Dostları ilə paylaş: |